• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12668.14
    • RUB161.15
    • EUR14640.57
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +39°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    “Uni masxaraboz deb bilishardi. Lekin u ritsar edi”. Charli Chaplin filmlarini qanday ko‘rish kerak?

    Komediya janrining buyuk ustasi, Gollivud tarixidagi eng taniqli qiyofalardan biri Charlz Spenser Chaplin o‘zining “Yangi davrlar”, “Oltin vasvasasi”, “Bekorchilar sinfi”, “Rampa yorug‘i” va boshqa ko‘plab kinoshedevrlari bilan kinoixlosmandlarning ko‘nglidan joy olgan. U bir vaqtning o‘zida rejissor, aktyor, prodyuser, bastakor sifatida dunyoga o‘zining yetuk san’atini namoyish qilib, insonlarga kulgi ulashadi va shu bilan birga, davr muammolarini keskin tanqid ostiga oladi. Xo‘sh, Sayoq obrazi qayerdan paydo bo‘lgan? Qanday qilib Chaplinni ekrandagi obrazidan farqlash, komediya va drama o‘rtasidagi chegarani aniqlash mumkin? Nima uchun uning deyarli barcha filmlari ovozsiz? “Daryo” shu kabi savollarga javob tariqasida “Arzamas” onlayn-akademiyasining taniqli rejissorlar haqidagi maqolalar turkumidan Charli Chaplin ijodiga oid materialni o‘zbek tilida havola etadi.

    “Yangi davrlar” filmidan kadr, 1936-yil

    “Yangi davrlar” filmidan kadr, 1936-yil
    Foto: United Artists
    Dekchasimon shlyapa, tor palto, shalviragan shim, kattakon etik, hassa, mo‘ylov, o‘rdak yurish, bolalarcha samimiy nigoh va ta’sirli tabassum — bu obraz jahon madaniyatidagi eng ko‘zga ko‘ringan siymolardan biriga aylandi. Uni boshqa hech kim bilan adashtirib bo‘lmaydi. Uning ismi kinematografiyaning sinonimi bo‘ldi va tomoshabinlar ongida uni o‘ylab topib, ekranda gavdalantirgan inson bilan abadiy bog‘landi.

    Sayoq Charli va Charlz Spenser Chaplin. Ularning orasidagi farq bir qarashda ko‘rinib turganday: aktyorni o‘z personajiga tenglashtirib bo‘lmaydi. Shu bilan birga, hammasi ancha murakkab. Psixoanaliz asoschisi Zigmund Freyd Chaplin har bir filmida o‘zini o‘ynaganiga ishongan: Sayoq obrazidan foydalangan holda u bolalikdagi jarohatlar (ota-onasining — myuzik holl artistlarining ajrashishi, otasining ichishi, onasidagi ruhiy buzilish, bolalar uyi) haqida mushohada yuritgan. Uning filmlaridagi shahar mavzelarining ko‘rinishi u o‘sib-ulg‘aygan Janubiy London maydonlari va orqa ko‘chalarini eslatib yuboradi. Qahramon tushib qoladigan vaziyatlar orqali esa uning nafaqat Angliyada, balki Amerikada kechgan haqiqiy hayoti kulgili tarzda ochib berilgan. Gollivud yulduziga aylangan vaqtida ham u o‘zini chet el muhojiriday his qiladi, ijara uylarda kezib yuradi va har bir sentni tejab ishlatadi.

    Uning filmlari shaxsiyati bilan o‘zaro uyg‘un. Boz ustiga, u tom ma’noda o‘z kartinalarining yagona muallifi — bir vaqtning o‘zida rejissor, bosh rol ijrochisi, ssenariy muallifi, bastakor, prodyuser bo‘lgan. O‘g‘li Sidni bir vaqtlar hazillashib aytganidek, agar qo‘lidan kelganida, Chaplin dekoratsiyani ham bajonidil o‘zi yaratib, liboslarni ham o‘zi tikardi.

    Nimadan boshlash kerak?

    “Yangi davrlar” (Modern times, 1936) filmi Chaplinning eng yaxshi ishlaridan biri hisoblanadi. Unda Chaplin filmlarining asosiy xususiyati — bir nechta janrlar uyg‘unlashuvi boshqalariga qaraganda yaxshiroq yuzaga chiqqan. Rejissorning o‘zi uni komediya ustasi deb atashganida hayron bo‘lgandi: u o‘zini jiddiy filmlar muallifi deb bilardi. Darhaqiqat, komediya Chaplin ixtiro qilgan noyob janr strukturasining birgina elementi, xolos: uning filmlarida uchta janr elementlari o‘zaro bog‘langan.

    Birinchidan, u vizual tryuklar va jismoniy harakatlarga asoslangan ekssentrik komediya. “Yangi davrlar” — bu kulgili chiqishlar namoyishi. Ularning ichida eng mashhuri “oziqlantiruvchi mashina” bo‘lib, u ishchining tushlikka chalg‘imay, konveyer qarshisida ovqatlanishiga imkon yaratadi.

    Albatta, mashina sinovi ko‘ngildagidek kechmaydi: sho‘rva og‘izga yetmay to‘kiladi, pishiriq yuzga chaplanadi, mashina Charliga non o‘rniga gayka beradi. Bir tomondan, bu juda kulgili, boshqa tomondan, nihoyatda achinarli, chunki sahna shunday qurilganki, Charlidagi qo‘rquv, ojizlik va g‘azab hislari tomoshabinga ham yuqadi. Chaplin filmlarining o‘ziga xosligi shundaki, u ikkita qarama-qarshi janr mexanikasi — komik masofa hamda xarakterga dramatik yondashuv o‘rnini mohirlik bilan alishtiradi. Har bir yangi filmda Chaplinning dramatik intonatsiyasi o‘sib boradi va o‘zining oltinchi to‘liq metrajli filmi hisoblangan “Yangi davrlar”da eng yuqori cho‘qqisiga chiqadi.

    Bu filmda Chaplin Gollivudning Buyuk Depressiya davrida Amerika ekranlarini to‘ldirgan “shirin tushlar” formulasini dadil buzib, haqiqatning avra-astarini barcha og‘riqli nuqtalari bilan ochib tashlabgina qolmay, jamiyat, davlat va siyosatchilarni ham tanqid ostiga oladi. Film boshida Charlining qarshisida turgan konveyer ishchini mashinaga aylantirib, uni insoniy qiyofadan mahrum qiladi. Qamoqxonada Charli uni ozodlikka chiqarmasliklarini o‘tinib so‘raydi, chunki tashqarida vaziyat bundan ham yomonroq: fabrikalar yopilgan, bo‘sh ish o‘rinlari yo‘q, pul topib bo‘lmaydi. Rejissor fabrikaga ketayotgan ishchilarni og‘ilga haydab ketilayotgan qo‘ylar podasiga qiyoslaydi. Bu Chaplinning yana bir dadilligi — Sergey Eyzenshteynning “Ish tashlash” (Stachka, 1924) filmiga ishorasi edi. Mazkur kinokartinadagi sahnalardan birida ishchilar namoyishining shafqatsizlarcha bostirilishi hamda qassobxona bir-biriga qiyosan uyg‘unlashtirilgan.

    Aynan “Yangi davrlar”da Chaplin hukumatga dushmanligini va kommunistlarga xayrixohligini ochiq ko‘rsatadi. Film namoyishidan so‘ng FQB (Federal qidiruv byurosi) Chaplinni ta’qib qila boshlaydi. Bu esa 16 yildan so‘ng rejissorning mamlakatdan haydalishiga sabab bo‘ladi (1952-yilda Chaplin “Rampa yorug‘i” filmini o‘z vatanida namoyish qilish uchun Angliyaga jo‘nab ketganida FQB direktori Jon Guver Chaplinning vizasi bekor qilinishiga erishadi. Rejissor AQShda uzoq yil yashab, fuqarolikni olmagandi. Bu ko‘pchilikning g‘ashiga tegadi: respublikachilar Chaplin amerikacha turmush tarziga nafratini shu yo‘sinda bildiryapti, deb hisoblagan. U AQShga faqat bir necha yildan keyin va faqat bir necha kunga qaytadi. Amerika kinoakademiyasi rejissorni “Rampa yorug‘i”ga ishlangan musiqa uchun “Oskar” mukofoti bilan taqdirlash maqsadida taklif qiladi, lekin o‘sha vaqtda ham FQB direktorligi lavozimida bo‘lgan Guver Chaplinning mamlakatga qisqa muddatli viza bilan kiritilishini uyushtiradi). Taniqli rus adibi Ilya Erenburg aytgani kabi, uni masxaraboz deb bilishardi. Lekin u ritsar edi.

    Chaplin bu achchiq, fosh qiluvchi intonatsiyani uchinchi janr komponenti — melodrama bilan yumshatadi. Sayoq obrazining o‘zi melodrama qonuniyatlariga ko‘ra yaratilgan — u jentlmenga parodiya qilayotganday ko‘rinadigan, biroq haqiqiy jentlmen kabi ish tutadigan qalbi sof kichkina odam. Mukofot sifatida unga muhabbat ato qilingan — ushbu kartina so‘ngida Sayoq (Chaplin filmografiyasida birinchi va oxirgi marta) yolg‘iz emas, balki go‘zal ayol qahramon Polett Goddar bilan qoladi.

    Keyin nimani ko‘rish kerak?

    “Oltin vasvasasi” filmidan kadr, 1925-yil

    “Oltin vasvasasi” filmidan kadr, 1925-yil
    Foto: United Artists

    “Yangi davrlar”da rejissor uchta janr elementining mukammal muvozanatiga erishgan. Boshqa kartinalarda u nisbatlar bilan tajriba o‘tkazadi: ba’zi komponentlar ustunlik qiladi, qolganlari esa orqa fon vazifasini o‘taydi. Chaplinning “Yangi davrlar”dan keyingi filmlari tomoshasiga “janr uchburchagi”dan kompas sifatida foydalangan holda kirishib, kulgi birinchi o‘rinda turuvchi kartinalardan boshlagan ma’qul.

    Chaplin XIX asr oxiridagi oltin qidiruvchilarga bag‘ishlangan “Oltin vasvasasi” (The gold rush, 1925) nomli kartinasini o‘zining eng yaxshi komediyasi deb bilgan. Sayoq Alyaskaga borib qoladi: u boylik ishtiyoqida edi, lekin och-yupun qolib, aql bovar qilmas, qiziq vaziyatlarga tushadi va o‘z hayotini xavf ostiga qo‘yadi. Aynan shu filmda Sayoq jahon kinosi tarixidagi eng mashhur sahnalardan biriga aylangan “bulochkalar raqsi”ni namoyish etgan. Tasavvurida u oddiygina usul bilan o‘zi oshiq bo‘lib qolgan qizning ko‘nglini oladi: sanchqilarni bulochkalarga tiqib, katta poyabzal kiygan nozik oyoqchalar raqsini o‘xshatib beradi.

    “Oltin vasvasasi”dan so‘ng Chaplinning dastlabki o‘nta qisqa metrajli komediyalarini tomosha qilish maqsadga muvofiq: “Sayoq” (The tramp, 1915), “Sokin ko‘cha” (Easy street, 1917), “Shifo” (The cure, 1917), “Sarguzashtchi” (The adventurer, 1917), “Muhojir” (The immigrant, 1917), “Itning kuni” (A dog’s life, 1918), “Yelkaga” (Shoulder arms, 1918), “Bekorchilar sinfi” (The idle class, 1921), “Ish haqi kuni” (Pay day, 1922), “Ziyoratchi” (The piligrim, 1923). Ularda Charli aristokrat, millioner, qochoq mahkum, politsiyachi, askar kabi turli xil ijtimoiy rollarda ko‘rinish beradi va har safar reallikka moslashish qiyin kechadi.

    “Sayoq” filmidan kadr, 1915-yil

    “Sayoq” filmidan kadr, 1915-yil
    Foto: Essanay Studios; General Film Company

    “Sokin ko‘cha” filmidan kadr, 1917-yil

    “Sokin ko‘cha” filmidan kadr, 1917-yil
    Foto: Mutual Film Corporation

    “Shifo” filmidan kadr, 1917-yil

    “Shifo” filmidan kadr, 1917-yil
    Foto: Mutual Film Corporation

    “Sarguzashtchi” filmidan kadr, 1917-yil

    “Sarguzashtchi” filmidan kadr, 1917-yil
    Foto: Mutual Film Corporation

    “Muhojir” filmidan kadr, 1917-yil

    “Muhojir” filmidan kadr, 1917-yil
    Foto: Mutual Film Corporation

    “Itning kuni” filmidan kadr, 1918-yil

    “Itning kuni” filmidan kadr, 1918-yil
    Foto: First National Pictures Inc.

    “Yelkaga” filmidan kadr, 1918-yil

    “Yelkaga” filmidan kadr, 1918-yil
    Foto: First National Pictures Inc.

    “Bekorchilar sinfi” filmidan kadr, 1921-yil

    “Bekorchilar sinfi” filmidan kadr, 1921-yil
    Foto: Charles Chaplin Productions; First National; Key Video; Image Entertainment; Koch Vision; Warner Home Video

    “Ish haqi kuni” filmidan kadr, 1922-yil

    “Ish haqi kuni” filmidan kadr, 1922-yil
    Foto: Charles Chaplin Productions; Associated First National; Fox Video; Image Entertainment; Koch Vision; Warner Home Video

    “Ziyoratchi” filmidan kadr, 1923-yil

    “Ziyoratchi” filmidan kadr, 1923-yil
    Foto: Charles Chaplin Productions; First National Pictures

    Dastlabki komediyalardan so‘ng Chaplinning totalitarizmni fosh qilgan eng jiddiy ishi — “Buyuk diktator” (The great dictator, 1940) siyosiy satirasiga o‘tsak bo‘lar. U Gitler (filmda uning ismi Adenoid Hinkel), Mussolini (filmda — Napaloni) hamda Gebbels (ushbu personajning familiyasi — Garbich, inglizcha “garbage” ya’ni “axlat” so‘ziga hamohangdir) natsizmi va fashizmiga yorqin parodiyadir. Chaplin bu yerda Hinkel va unga o‘xshab ketadigan yahudiy sartarosh rollarida ko‘rinish beradi. Film davomida diktator va sartaroshning o‘rni almashib qoladi, so‘ngra ikkinchisi sodiq fuqarolar bilan to‘lgan ulkan stadionga tushib qolib, qirg‘inbarotni bas qilish to‘g‘risida yonib nutq so‘zlaydi. Grim va kostyum ortida Chaplinning o‘zi yaqqol ko‘rinib turadi — personaj emas, balki rejissorning o‘zi dunyoga urushni to‘xtatish haqida murojaat qilmoqda.

    “Buyuk diktator”da tomoshabinlar birinchi marta Chaplinning ovozini eshitadi: ovozli kino 1920-yilda paydo bo‘lganiga qaramay, rejissor o‘n yildan ortiq vaqt mobaynida ovozli filmlarni suratga olishdan bosh tortib kelgan (1920–1930-yillar oxirida tovushsiz sahna musiqa bilan boyitilgan tovushli film (sound films) hamda tasvirga olish jarayonida aktyorlar ovozi ham yozib olinadigan ovozli film (talkies) turlari mavjud edi. Chaplining tovushli filmlarga umuman qarshiligi yo‘q edi va o‘zi ham kartinalariga musiqa yozardi, lekin u ovozli filmlarga qarshi bo‘lgan). Sayoqning ingliz tilida aytgan birinchi so‘zi yer sharining turli burchaklarida amerikalik emas, balki o‘z vatandoshi deb qabul qilingan qahramonning o‘ziga xosligini barbod qiladi, deya ishongan. Ammo 1940-yilda Chaplin tomonidan aytilgan so‘zlar chorasizlik nishonasi, “Ortiq jim tura olmayman!” degan qichqiriq sifatida qabul qilinadi. Bu esa filmdagi urushni qoralovchi kayfiyatni kuchaytirgan.

    “Bolakay” filmidan kadr, 1921-yil

    “Bolakay” filmidan kadr, 1921-yil
    Foto: Charles Chaplin Productions; First National Pictures

    “Sirk” filmidan kadr, 1928-yil

    “Sirk” filmidan kadr, 1928-yil
    Foto: United Artists

    “Katta shahr chiroqlari” filmidan kadr, 1931-yil

    “Katta shahr chiroqlari” filmidan kadr, 1931-yil
    Foto: United Artists
    Rejissor bilan ilk tanishuvni uch klassik melodrama — “Bolakay” (The kid, 1921), “Sirk” (The Circus, 1928), “Katta shahar chiroqlari” (City lights, 1931) bilan yakunlash mumkin. Chaplin o‘zining ilk to‘liq metrajli “Bolakay” filmida besh yoshli Jek Kuganni kashf etadi, u kino tarixida yulduzga aylangan birinchi bola edi. U ko‘chaga tashlab ketilgan go‘dak va uni asrab olgan Sayoq haqida ta’sirli hikoya. Bir-biriga begona ikki odam bir oilaga aylanadi. “Sirk” syujetining markazida esa sevgi uchburchagi turadi: Charli sirk xo‘jayinining qiziga oshiq bo‘lib qoladi, lekin u sayoqni faqat do‘st sifatida qabul qilib, o‘zi dovyurak dorbozni telbalarcha sevardi. Melodrama qahramonlariga xos tarzda, Charli azob chekadi, sevgisi javobsiz qolishini istamaydi, biroq sevgilisining baxti uchun o‘z his-tuyg‘ularini qurbon qiladi. Buyuk melodrama “Katta shahar chiroqlari” hissiyotlarga yanada boyroq: unda ko‘zi ojiz gul sotar qiz haqida so‘z boradi, sayoq uning uchun o‘z boyligi, obro‘si va erkini qurbon qilib, turmaga tushadi. Biroq Chaplin bu janr siyqaliklarini komediya tryuklari, quvnoq sarguzashtlar va keskin ijtimoiy tanqidlar bilan boyitmasa, Chaplin bo‘lmasdi.

    Chaplin filmlaridan yettita klassik kadr

    “Meyblning aql bovar qilmas mushkul ahvoli” filmidan kadr (1914-yil). Shu filmni tasvirga olish jarayonida Sayoq obrazi kashf qilingan. Chaplin qanday grim qilishni va kiyinishni bilmasdi. U kiyim javonlarini aylanib, barchasini kiyib ko‘radi va juda tor syurtuk bilan shalviragan shim kiyib olganini o‘zi ham sezmay qoladi. So‘ngra shlyapa va katta etik kiyib, qo‘liga hassa oladi, yoshi kattaroq ko‘rinishi uchun mo‘ylov yopishtiradi. Qarabsizki, qahramonning tashqi ko‘rinishi uning xarakterini ko‘rsatib beradi.

    “Meyblning aql bovar qilmas mushkul ahvoli” filmidan kadr (1914-yil). Shu filmni tasvirga olish jarayonida Sayoq obrazi kashf qilingan. Chaplin qanday grim qilishni va kiyinishni bilmasdi. U kiyim javonlarini aylanib, barchasini kiyib ko‘radi va juda tor syurtuk bilan shalviragan shim kiyib olganini o‘zi ham sezmay qoladi. So‘ngra shlyapa va katta etik kiyib, qo‘liga hassa oladi, yoshi kattaroq ko‘rinishi uchun mo‘ylov yopishtiradi. Qarabsizki, qahramonning tashqi ko‘rinishi uning xarakterini ko‘rsatib beradi.
    Foto: Keystone Studios; Mutual Film Corporation

    “Bolakay” filmidan kadr (1921-yil). Besh yoshli Jeki Kugan jonlantirgan obraz, shuningdek, Chaplinning o‘zi ham kino tarixidagi eng taniqli obrazlardan biriga aylanadi va o‘nlab kartinalarda, shu jumladan, fransuz “yangi to‘lqini” shedevri hisoblangan Fransua Tryuffoning “Jyul va Jim” filmida takrorlanadi. Unda bolakay rolini Janna Moro ijro etgan.

    “Bolakay” filmidan kadr (1921-yil). Besh yoshli Jeki Kugan jonlantirgan obraz, shuningdek, Chaplinning o‘zi ham kino tarixidagi eng taniqli obrazlardan biriga aylanadi va o‘nlab kartinalarda, shu jumladan, fransuz “yangi to‘lqini” shedevri hisoblangan Fransua Tryuffoning “Jyul va Jim” filmida takrorlanadi. Unda bolakay rolini Janna Moro ijro etgan.
    Foto: Charles Chaplin Productions; First National Pictures

    “Oltin vasvasasi” filmidan kadr (1952-yil). Sayoqning qoni shu qadar ochki, tuflisini yeb qo‘yadi – bog‘ichni sanchqiga spagetti kabi o‘rab, mixlarini suyakdek kemiradi. Bu sahna jahon kinosi tarixidagi eng mashhur sahnalardan biriga aylangan. Albatta, Chaplin suratga olish maydonchasida kino uchun qizilmiyadan maxsus tayyorlangan tuflini yegandi.

    “Oltin vasvasasi” filmidan kadr (1952-yil). Sayoqning qoni shu qadar ochki, tuflisini yeb qo‘yadi – bog‘ichni sanchqiga spagetti kabi o‘rab, mixlarini suyakdek kemiradi. Bu sahna jahon kinosi tarixidagi eng mashhur sahnalardan biriga aylangan. Albatta, Chaplin suratga olish maydonchasida kino uchun qizilmiyadan maxsus tayyorlangan tuflini yegandi.
    Foto: Charles Chaplin Productions; United Artists

    “Katta shahar chiroqlari” filmidan kadr (1931-yil). Film Chaplinning estetik manifestidan boshlanadi, rejissor unda ovozli filmga qarshi ekanini ko‘rsatgan. Yodgorlik ochilayotgan vaqtda nutq eshitiladi, lekin undagi so‘zlar ma’nosini tushunib bo‘lmaydi — rejissyor ovozni suratga olish maydonida yozib oladi va keyin uni orqaga qo‘yadi. Chaplin so‘zlar uning kinosida muhim o‘rin tutgan pantomimani o‘ldiradi, deb bilgan.

    “Katta shahar chiroqlari” filmidan kadr (1931-yil). Film Chaplinning estetik manifestidan boshlanadi, rejissor unda ovozli filmga qarshi ekanini ko‘rsatgan. Yodgorlik ochilayotgan vaqtda nutq eshitiladi, lekin undagi so‘zlar ma’nosini tushunib bo‘lmaydi — rejissyor ovozni suratga olish maydonida yozib oladi va keyin uni orqaga qo‘yadi. Chaplin so‘zlar uning kinosida muhim o‘rin tutgan pantomimani o‘ldiradi, deb bilgan.
    Foto: Charles Chaplin Productions; United Artists

    “Yangi davrlar” filmidan kadr (1936-yil). Chaplinning yana bir manifesti — Sayoqning musiqiy chiqishi. U qo‘shiq so‘zlarini yod olmagandi, qiz do‘sti esa manjetga qo‘shiq matnini yozib bergandi. 

    “Yangi davrlar” filmidan kadr (1936-yil). Chaplinning yana bir manifesti — Sayoqning musiqiy chiqishi. U qo‘shiq so‘zlarini yod olmagandi, qiz do‘sti esa manjetga qo‘shiq matnini yozib bergandi. 
    Foto: Charles Chaplin Productions; United Artists

    “Buyuk diktator” filmidan kadr (1940-yil). Chaplin Adolf Gitlerni juda eslatib yuboruvchi diktator Adenoid Hinkel obrazida.

    “Buyuk diktator” filmidan kadr (1940-yil). Chaplin Adolf Gitlerni juda eslatib yuboruvchi diktator Adenoid Hinkel obrazida.
    Foto: Charles Chaplin Productions; United Artists

    “Janob Verdu” filmidan kadr (1947-yil). Chaplin personaji o‘z rafiqasini ko‘lga cho‘ktirib yubormoqchi bo‘ladi, lekin o‘zi cho‘kib ketishiga ozgina qoladi — Teodor Drayzerning “Amerika fojiasi” (1925) romani sahnasiga quvnoq parodiya.

    “Janob Verdu” filmidan kadr (1947-yil). Chaplin personaji o‘z rafiqasini ko‘lga cho‘ktirib yubormoqchi bo‘ladi, lekin o‘zi cho‘kib ketishiga ozgina qoladi — Teodor Drayzerning “Amerika fojiasi” (1925) romani sahnasiga quvnoq parodiya.
    Foto: Charles Chaplin Productions; United Artists

    Qaysi filmdan boshlamaslik kerak?

    “Janob Verdu” filmidan kadr, 1947-yil

    “Janob Verdu” filmidan kadr, 1947-yil
    Foto: United Artists

    Chaplin Sayoq qiyofasida ko‘rinmaydigan fimlardan boshlamagan durust. Bu barchaga birday sevimli bo‘lgan Charlining qayoqqa yo‘qolib qolganini tushunolmagan zamondoshlarini sarosimaga solib qo‘ygan. “Janob Verdu” (Monsieur Verdoux, 1947) filmida rejissor Ko‘k Soqol haqidagi qo‘rqinchli ertakka komedik jihatdan qayta yondashadi va badavlat keksa ayollarni ovlayotgan omadsiz qotil rolini o‘ynaydi. Chaplinning nomlashiga ko‘ra, bu “qotilliklar komediyasi”da kulgidan ko‘ra ko‘proq qayg‘u bor va Qo‘shma Shtatlardagi urushdan keyingi dastlabki yillarning bezovtalik muhiti — qo‘rquv, sarosima, ommaviy shubha va ishonchsizlik juda aniq ifodalangan.

    Undan ham qayg‘uliroq “Rampa yorug‘i” (Limelight, 1952) filmining markazida avtobiografik voqealar yotadi: asr boshlarida Chaplin Londondagi myuzik-holldan ish qidiradi, 1940-yillarda esa u kommunistlarga xayrixohligi tufayli tezda obro‘sini yo‘qotadi. Filmda rejissorning farzandlari, rafiqasi O’Nil, hamkasbi va ovozsiz filmlar davridagi raqibi — taniqli komediya ustasi Baster Kiton suratga tushgan, Chaplinning o‘zi esa ishsiz masxaraboz rolini ijro etadi. Film Amerika prokatlariga faqat 20 yildan so‘ng, 1972-yilda chiqadi va bir yil o‘tib “Eng yaxshi musiqa” yo‘nalishida “Oskar”ni qo‘lga kiritadi.

    “Rampa chiroqlari” filmidan kadr, 1952-yil

    “Rampa chiroqlari” filmidan kadr, 1952-yil
    Foto: Celebrated Productions; United Artists; Columbia Pictures

    “Qirol Nyu-Yorkda” (A king in New York, 1957) — urushdan keyingi dastlabki yillarda senator Jozef Makkarti siyosati va u Gollivudda boshlagan “jodugarlar ovi” haqidagi nafratomuz satira. Bu davrda kinoijodkorlar “badbin guvohlar” deb e’lon qilingan va kommunistlarga aloqador bo‘lgan hamkasblariga qarshi guvohlik berishga majbur qilingan. Makkarti bilan hamkorlik qilishdan bosh tortganlar turmaga tashlangan. Filmda Chaplin bir kichik xayoliy mamlakat qiroli sifatida gavdalanadi. U Amerikani behad sevardi, lekin kommunistlar bilan uchrashganidan so‘ng bu mamlakatdan hafsalasi pir bo‘ladi.

    “Qirol Nyu-Yorkda” filmidan kadr, 1957-yil

    “Qirol Nyu-Yorkda” filmidan kadr, 1957-yil
    Foto: Attica Film Company; Archway Film Distributors; Classic Entertainment

    “Parijlik xonim” (A woman of Paris, 1923) va “Gonkonglik grafinya” (A countess from Hong Kong, 1967) filmlarida Chaplin hatto stansiyadagi yuk tashuvchi va qari styuard kabi epizod rollarda ham paydo bo‘ladi. Bosh rollarni Marlon Brando hamda Sofi Loren ijro etgan “Gonkonglik grafinya” Chaplinning kinodagi oxirgi ishi bo‘lib qoldi.

    “Parijlik xonim” filmidan kadr, 1923-yil

    “Parijlik xonim” filmidan kadr, 1923-yil
    Foto: Charles Chaplin Productions; Regent Feature Film Co.; United Artists

    “Gonkonglik grafinya” filmidan kadr, 1967-yil

    “Gonkonglik grafinya” filmidan kadr, 1967-yil
    Foto: Universal Pictures; Rank Film Distributors

    Chaplin kimlar bilan ishlagan?

    Charli Chaplin “Oltin vasvasasi” filmi suratga olinayotgan vaqtda, 1924-yil

    Charli Chaplin “Oltin vasvasasi” filmi suratga olinayotgan vaqtda, 1924-yil
    Foto: Animation Resources

    Chaplinning dastlabki filmlariga asr boshlarida katta dovruq qozongan fars komediyalarni suratga olgan, afsonaviy Keystone studiyasi asoschisi Mak Sennett prodyuserlik qilgan. Aslida, myuzik-holl artistida bo‘lajak kino yulduzini ko‘rgan inson ham Sennett edi. U Fred Karnoning Amerika bo‘ylab gastrol safarlarida yurgan komediya ustalari guruhi tomoshasiga tashrif buyurib, 23 yoshli Chaplinning chiqishini ko‘radi va uni Keystone’ga taklif qiladi. Keyinroq Sennet bundan afsuslanadi: Chaplin ekranda juda yosh va ishonarsiz ko‘rinyapti, degan qarorga kelgandi. Haytovur, u keyinchalik xato qilmaganini tushunadi.

    Chaplin operator Roland Totero bilan birgalikda 35 ta film suratga olgan. Bu filmlar ichida eng mashhur oltilik — “Oltin vasvasasi”, “Bolakay”, “Sirk”, “Katta shahar chiroqlari”, “Yangi davrlar” va “Buyuk diktator” kartinalari ham bor.

    Chaplinning sevimli aktrisasi Edna Pyorvians edi. U 39 ta filmda, asosan, qisqa metrajli filmlarda suratga tushgan va “Parijlik xonim”da ilk marta bosh rolni ijro etgan. Ular sakkiz yil ijodiy hamkorlik qilgan va shu yillar mobaynida Chaplin faoliyati gurkiragan: u Sennettni tashlab, boshqa prodyuserlar bilan ishlay boshlaydi, Gollivudning eng qimmat aktyoriga aylanadi, to‘liq metrajli filmlar suratga ola boshlaydi va Amerika kinosi klassigi Devid Uork Griffit, yulduzlar juftligi Duglas Ferbenks hamda Meri Pikfordlar bilan birgalikda United Artists mustaqil studiyasiga asos soladi. Chaplin shu yillar davomida uning hayotini tom ma’noda o‘zgartirib yuborgan Pyorviansdan shu qadar minnatdor ediki, uni vaqti-vaqti bilan epizodik rollarga taklif qilib turgan va aktrisa filmlarda rol o‘ynashni to‘xtatganidan keyin ham unga maosh to‘lagan.

    Rafiq O‘zturk tarjima qildi

    05.02.2022, 08:48   Izoh (0)   90252
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida bolalarda saraton va qon kasalliklarida suyak iligi transplantatsiyasi


    Bekobodda "Biznesni rivojlantirish banki"ning  zamonaviy bank xizmatlari markazi ish boshladi


    “O‘zbekinvest” EISK AJ va Slovakiyaning EXIMBANKA SR o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi


    Hyundai Tucson: 24 oyga bo‘lib to‘lash imkoniyati — qulay, tez, foydali


    InfinBank Visa kartalari bilan endi WeChat Pay va Alipay orqali to‘lash mumkin


    110% grant va xalqaro amaliyotlar: Central Asian University va AKFA Medline University Hospital rezidentura dasturiga qabul davom etmoqda


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda


    TENET: “Stellar Residence” apartamentlari 24 oygacha bosqichma-bosqich to‘lov bilan 


    Way II Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etmoqda 


    G‘alabadan ilhom, kelajak sari dadil qadam – Jahon chempionatiga yo‘l olgan chempionlar uchun BYD avtomobillari tuhfa etildi


    InfinBLACK bilan qadimiy shaharlar bo‘ylab sayohatlar


    Mikrokreditbank xalqaro moliya institutlari bilan muhim kelishuvlarga erishdi


    Uzbekistan Airways bilan Kuala-Lumpur va Bangkokga sayohatni rejalashtiring


    American University of Technology: ikkita magistrlik diplomi va AQSHda o‘qish imkoniyati


    SAG 25 yilligi munosabati bilan Abu-Dabida hamkorlari uchun biznes tur tashkillashtirdi 

     

    Tavsiya etamiz

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10

    Eron–Isroil qarama-qarshiligi: urush bosqichma-bosqich qanday avj oldi?

    16 iyun, 14:38

    35 yildan so‘ng topilgan sotqin – urush paytida nemislar tomonga o‘tib ketgan ayol qanday fosh bo‘lgandi?

    14 iyun, 17:20
    Audio Icon

    Isroil va Eron mojarosi: sabablari, xronologiyasi, oqibatlari (foto, video)

    14 iyun, 16:36
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Samarqandda 39 yoshli sudya avtohalokatda vafot etdi

    O‘zbekiston | 18 iyun, 12:24

    Tasavvurga sig‘maydigan miqdorda boylik orttirgan Gollivud yulduzlari

    Kino | 18 iyun, 12:12

    Qoraqalpog‘istondagi to‘yda chigirtkalar yopirilgani rad etildi

    O‘zbekiston | 18 iyun, 11:43

    Toshkent—Andijon va Toshkent—Samarqand pulli avtomobil yo‘llari qurilishi nega kechikayotganiga izoh berildi

    O‘zbekiston | 18 iyun, 11:20

    Toyota o‘zining yanada kuchli Land Cruiser avtomobilini taqdim etdi

    Avto | 18 iyun, 11:12

    Fransiyadagi mashhur Luvr muzeyi yopildi

    Dunyo | 18 iyun, 11:05

    Isroildagi o‘zbekistonliklar mamlakatni qanday tark etishi mumkinligi ma’lum qilindi

    O‘zbekiston | 18 iyun, 10:48
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.