• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12559.26
    • RUB160.17
    • EUR14413.01
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Payariqdagi maktabda o‘sib turgan teraklar kesib tashlandi. Maktab direktori ularning o‘rniga archa va mevali daraxtlar ekish rejalashtirilganini aytmoqda

    “Daryo”ga Samarqand viloyatining Payariq tumani “Dehqonobod” mahallasidagi 18-umumta’lim maktabi atrofidagi daraxtlarning kesilayotgani to‘g‘risida murojaat kelib tushdi. Unda maktab hovlisidagi teraklar ruxsatsiz kesib tashlanayotgani bildirilgan. “Daryo” muxbiri Farhod Norbo‘tayev mazkur holat yuzasidan jurnalistik surishtiruv olib bordi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Ma’lum bo‘lishicha, Payariq tumanidagi 18-umumta’lim maktabining umumiy maydoni 3,80 gektar bo‘lib, maktab atrofida ko‘plab teraklar bo‘lgan. Holat yuzasidan maktab direktori Saidahmad Salimov bilan uchrashganimizda, u kesilgan daraxtlar o‘sishdan to‘xtaganini, chirigan teraklarni kesib, o‘rniga archa va boshqa mevali-manzarali daraxtlar ekish rejalashtirilganini aytmoqda.

    “Daraxtlarni olib, o‘rniga boshqa daraxt ekamiz. Xususan, ikki qator archa, undan keyin esa mevali va manzarali daraxtlarni ekish rejalashtirilgan. Hozirda bu teraklar yaroqsiz holga kelib qolgan. Daraxtni kesish bo‘yicha maktab pedagogik kengash yig‘ilishini o‘tkazib, yig‘ilish bayonida kesish bo‘yicha qaror chiqarganmiz”, — deydi maktab direktori Saidahmad Salimov.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Maktab direktorining xo‘jalik ishlari bo‘yicha o‘rinbosari To‘lqin Shamsiyev 2021-yilning 28-dekabr kuni o‘tkazilgan pedagogik kengash yig‘ilishi bayonnomasini taqdim etdi. Bayonnomada maktab hududidagi terakzor hech narsaga yaramay qolganligi sababli kesib tashlanib, o‘rniga mevali daraxtlar ekish bo‘yicha qaror chiqarilgan.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Jurnalistik surishtiruv davomida teraklarning hammasi ham yaroqsiz emasligi aniqlandi. Maktab ma’muriyati yosh teraklarni ham yaroqsiz deya bayonnoma tuzib, kesib tashlagan. Qiziq jihati shundaki, bayonnomada daraxtlarni nimaga ishlatishi yoki sotilgan taqdirda undan tushgan mablag‘ qayerga sarflanishi haqida hech qanday gap yo‘q. Maktab direktorining yaroqli bo‘lgan daraxtlarni yaroqsiz deb ko‘rsatib, ularni kesib tashlashidan maqsadi nima? Yaroqli daraxtlar qayerga yuborilgan. Bu savollarimizga maktab direktori javob bera olmadi.

    To‘lqin Shamsiyev direktorga teraklarni kesmaslik kerakligini aytganini, ammo direktor xo‘jalik ishlari bo‘yicha o‘rinbosarining gapiga quloq solmaganligini bildirdi.

    “Direktor qurilishbop material bo‘lganligi uchun kesamiz dedi. Singan daraxtlar ham bor edi. Ular bir necha bor elektr simlarining uzilishiga sabab bo‘lganligi, bolalarga xavf tug‘dirmasligi uchun kesishga qaror qilgandik”, — deydi To‘lqin Shamsiyev.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Payariq tumani Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish inspeksiyasi davlat inspektori Dilmurod Ro‘ziyev “Dehqonobod” mahallasidagi 18-umumta’lim maktabi hududidagi kesilgan daraxtlar bo‘yicha holatni joyiga kelib o‘rganganini bildirdi.

    “Daraxtlar kasallanib, shoxlari sinayotganligi sababli O‘zbekiston Respublikasi ‘O‘simliklar dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida’gi qonunining 45-moddasi 4-bandida ko‘rsatilgan tartibda bahor mavsumiga ko‘kartirish uchun maktab ma’muriyati tomonidan kesilganligi ma’lum bo‘ldi. Yana bir jihati shundaki, maktab ma’muriyati maktab ehtiyoji uchun kesilgan daraxtlarni nimaga ishlatilishi, sotilsa tushgan mablag‘ nimaga sarflanganligini ko‘rsatib o‘tishi kerak edi”, — deydi Dilmurod Ro‘ziyev.

    Maktab direktori Saidahmad Salimov teraklarni qo‘porib, joyiga archa va boshqa mevali-manzarali daraxtlar ekishini bildirib o‘tdi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    “Teraklarni qo‘porib tashlab, joyiga manzarali daraxtlar ekish mumkin emas. Biz bunga to‘liq qarshimiz. ‘Yashil makon’ dasturi bo‘yicha tumandagi har bir tashkilot mahalla va muassasalarda, yuridik va jismoniy shaxslarga daraxtlar ekish belgilangan. Unda ham borini kesib o‘rniga ekish emas, bo‘sh joyga taqsimlagan holda ekish tavsiya qilingan”, — deydi Dilmurod Ro‘ziyev.

    O‘rganish jarayonida maktab hududidagi eski maktab binosi buzib tashlangani, uning o‘rnida qolgan chuqurlik chiqindilarga to‘lib ketganiga ham guvoh bo‘ldik. Maktab hududidagi chiqindixonaga aroq shishasidan tortib, tamaki mahsulotlarigacha tashlangan. Bir necha oylab yotgan chiqindilarni maktab direktori Saidahmad Salimov 3-4 kun avval tashlanganini bildirdi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    “Bularni oladigan texnika yo‘q. Buni tuzatamiz. O‘quvchilar ta’tilda bo‘lganligi uchun befarq bo‘lib qolibmiz. Bir hafta oldin tozalatganman. Tozalaganimizdan so‘ng yana chiqindi tashlashgan”, — deydi maktab direktori.

    Saidahmad Salimovning ta’kidlashicha, maktabda 21 nafar texnik xodim ishlaydi. Shundan 15 nafari farrosh hisoblanadi. Maktab atrofini tozalashga bir kishi jalb qilingan. Qolganlari 22 ta sinfxonani tozalaydi.

    “Maktab hududi katta. Uch nafar farroshni sinf xonalarini tozalashga, qolganlarni zallarga alohida-alohida qilib biriktirganmiz. Bu yer maktabning eski binosi bo‘lgan. Tuman hokimining shaxsan o‘zi tadbirkorga biriktirgan. Eski binoni buzib, yerni mana shunday qilib tekislagan. Hokim uchala chuqurlikni ham tozalatib beraman, keyin bog‘ qilaman degandi. Hokim bilan ikki hafta oldin uchrashgandim”, — deydi Saidahmad Salimov.

    Payariq tumani Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish inspeksiyasi davlat inspektori Ulug‘bek Nodirovning ma’lum qilishicha, 18-umumta’lim maktabi direktorining o‘rinbosari To‘lqin Shamsiyevga “Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risida”gi kodeksning 91-1-moddasi (belgilanmagan joylarga qattiq maishiy chiqindilarni va qurilish chiqindilarini tashlash, shuningdek, suyuq maishiy chiqindilarni to‘kish) bilan ma’muriy javobgarlik bo‘yicha bayonnoma rasmiylashtirilgan. Shuningdek, to‘g‘ridan to‘g‘ri chiqindi qutilar va maxsus chiqindixona tashkil qilmaganligi uchun maktab direktori ham “Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risida”gi kodeksning 91-2-moddasi (sanitar tozalash infratuzilmasi obyektlarini joylashtirish va ulardan foydalanish bo‘yicha talablarni buzish) bilan javobgarlikka tortilgan.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Payariq tumani ekologiya inspektori Dilmurod Ro‘ziyevning qo‘shimcha qilishicha, 2021-yilning bahor mavsumida barcha maktablarga chiqindixonalar tashkil etish bo‘yicha ogohlantirish xatlari berilgan. Maktablarda bir yilda bir marta o‘rganish ishlari olib boriladi.

    “Ekologiya va xalq ta’limi o‘rtasida bir yilda bir marotaba maktablarni chiqindilar bo‘yicha to‘liq ko‘rikdan o‘tkazish bo‘yicha reja tuzilib, barcha maktablar o‘rganib chiqilgan. O‘shanda direktorlarga ogohlantirish xatlari berilgan. Ular moliyaviy imkoniyatidan kelib chiqqan holda chiqindi qutilari tashkil qilish belgilangan. Ammo shunga qaramasdan 18-umumta’lim maktabidagi ahvolni ko‘rib turibmiz. Bu holat bo‘yicha qonunga belgilangan tartibda chora ko‘riladi. Maktab direktori va o‘rinbosari mansabdor shaxs bo‘lganligi uchun ‘Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risida’gi kodeksning tegishli moddasiga asosan bazaviy hisoblash miqdorining yetti baravaridan o‘n baravarigacha jarima qo‘llaniladi. Maktab atrofini chiqindixonaga aylantirgani va maxsus chiqindixona tashkil qilmagani uchun ikki holatda ham rahbariyat jarimaga tortiladi”, — deydi Dilmurod Ro‘ziyev.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Surishtiruv davomida hokim sektorida joylashgan 18-umumta’lim maktabi anchagina e’tibordan chetda qolganligiga guvoh bo‘ldik. Maktabda isitish tizimida muammolar bor. Shuningdek, deraza oynalari ham singan.

    06.02.2022, 08:24   Izoh (0)   19208
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Stansiyani uy qilib olgan ayiqlar, mashg‘ulotdagi g‘avvoslar, urushga tayyorlanayotgan imom ayoli. Hafta fotolari

    06.02.2022, 00:29

    Namanganda 2021-yili aliment to‘lashdan bo‘yin tovlagan 21 kishiga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atildi

    05.02.2022, 23:56

    Finlyandiya O‘zbekiston ta’lim tizimini takomillashtirish uchun 1 mln yevro miqdorida mablag‘ ajratdi

    05.02.2022, 23:38

    Namanganda Spark beton to‘siqqa urildi, Marg‘ilonda “Moskvich” piyodani urib ketdi. YTH tafsilotlari

    05.02.2022, 23:17

    Toshkent metropolitenida navbatdagi nosozlik kuzatildi. Poyezd ikki bekat orasida to‘xtab qoldi

    05.02.2022, 22:51

    Qashqadaryoning yagona ayol hokimi Maqsuda Mustafoyeva ishdan olingani tasdiqlandi

    05.02.2022, 22:37
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    AKFA Group “AKFA Medline Social” nomli tibbiy startap qurilishini boshlanganini e’lon qildi 


    O‘zbekiston terma jamoasining dunyodagi eng yirik sport tadbiriga chiqishi Kia brendining mavqeini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi 


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida bolalarda saraton va qon kasalliklarida suyak iligi transplantatsiyasi


    InfinBLACK bilan qadimiy shaharlar bo‘ylab sayohatlar


    Investitsiya nima va u insonlarga nima uchun kerak?


    TBC Bank va Bahodir Jalolov firibgarlarga qarshi jangga chiqdi 


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda


    InfinBANK tomonidan XISMK liniyasi bo‘yicha taqdim etilayotgan islomiy moliyalashtirish – biznesni rivojlantirish uchun ishonchli yechim 


    Uzbekistan Airways Seulga kunlik aviaqatnovlarni taklif qiladi


    Texnologiyaning yangi bosqichi — HUAWEI Mate XT va HUAWEI Mate 70 Pro bilan tanishing


    “O‘zbekinvest” EISK AJ va Slovakiyaning EXIMBANKA SR o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi


    Buxoro, G‘ijduvon, zindon, misvok va madrasa – 100 savolga 1 javob


    “Moody’s Ratings” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytingi prognozini “Ba2”- “ijobiy” darajagacha ko‘tardi


    Paynet xizmatlari endi Kapitalbank bankomatlarida mavjud


    Moody’s “Biznesni rivojlantirish banki” reytinglarini “salbiy”dan “barqaror”ga o‘zgartirdi

     

    Tavsiya etamiz

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Tramp Eronning yadro dasturini rivojlantirishda Obamani aybdor deb atadi

    Dunyo | 20 iyun, 20:30

    O‘zbekiston terma jamoasining dunyodagi eng yirik sport tadbiriga chiqishi Kia brendining mavqeini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi

    Reklama | 20 iyun, 19:30

    O‘zbekiston Xitoydan 200 ta elektrobus sotib olishi kutilmoqda

    O‘zbekiston | 20 iyun, 20:20

    Afsonaviy inson: Maykl Jekson haqida kutilmagan haqiqatlar

    Musiqa | 20 iyun, 20:10

    Bloomberg: Eron Isroildagi shaxsiy kameralarga ulanib hujumlarini aniqlashtirmoqda

    Dunyo | 20 iyun, 20:01

    Yangi buklanadigan iPhone 2026-yilda sotuvga chiqadi

    Gadjetlar | 20 iyun, 19:50

    Paynet xizmatlari endi Kapitalbank bankomatlarida mavjud

    Reklama | 20 iyun, 18:00

    Qozog‘iston politsiyasi tergovda sun’iy intellekt yordamchisini qo‘lladi

    Dunyo | 20 iyun, 19:40

    Jizzax va Buxoroda jami 2,7 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi

    O‘zbekiston | 20 iyun, 19:27

    Luis Enrike “Botafogo”ga qarshi o‘yindan so‘ng nimalar dedi?

    Sport | 20 iyun, 19:21
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.