• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +23°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi qurilish vaziri “Trest-12” ishi bo‘yicha nega javobgarlikka tortilmaganiga izoh berdi

    Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi so‘nggi kunlarda agentlik faoliyatiga nisbatan ijtimoiy tarmoqlarda bildirilayotgan fikrlarga munosabat bildirdi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Ta’kidlanishicha, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan zimmasiga yuklatilgan vazifalar qatorida davlat budjeti mablag‘laridan samarali foydalanish hamda davlat xaridlarini amalga oshirishda manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘yilgani va affillanganlik holatlari bo‘yicha doimiy ravishda o‘rganishlar o‘tkazib kelinmoqda.

    Xususan, agentlik tomonidan 2021-yil davomida davlat xaridlari sohasida o‘tkazilgan monitoring tadbirlari natijasida respublika bo‘yicha budjet buyurtmachilarining 458 ta tanlovda “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi va “Raqobat to‘g‘risida”gi qonunlarning talablarini buzgani aniqlanib, korrupsiyaga oid huquqbuzarlarliklarning sabab hamda shart-sharoitlarini bartaraf qilishga qaratilgan 446 ta taqdimnoma kiritildi va 141 milliard so‘mdan ortiq budjet mablag‘lari maqsadsiz sarflanishining oldi olingan.

    Mazkur tadbirlar davomida aniqlangan korrupsiya holatlari yuzasidan to‘plangan hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim qilinib, ular tomonidan Jinoyat kodeksining turli moddalari bilan umumiy 49 ta jinoyat ishi va 24 ta ma’muriy huquqbuzarlikka oid ishlar qo‘zg‘atilishi ta’minlangan.

    Shu bilan birga, 2021-yil mart—aprel oylarida o‘tkazilgan o‘rganishlar davomida qurilish vazirining qarindoshlari benefitsiar bo‘lgan “Trest-12” kompaniyasi 2020-yilda 5 trillion so‘mdan ortiq qiymatdagi qurilish pudrati ishlari bilan bog‘liq davlat xaridi shartnomalarining ijrochisi bo‘lgani aniqlangan.

    “Shu o‘rinda ta’kidlash joizki, ushbu o‘rganishlar o‘tkazilayotgan davrda hali milliy qonunchiligimizda davlat xaridlari jarayonidagi affillanganlik va manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘yganlik uchun javobgarlik choralari belgilanmagan edi”, — deyiladi munosabatda.

    Ma’lum qilinishicha, 2021-yil 14-yanvardagi qonun bilan esa Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi yangi — 175-8-modda bilan to‘ldirilib, davlat xaridlari jarayonidagi affillanganlik va manfaatlar to‘qnashuvi haqida davlat xaridlari to‘g‘risidagi qonunchilikda belgilangan tartibda xabar bermaslik xatti-harakatlari uchun ma’muriy javobgarlik belgilangan va ushbu norma 2021-yil 15-apreldan kuchga kirgan.

    Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 9-moddasiga ko‘ra, Ma’muriy huquqbuzarlik uchun javobgarlikni belgilovchi yoki javobgarlikni kuchaytiruvchi hujjatlar orqaga qaytish kuchiga ega bo‘lmaydi, ya’ni qonun amalga kiritilguniga qadar yuzaga kelgan ijtimoiy munosabatlarga nisbatan javobgarlik choralari qo‘llanilmaydi.

    Shunga ko‘ra, qurilish vaziri tomonidan sodir etilgan xatti-harakatlar 2021-yil 15-aprelga qadar sodir etilgani sababli, unga nisbatan javobgarlik choralari qo‘llanilmagan.

    Kinematografiya agentligi bo‘yicha o‘tkazilgan o‘rganishlarda esa 2021-yil may oyi va undan keyingi paytdagi moliyaviy jarayonlar tahlil qilinib, ushbu davr mobaynida aniqlangan qonunbuzilish holatlari bo‘yicha to‘plangan materiallar Bosh prokuraturaga yuborilgan.

    “Shu bilan birga, sodir etilayotgan qonun buzilishlariga imkon berayotgan sabab va shart-sharoitlar, normativ-huquqiy hujjatlardagi bo‘shliqlar muntazam ravishda agentlik tomonidan tahlil qilinib, muammo va kamchiliklarni bartaraf qilishga qaratilgan takliflar ishlab chiqilmoqda.

    Jumladan, bila turib manfaatlar to‘qnashuvi holatlariga yo‘l qo‘yilganlik xatti-harakatlari va juda ko‘p miqdordagi davlat xaridlariga oid manfaatli bitimlar tuzilishiga erishish bilan bog‘liq holda sodir etilgan taqdirda, jinoiy javobgarlikni belgilash, ya’ni bunday qilmishni formal tarkibli jinoyat sifatida e’tirof etish taklifi bildirilmoqda”, — deyiladi agentlik munosabatida.

    Firdavs Abduxoliqov atrofidagi mojarolar

    Ijtimoiy tarmoqlarda “Sevimli” telekanalida efirga uzatilayotgan “Sabriya” serialidagi axloqsiz sahna aks etgan kadr tarqalgani, AOKA holat nazoratga olinib, tekshiruv ishlari boshlanganini ma’lum qilgandi. Keyinroq O‘zbekiston Kinematografiya agentligi bosh direktori Firdavs Abduxoliqov (“Sevimli” telekanali rahbari Amira Rashidovaning otasi) xususiy telekanallarda efirga uzatilayotgan milliy seriallar bo‘yicha izoh berdi.

    Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi o‘rinbosari, O‘zbekistonda gender tengligini ta’minlash komissiyasi a’zosi Saida Mirziyoyeva ushbu serialini tanqid qilib, badiiy kengashlar va mutasaddi tashkilotlarni bu kabi kontentga qonun va etika nuqtayi nazaridan xulosa berishga chaqirdi. Amira Rashidova esa kanalda uzatilgan behayo sahna yuzasidan munosabat bildirib, serial namoyishidan avval 16+ markirovkasini bergani, qolaversa, “axloqsiz” degan ayblovni qo‘yishdan oldin kesib olingan kadrning yakunini tushunish uchun filmning yana 3 daqiqasini ko‘rish yetarli ekanini bildirgandi.

    Keyinroq O‘zbekiston Kinematografiya agentligi bosh direktori Firdavs Abduxoliqov xususiy telekanallarda efirga uzatilayotgan milliy seriallar bo‘yicha izoh berdi. Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi Komil Allamjonov Abduxoliqovning izohiga munosabat bildirib, bu kabi masalalarni “uyda kelishib olish” kerakligini kinoya qildi.

    “Firdavs Abduxoliqov ‘Sevimli’ kanalida efirga uzatilgan ‘Sabriya’ seriali haqiqatan ham badiiy va mazmunan sayoz, telekanal ta’sischilari va ijodiy jamoasi buni, albatta, inobatga olib, zarur tashkiliy chora-tadbirlarni ko‘rishi darkor deb, munosabat bildiribdi. Shu masalani uyda kelishib olsangiz bo‘lmaydimi? ‘Qalampir.uz’ning yozishicha, ‘Sevimli’ kanali qizingiz va o‘g‘lingizga ham tegishli, seriallarning davlat mablag‘lari evaziga asosiy buyurtmachisi esa o‘zingiz, kinolar sifatiga ham asosiy mas’ul o‘zingiz bo‘lsangiz”, – deb yozgandi Komil Allamjonov.

    Shundan so‘ng Kinematografiya agentligi rahbari Firdavs Abduxoliqov atrofidagi manfaatlar to‘qnashuvi yuzasidan tekshiruv tayinlandi. Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan Kinematografiya agentligi tomonidan shartnomalar tuzilishida va davlat subsidiyasi mablag‘larining taqsimlanishida manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘yilgani holatlari aniqlangan.

    Mavzuga doir: 

    • Firdavs Abduxoliqov O‘zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi raisligidan ketdi
    • Firdavs Abduxoliqovga manfaatlar to‘qnashuvi yuzasidan ma’muriy ish qo‘zg‘atilib, sudga yuborildi

    03.02.2022, 11:22   Izoh (0)   30305
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Erkinjon Turdimov “negativ” topgan jamoatchilikka pul berilishini aytdi

    03.02.2022, 10:58

    Turizm va sport vaziriga ikki o‘rinbosar tayinlandi

    03.02.2022, 10:39

    O‘zbekistonda koronavirus bilan kunlik kasallanishlar soni 15 kun ichida ilk bor 1000 tadan kamaydi

    03.02.2022, 10:19

    Buxoroda uy olish maqsadida quruvchiga bergan 150 mln so‘m pulini qaytarib ololmagan fuqaro o‘zini yoqib yubordi

    03.02.2022, 09:27

    Finlyandiya “O‘zgidromet” faoliyatini qo‘llab-quvvatlash uchun 2 mln yevro grant ajratdi

    03.02.2022, 08:10

    Surxondaryoda fermer xo‘jaligi rahbari 900 mln so‘m kredit mablag‘ini o‘zlashtirgani aniqlandi

    03.02.2022, 07:55
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    AQSHda Trampga qarshi tergovlarga yordam bergan xodimlar ishdan bo‘shatildi

    Dunyo | 12 iyul, 23:50

    “Hech kimdan qo‘rqmayman” — Toshkentda tadbirkor bolalar maydonini egallab oldi, aholi norozi

    O‘zbekiston | 12 iyul, 23:37

    “Barcha zapravkalarda elektr quvvatlagichlar o‘rnatiladi” — transport vaziri Ilhom Mahkamov

    O‘zbekiston | 12 iyul, 23:27

    Hindistonda rossiyalik ayol ikki bolasi bilan changalzorda yashayotgani aniqlandi

    Dunyo | 12 iyul, 23:10

    Abbosbek Fayzullayev va “SSKA” — Rossiya Superkubogi sohibi (video)

    Sport | 12 iyul, 22:42

    Fransiyada Yangi Kaledoniya nomli yangi davlat tuzish to‘g‘risida bitim imzolandi

    Dunyo | 12 iyul, 22:35

    Sun’iy intellekt orqali hayotingizni osonlashtirishning 9 ta usuli

    Layfstayl | 12 iyul, 22:00

    Donald Tramp Klublar o‘rtasidagi JCH finalida qatnashadi

    Sport | 12 iyul, 21:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.