Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarini bog‘lovchi Taxtaqoracha dovonida 6-fevral kuni kuchli qor yog‘moqda.
Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati haydovchilardan qoidalarga rioya qilishlarini so‘rab, zarurat bo‘lmasa, dovon yo‘lida transport vositasida harakatlanmaslikni tavsiya qildi.
Eslatib o‘tamiz, “O‘zgidromet” yakshanba kuni tog‘oldi va tog‘li hududlarda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik kuchli bo‘lishi mumkinligini, tog‘li avtomobil yo‘llarda qor uyumlari va ko‘rinish yomonlashishi kutilayotganini ma’lum qilgandi.
Izoh (0)