Markaziy bank www.bankxizmatlari.uz saytini ishga tushirdi. Bu haqda regulyator matbuot xizmati xabar berdi.
Mazkur sayt moliyaviy xizmatlar, masalan, kreditlar va omonat pullari bo‘yicha xizmat ko‘rsatadi. Bu yerda daromadli valyuta kurslari haqida bilib olish, turli takliflarni taqqoslash imkoniyati mavjud.
Portalda individual kredit yoki omonat tanlab olish mumkin. Masalan, ma’lum summa, muddat va avtomobil holatidan kelib chiqqan holda mos kelgan avtokredit turini topish mumkin.
Omonatlarni nafaqat milliy valyutada, balki chet el valyutasida ham tanlab olish mumkin. Ularni foizlar, belgilangan muddat, shartlar bo‘yicha saralash mumkin.
Bundan tashqari, saytda xaritada banknotalar surati tushirilgan ma’lumotlar ham mavjud. Hozirda portal sinov muddatida ishlamoqda.
Izoh (0)