Andijon viloyatining Shahrixon tumanining “Qorako‘rpa” mahallasida joylashgan shifoxonada gaz portladi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, voqea 11-fevral kuni soat 11:30 da yuz bergan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa oqibatida 7 kishi jabrlangan. Halok bo‘lganlar haqida hozircha ma’lumot yo‘q.
Ayni paytda voqea joyida FVVning viloyat boshqarmasi qutqaruvchilari ishlamoqda.
Izoh (0)