Prezident Shavkat Mirziyoyev hududlar rivoji bilan yaqindan tanishish maqsadida Samarqand viloyatiga jo‘nab ketdi. Bu haqda davlat rahbarining matbuot xizmati xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, bugungi kunda Samarqandda ulkan bunyodkorlik ishlari olib borilmoqda. Mahallabay tarzda aholi farovonligini oshirish choralari ko‘rilyapti. Tashrif davomida shunday islohotlar natijasi, yangi inshootlar qurilishi bilan tanishish rejalashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, prezident Shavkat Mirziyoyev oxirgi marta Samarqandga 2021-yilning 24-sentabr kuni tashrif buyurgandi. O‘shanda davlat rahbari avval Hazrati Hizr majmuasiga tashrif buyurib, Islom Karimov maqbarasini ziyorat qilgan edi.
Izoh (0)