• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12658.19
    • RUB161.44
    • EUR14672.11
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +42°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login

    “Karl, sen haqingda tilshunoslar ham yozishdi. Tilchilar, Karl!” — bloger va memchilarning sevimli qahramoni Karl haqida

    Bugun biror blogerning yozganlarida Karl ismli noma’lum qahramonga murojaat uchrasa, bu yerda kinoya, hayrat, hayajon, luqma borligini yaqqol sezamiz. Uznetda bu qahramon qatnashgan memlar kamroq. Bizda u, asosan, matnda ko‘proq eslanadi. Internetning ingliz va rus tilli foydalanuvchilari orasida esa Karl qatnashgan memlar ancha mashhur. Xo‘sh, u kim? Nimaga unga murojaat qilinadi?

    The Walking Dead serialidan kadr

    The Walking Dead serialidan kadr
    Foto: “Polygon.com”
    Bu memning kelib chiqishi hajviy kitob, ko‘rsatuv yoki filmga emas, zombilar haqidagi serialga borib taqaladi. Karl — amerikalik kinoijodkorlar suratga olgan “Yuradigan murdalar” (The Walking Dead) seriali qahramoni. Fantastika janridagi bu serial global halokatdan so‘ng yashab qolish ilinjida yurgan odamlar haqida hikoya qiladi. Film ilk bor 2010-yili ekran yuzini ko‘rgan.

    Keyinchalik memga aylangan sujetda ikki qahramon bor: Rik Grayms ismli ota va uning Karl ismli o‘spirin o‘g‘li. Serialning uchinchi faslidagi bir epizodda Rik Grayms o‘g‘lining sukut saqlab turganidan xotini tug‘uruq payti vafot etganini anglaydi va ingrab-o‘kirib, bir necha marta o‘g‘lining ismini aytadi va oxiri hushidan ketadi. Bu aslida filmning eng qayg‘uli, tragedik sahnasi.

    Mem yaratilishiga asos bo‘lgan kadr (The Walking Dead)

    Mem yaratilishiga asos bo‘lgan kadr (The Walking Dead)
    Foto: Yandex

    Dastlab ota va o‘g‘ilning suhbati lavhasini video ko‘rinishida mashhur qilishga urinishadi. Lekin bu variant unchalik shuhrat qozonmaydi. Shundan so‘ng film muxlislari ushbu dramatik sahnani o‘zlaricha talqin qilib, u orqali kulgili sujetlar yaratishadi. 2013-yili bir yumoristik sayt ana shunday hajvlardan iborat “Rik Graymsning eng yaxshi hazillari” nomli to‘plam e’lon qiladi. Unda serialdagi ana shu kadr umuman boshqa ma’noda, yumoristik mazmunda talqin qilinadi. Mem qolipi bunday: ota nimanidir kuyunib tushuntiradi, o‘g‘il esa sukut saqlab turaveradi. Shundan so‘ng ota so‘nggi iborani hayajon bilan takrorlaydi va oxirida “Karl!” deb o‘g‘liga murojaat qiladi. Ana shu qolip keyinchalik turfa xil memlar yaratilishiga asos bo‘ldi.

    Memlarning turlari juda ko‘p. Eng ko‘p tarqalgan bir variantga ko‘ra, o‘g‘il nimadandir norozi bo‘ladi, ota esa bu norozilikni aylanib o‘tish payida: bizning paytlarda falon edi, piston edi...

    Masalan:– Dada, televizorning pulti buzilib qoldi. Pult olib bering.

    – Karl, men yoshlik paytimda butun oila uchun pult vazifasini bajargan edim. Butun oila uchun, Karl!

     ***– Dada, hamma o‘rtoqlarimda telefon bor. Menga ham telefon olib bering.

    – Karl, men sendek paytimda ikkita stakanchani olib, tagini teshib, o‘rtasidan ip o‘tkazib bog‘lardim. Narigi xonadagi o‘rtog‘im bilan shu orqali gaplashardim. Stakanchalar orqali gaplashardim, Karl!

    Keyinchalik har qanday jumla oxiriga “Karl!” murojaatini qo‘yish urf bo‘ldi. Bu usuldan reklamachilar, blogerlar va hatto siyosatchilar ham foydalandi.

    Ushbu murojaat shakli Sovet davrida ishlangan “Siz bilgan Myunxauzen” filmidan olingan degan qarash ham bor. Lekin buning ehtimoli juda kam.

    Quyida o‘zbek blogerlarining Karlga murojaatlaridan misollar keltiramiz:

    Baraka topgurlar, xuddi shu telefonning asosiy IMEI raqami kimning nomiga rasmiylashtirilgani bazada ko‘rinib turibdi-ku, yana o‘sha odamni ovora qilishni nima keragi bor, onlayn o‘tsa bo‘lmaydimi, desam, “yo‘q, bo‘lmaydi, ofisimizga o‘zi telefonni ko‘tarib kelsin” deyishdi. Tashqarida XXI asr, Karl!

    “Xushnudbek.uz”

    Ushbu jurnalda kulgili maqolalar ko‘p, lekin eng zo‘ri, Joan Robinsonga tegishli. Maqola sarlavhasi: “Koreya mo‘jizasi“. Lekin bu yerda gap Janubiy Koreya haqida emas, Shimoliy Koreya haqida.

    Shimoliy Koreyaning iqtisodiy mo‘jizasi, Karl!

    “Iqtisodchi kundaligi”

    Bizni dunyo e’tirof etyapti, Karl!

    Ma’lumot o‘rnida, axborotlar boshqariladigan yuzlab, balki minglab xodimlar ishlaydigan va katta mablag‘ sarflanadigan sakkizta mamlakat bor. AQSh, Rossiya, Xitoy, Misr, Eron, Isroil, Saudiya Arabistoni, Suriya orasida O‘zbekistonni uchratmaysiz. Sababi biznikilar trollarni “suv tekinga” ishlatishadi. (Miyani ishlashini qara, Karl!)

    “Fayzbog‘”

    Bir vaqtlar bir hokim bilan gaplashganimda nima degan edi aytaymi: “Mana, prokurorlar ham sektor tizimi bo‘lgani uchun bizga (hokimlarga) bo‘ysundirib berildi. Avvallari bir chekkada o‘tirib olib, sasitib o‘tirardi protest kiritib. Hozir ayrim jurnalistlar bor shunaqa” deydi, qarang! Saviyani qara, Karl!

    Bahodir Ahmedov

    Avstraliyaning Adelaida shtatining Mitchem shaharchasi meri (hokimi) Xizer Xolmsga qarshi. Ishxonasining oshxonasidan foydalanib, o‘g‘lini tug‘ilgan kuniga tort pishirib bergani uchun xizmat tekshiruvi belgilanibdi. Shunchaki hokimiyat oshxonasidan shaxsiy manfaati uchun foydalangani uchun, Karl!

    Alimoff

    Qoyil! Bizdaqasi Yer yuzida topilmasa kerak. O‘zimizda chiqarilgan mashina Qirg‘iziston orqali keladi. U matoh qurg‘ur aslida qo‘shnilarga eksport qilingan. Uni xarid qilganlar ustiga narx qo‘yib, o‘zimizga olib kirib sotganda ham o‘rnatilgan narxlardan arzonga tushyapti. Tasavvur qilyapsanmi, Karl?!

    “RakursUz”

    Orif Tolib tayyorladi

    05.02.2022, 14:45   Izoh (0)   30150
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    SQB dan “TEZKOR+” krediti —  biznesingizni rivojlantirish uchun qulay yechim 


    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi

     

    Tavsiya etamiz

    Kobulda transafg‘on temiryo‘li bo‘yicha uch tomonlama bitim imzolandi

    18 iyul, 09:12

    Toshkentda kichik halqa avtomobil yo‘lining bir qismi 4 kunga yopiladi

    18 iyul, 08:47

    O‘rtoqlik uchrashuvi. “Bashakshehir” Germaniya klubidan ustun keldi. Shomurodovdan assist (video)

    17 iyul, 23:16

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Samolyotda ko‘pchilik foydalansa-da, aslida foydasiz bo‘lgan 5 narsa

    Layfstayl | 19 iyul, 15:40

    Istanbuldan Toshkentga uchayotgan samolyot bortida chaqaloq tug‘ildi

    O‘zbekiston | 19 iyul, 15:15

    Avstraliya Ukrainaga 49 ta Abrams tanklarini yetkazib berdi

    Dunyo | 19 iyul, 15:05

    Levandovski Polsha terma jamoasiga qaytadi

    Sport | 19 iyul, 15:00

    “Uyda yolg‘iz” filmida ko‘pchilik payqamagan mantiqsiz xatoliklar (foto)

    Kino | 19 iyul, 14:35

    Davlat granti qaysi taʼlim yo‘nalishlariga ko‘p ajratilishi maʼlum bo‘ldi

    O‘zbekiston | 19 iyul, 14:03

    Yozgi transfer oynasida eng ko‘p xarajat qilgan klublar: “Chelsi” yetakchi, “Liverpul” va “Real” ham undan qolishmayapti

    Sport | 19 iyul, 13:30
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.