• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12768.26
    • RUB162.63
    • EUR14400.04
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Shou-biznes

    Sevgi yosh tanlamaydi: O‘zbek shou-biznesidagi yoshi orasida katta farq bo‘lgan mashhur juftliklar (foto)

    Oilaning tinch-totuv yashashi er-xotinning yoshiga emas, ko‘proq bir-birini tushunishiga bog‘liq deyishadi. Balki shundaydir, ammo ba’zi hollarda yosh o‘rtasidagi tafovut ham pand berishi mumkin. O‘zbek shou-biznesi vakillari orasida o‘zidan bir necha yosh katta yoki kichik bo‘lgan insonlar bilan oila qurganlar ko‘p. Yoshdagi katta tafovut ularning oila qurishiga to‘sqinlik qilmagan.

    Ubaydulla Omon o‘zidan 30 yosh kichik qiz bilan oila qurdi

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    O‘tgan yili O‘zbekiston xalq artisti, “El-yurt hurmati” ordeni sohibi Ubaydulla Baqoyev (Ubaydulla Omon) 73 yoshida 44 yoshli qizga uylandi. U maktabda ingliz tili o‘qituvchisi bo‘lgan 44 yoshli Nilufar Sherova bilan oila qurgan. Aktyorning ilk ayoli esa 2018-yilda vafot etgandi.

    Yulduz Usmonova  va Mansur Agaliyev

    Foto: Instagram / @nilufarusmonova

    Foto: Instagram / @nilufarusmonova

    O‘zbek primadonnasi Yulduz Usmonova turmush o‘rtog‘i Mansur Agaliyevdan bir necha yosh katta. Ammo xonanda bu haqida aniq ma’lumot berishni istamaydi. U turmush o‘rtog‘i bilan baxtli ekanligi va unga suyanib yashayotganini yashirmaydi. Eslatib o‘tamiz, Yulduz Usmonova dekabr oyida 58 yoshni qarshiladi.

    Lutfulla Sa’dullayev o‘zidan 10 yosh kichik muxlisasiga uylangan

    Foto: Instagram / @muqaddas_sadullayeva

    Foto: Instagram / @muqaddas_sadullayeva

    Lutfulla Sa’dullayev turmush o‘rtog‘i Gulchehra Sa’dullayevadan roppa-rosa 10 yosh katta. Lutfulla Sa’dullayev teatrda ishlab yurgan kezlarida Gulchehra Sa’dullayeva maktabda tahsil olar va aktyor ishtirokidagi spektakllarni tomosha qilish uchun teatrga tashrif buyurgan. Eslatib o‘tamiz, Lutfulla Sa’dullayev 1940-yil, Gulchehra Sa’dullayeva esa 1950-yil Toshkent shahrida tavallud topgan.

    Shukurullo Isroilovning ayoli o‘zidan 10 yosh katta

    Foto: Instagram / @shukurullo_isroilovoriginal

    Foto: Instagram / @shukurullo_isroilovoriginal

    Qiziqchi Shukurullo Isroilov ayoli Maqsudaxondan 10 yosh kichik. Shukurullo Isroilov 1970-yilda, ayoli esa 1960-yilda tavallud topgan. Juftlikning turmush qurganiga 32 yil bo‘ldi. Uzoq yillardan buyon ilmiy ish bilan shug‘ullanadigan Maqsudaxon Isroilova ayni kunlarda Toshkent davlat stomatologiya institutida talabalarga saboq beradi.

    Gulchehra Eshonqulova va Sharof Sharopov

    Foto: Instagram / @sharofsharapov

    Foto: Instagram / @sharofsharapov

    Ayni kunlarda AQShda istiqomat qilayotgan va san’atdagi faoliyatini yakunlagan Gulchehra Sharopova turmush o‘rtog‘i Sharof Sharopovdan 13 yosh katta. Gulchehra 1981-yilda, Sharof esa 1994-yilda tavallud topgan. Albatta, ularning oila qurishi oson kechmagan. Hozirda ikki farzandni tarbiyalayotgan juftlik AQShdagi eng baxtli oilalardan biri.

    Halimaxonim turmush o‘rtog‘idan 7 yosh katta

    Foto: Instagram / @xalimaxonim

    Foto: Instagram / @xalimaxonim

    Qiziqchi Halimaxonim  turmush o‘rtog‘i Jaloliddindan 7 yosh katta. Halimaxonimning ta’kidlashicha, uyini ta’mirlatayotganda turmush o‘rtog‘i bir nechta yigitlar bilan ishlashga kelishgan. Jaloliddin Halimaga turmush qurish taklifini bergach, bir necha kundan keyin sovchi jo‘natgan. Hozirgi kunda ularning ikki nafar farzandi bor. Halima turmush o‘rtog‘ini hurmat qilsa-da, oilada yetakchi ekanligini yashirmaydi.

    Dildora Niyozova va Latifjon Yunusov

    Foto: Instagram / @niyozova_dildorahon

    Foto: Instagram / @niyozova_dildorahon

    Xonanda Dildora Niyozova ham turmush o‘rtog‘i Latifjon Yunusovdan bir necha yosh katta. Ammo yosh o‘rtasidagi tafovut ularning baxtli yashashiga xalal bermaydi. Ayni damda baxtli oilaning ikki nafar farzandi bor.

    Feruza Karimova katta yoshdagi inson bilan oila qurgan

    Foto: Instagram / @feruza_karimova.official

    Foto: Instagram / @feruza_karimova.official

    Feruza Karimova turmush o‘rtog‘i va prodyuseri Baxtiyor Fattohovdan 12 yosh kichik. Xonanda prodyuserining oilasini buzmaganligini, ular tanishmasidan ancha avval oilaga darz ketganligini ta’kidlagandi.

    “2014-yil turmush o‘rtog‘im bilan ko‘rishib qolib, 2015-yil ijod boshlandi. 2016-yil ‘Dastingdan’ qo‘shig‘im chiqdi. Keyin ularda menga nisbatan iliqlik paydo bo‘lgan. Lekin men e’tibor bermaganman. Prodyusermi prodyuser, ishmi ish, bo‘lgan u paytda. Ular o‘sha paytda birinchi oilasidan ajrashgan bo‘lgan. Ish paytida biz bilan ko‘rishib turardilar, suhbatlashardilar. Qarasam, yaxshi inson, mehribon, menga e’tiborli. Hayoti haqida ham gapirib berardilar. Meni sekin-sekin ko‘niktirib, o‘ziga o‘rgatib, top etib, uzuk olib kelib, qarab turibdilar: ‘Menga turmushga chiqasizmi?’ deb. Bir yil ishladim, xarakterlarini ko‘rdim, mendayam ularga nisbatan mehr paydo bo‘ldi. Turmush o‘rtog‘imni yaxshi ko‘raman, hurmat qilaman. Har doim har taraflama qo‘llab-quvvatlab kelganlar”, — deydi Feruza Karimova turmush o‘rtog‘i bilan qanday tanishgani haqida gapirar ekan.

    Baxtiyor Fattohov nafaqat ayolining ijodiga, balki bir nechta seriallarga ham prodyuserlik qiladi. Hozirda baxtli juftlikning ikki nafar farzandi bor.

    Zarina Nizomiddinova o‘zidan 12 yosh katta inson bilan oila qurgan

    Foto: Instagram / @zarinanizomutdinova

    Foto: Instagram / @zarinanizomutdinova

    Ikkinchi farzandini Moskva shahrida dunyoga keltirgan aktrisa Zarina Nizomiddinova turmush o‘rtog‘i bilan orasidagi farq 12 yosh ekanligini yashirmaydi. Aktrisaning turmush o‘rtog‘i 45 yoshda, Zarina esa 33 yoshda. Hozirda ular ikki o‘g‘il farzandlarining tarbiyasi bilan band.

    Mirolim Qilichev 34 yoshda 19 yoshli qizga uylandi

    Foto: Instagram / @mirolim_qilichev_official

    Foto: Instagram / @mirolim_qilichev_official

    O‘tgan yili aktyor Mirolim Qilichev o‘zidan 15 yosh kichik qiz bilan oila qurdi.

    — Hozircha yoshimiz o‘rtasidagi farq sezilayotgani yo‘q. Ayolim aqlli va sabrli inson. Er-xotin o‘rtasidagi yosh u qadar ahamiyatli emas, muhimi inson bir-birini tushunishi va qo‘llab-quvvatlashi kerak. To‘yimiz arafasida u meni qo‘lladi. Men haqimdagi yolg‘on mish-mishlarga ishonmay, hayotini menga bag‘ishlagani uchun ham uni hurmat qilaman, —  deydi aktyor Mirolim Qilichev.

    Asal Shodiyeva va Shohruhxon yoshidagi tafovut 

    Foto: Instagram / @asalshodieva

    Foto: Instagram / @asalshodieva

    Aktrisa Asal Shodiyeva turmush o‘rtog‘i Shohruhxondan 7 yosh kichik. Asal Shodiyeva 1992-yilda, Shohruhxon esa 1985-yilda tavallud topgan. Ularning nikoh to‘yi 2016-yilning 30-may kuni bo‘lib o‘tgan. Ayni kunlarda Asal Shodiyeva va Shohruhxonning ikki nafar o‘g‘il farzandlari bor.

    Imron turmush o‘rtog‘ining ulg‘ayishini kutdi

    Foto: Instagram / @imronsinger

    Foto: Instagram / @imronsinger

    O‘tgan yili bo‘ydoqlik safini tark etgan xonanda Imron ham ayolidan 12 yosh katta. U “Daryo”ga bergan intervyusida ayoli bilan qarindosh ekanligi va uni ilk marta bobosining janozasida ko‘rib qolgani haqida so‘zlab bergandi.

    —  Ayolim mendan 12 yosh kichkina. Uning san’atga umuman aloqasi yo‘q. Buxoroda universitetda o‘qiydi, birinchi kursni tugatdi. Xudo xohlasa, endi o‘qishini Toshkentga ko‘chirish harakatidamiz.

    Ayolimning bobosi olamdan o‘tganida men ham janozaga borganman. Ular bilan qarindoshchiligimiz bor. O‘sha yerda ko‘rib qolganman, bu voqeaga ikki yarim yil bo‘ldi. Onam, ammalarim mana shuncha qiz, birortasini ko‘r, tanla, qachon uylanasan, deb holi-jonimga qo‘yishmagan vaqtlar edi. O‘shanda mana shu qizga uylanaman, deganman, shunda onam jim, u qiz hali yosh, ota-onasi turmushga bermaydi hali, deganlar. Unday bo‘lsa, boshqa kimga uylanasan, deb so‘ramanglar, deganman, — deydi xonanda Imron.

    Mavzuga doir:

    • Xonanda Imron turmush o‘rtog‘ini 2,5 yil kutib, 2 ta to‘y qilgani va u bilan janozada tanishgani haqida (video)
    • “Hozir kimgadir nimanidir isbotlaydigan vaqt emas”. Zarina Nizomiddinova mish-mishlarga izoh bermasligi va o‘zidan 12 yosh katta turmush o‘rtog‘i haqida so‘zlab berdi
    • Aktyor Mirolim Qilichev o‘zidan 15 yosh kichik qizga uylangani va “ikkinchi marta uylandi” degan mish-mishlar haqida so‘zlab berdi (video)
    • Yoshlari orasida juda katta farq bo‘lgan yulduzli juftliklar (foto)
    • Er xotinidan kichik bo‘lgan Bollivudning 5 ta yulduzli juftligi (foto)
    • Bollivudning yoshi orasida katta farq bo‘lgan yulduzli juftliklari (foto)
    • Yoshidagi katta tafovut turmush qurishiga to‘siq bo‘la olmagan turk kinosi yulduzlari (foto)

    07.02.2022, 16:39   Izoh (0)   240381
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Gollivudning uzoq yillar davomida baxtli yashab kelayotgan yulduzli juftliklari (foto)

    07.02.2022, 12:23

    “Bu ham taqdirning bir sovg‘asi”: Tom Xenks, Sheron Stoun va qandli diabet bilan yashayotgan boshqa yulduzlar

    07.02.2022, 09:21

    Instagram: Ziyoda Tashkent City’dan uy sotib oldi, go‘zal va yolg‘iz bo‘lishni tanlaydigan Munisa Rizayeva, Shahzoda Matchonovani asabiylashtiradigan haydovchilar

    06.02.2022, 22:39

    “Tilimni yutvorib, gapirolmay qolganman”. Zarina Nizomiddinova Islom Karimov bilan uchrashgani haqida (video)

    06.02.2022, 11:15

    Gollivud yulduzi Jeyson Stetxem va Rozi Hantington-Uaytli ikkinchi marta ota-ona bo‘ldi

    06.02.2022, 10:37

    Fotoshop va makiyajsiz: dunyoga mashhur ayollar kundalik hayotda qanday ko‘rinadi? (foto)

    05.02.2022, 18:38
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Abadiy ishonchlilik va xavfsizlik: GWM sohaning yangi standartlarini joriy etmoqda


    Chery gazga o‘tmoqda: kafolat to'liq saqlanib qolinadi, o‘rnatish esa 31 maygacha bepul! 


    So‘zlar ahamiyatga ega: TBC Bank 8-mart tabriklarini pullarga aylantirib, ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatladi


    “Biznesni rivojlantirish banki” biznes uchun qulay innovatsion bank bo‘lishga intilmoqda


    UZTELECOM 10 Gbit/s tezlikdagi uy internetini foydalanuvchilarga taqdim etdi


    ANORBANK va BS/2 O‘zbekistonda banklarda o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish tarmog‘ini kengaytirmoqda


    MKBANK xalqaro moliya bozorida: Qozog‘iston banklaridan 15 million dollar jalb qilindi


    “Akkermann sement” xalqaro forumi: qurilish materiallari sohasidagi muammolar keng tahlil qilindi


    Octobank bankomatlarni BS/2 bilan birga “aqlliroq” qiladi


    Centrum Air yangi Airbus A320neo — aviaparkidagi to‘qqizinchi samolyotni qabul qilib oldi 


    Sistit — bu uyat emas!


    Ipoteka Bank OTP Group o‘zini o‘zi band qilganlarga yangi ipoteka dasturini ishga tushirdi: hujjatlarsiz, asabbuzarliksiz, samarali natijalar bilan


    “O‘zbekinvest” IUA aʼzosiga aylandi va Londonning global sug‘urta bozorida o‘z mavqeini mustahkamladi


    2025-yilning 5 oyi davomida Mobiuz minglab tayanch stansiyalarini ishga tushirdi va texnik infratuzilmani zamonaviylashtirdi


    InfinBANK Visa Direct orqali xalqaro pul o‘tkazmalariga qo‘yilgan limitlarni oshirdi 

     

    Tavsiya etamiz

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Desertga tuzlangan bodringli pechenye: Gollivud yulduzlari yaxshi ko‘radigan g‘ayrioddiy yeguliklar

    Layfstayl | 31 may, 13:50

    O‘zbekistonda yozning ilk kunida harorat qanday bo‘ladi?

    O‘zbekiston | 31 may, 13:25

    Jeki Chan, Demi Mur va boshqa jahon yulduzlarining asl ismlarini bilasizmi?

    Layfstayl | 31 may, 12:30

    “Xohlaganimni gapiraman” deya ichki ishlar xodimini haqoratlagan ayol uzr so‘radi (video)

    O‘zbekiston | 31 may, 11:55

    Yaqinlarining qistovi bilan mashhur rollarga rozi bo‘lgan Gollivud aktyorlari

    Kino | 31 may, 11:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.