• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Iqtisodiyot

    Jahon banki O‘zbekistonda xususiy sektorning yutuq va kamchiliklarini tahlil qildi

    Ko‘p yillik iqtisodiy turg‘unlik va yakkalanishdan so‘ng O‘zbekiston 2017-yilda raqobatbardosh va inklyuziv bozor iqtisodiyotini barpo etish bo‘yicha muhim islohotlar jarayonini boshladi, deyiladi Jahon bankining sharhida.

    Foto:“Daryo”/ Dilruh Isomiddinova

    Foto:“Daryo”/ Dilruh Isomiddinova

    Asosiy islohotlar valyuta kursini liberallashtirish, import ta’riflarini pasaytirish, tanlangan tovar va xizmatlar narxlarini erkinlashtirish, monopoliyaga qarshi qo‘mitani tashkil etishdan iborat edi.

    Bozor tarafdori bo‘lgan dastlabki sa’y-harakatlar xususiy sektorni rivojlantirish, ko‘proq va yaxshi ish o‘rinlari yaratish yo‘lidagi muhim qadam bo‘ldi. Biroq qilinadigan ishlar ko‘pligicha qolmoqda.

    Jahon bankining O‘zbekiston uchun 2021-yilgi mamlakat iqtisodiy memorandumida doimiy sa’y-harakatlar zarur bo‘lgan bir qancha yo‘nalishlar ta’kidlangan.

    Raqobat hamon zaifligicha qolmoqda

    The Bertelsmann Transformation Index ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda bozor raqobati 2016-yildan 2020-yilgacha yaxshilangan bo‘lsa-da, bugungi kunda Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasining Tojikiston, Ukraina, Polsha va Rossiya kabi bir qancha boshqa davlatlaridan ortda qolmoqda.

    Yangi firmalarning rasmiy xususiy sektorga kirish zichligi so‘nggi bir necha yil ichida yaxshilandi, biroq mintaqaviy o‘rtacha ko‘rsatkichdan ancha pastligicha qolmoqda. O‘zbekistonning aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan daromadi prognoz qilganidan ko‘ra pastroq.

    Rasmiy xususiy firmalar yildan-yilga o‘sib bormayapti

    Jahon bankining 2019-yilgi korxonalar so‘rovi ma’lumotlariga asoslangan tahlil shuni ko‘rsatadiki, rasmiy xususiy firmalar, ayniqsa ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohalarida, Vyetnam va Rossiya kabi o‘tish davri iqtisodiyoti boshqa yirik davlatlardagilarga nisbatan tez o‘smagan. Bundan tashqari, bu firmalar vaqt o‘tishi bilan kichik tadbirkorlik subyektlari bo‘lib qoladi: O‘zbekistonning 10 yoshgacha bo‘lgan rasmiy xususiy firmalarida o‘rtacha 20 ishchi ishlaydi, Vyetnamdagi shunga o‘xshash firmalarda esa 33,6 ishchi. 20 yoshdan oshgan firmalar uchun bu ko‘rsatkich 13,6 xodimdan iborat bo‘lsa, Vyetnamda 78,6 ishchidan iborat.

    Jahon bankining mikro-darajali tahlili rasmiy xususiy sektorda mehnat unumdorligi (bir ishchiga to‘g‘ri keladigan savdo daromadi sifatida belgilangan) so‘nggi o‘n yil ichida doimiy ravishda pasayib borganini ko‘rsatadi. Bu ko‘rsatkich 2010-2013-yillarda yillik -1,2 foiz va 2016–2019-yillarda -6,7 foizni tashkil etdi. So‘nggi yillardagi pasayishlar tadbirkorlikning boshqa sohalarida past samaradorlikni bildiradi.

    Bularning barchasi umumiy talqinda xususiy sektorning turg‘unligi firmalarni o‘sish potensiali bilan mukofotlamaydigan va samaraliroq firmalar uchun resurslarni taqsimlashga to‘sqinlik qiladigan buzilgan biznes muhitini aks ettiradi.

    Buning ortida bir qancha sabablar bor. Muhim omillardan biri mahsulot bozorlarida cheklangan raqobat, bu o‘tish davri iqtisodiyoti uchun odatiy muammo. Kamsituvchi aralashuvlar va qoidalar davlat korxonalari xususiy firmalar bilan raqobatlashadigan bozorlarda hamon o‘yin maydonini notekis saqlamoqda.

    Shuningdek, 2019-yilgi Jahon banki korxonalari so‘rovi ma’lumotlari xususiy sektor rivojlanishiga to‘sqinlik qilayotgan boshqa biznes muhiti to‘siqlarini, jumladan soliq stavkalari, norasmiy sektor amaliyoti, elektr energiyasi va moliyadan foydalanish imkoniyatini ham ochib beradi.

    Foto: World Bank Group

    Foto: World Bank Group
    Bu dalil O‘zbekistonda ishbilarmonlik muhitini tartibga solish va xususiy sektor rivojlanishini rag‘batlantirish bo‘yicha keng qamrovli siyosat zarurligini tasdiqlaydi. 

    E’tibor qaratish kerak bo‘lgan yettita dolzarb islohot va siyosat

    Raqobatni rag‘batlantirishni davom ettirish

    Xususiy firmalarning raqobatdoshligi uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish — davlat korxonalarini xususiylashtirish va qayta qurishni rivojlantirish kabi muhim ahamiyatga ega. Raqobatda betaraflikni mustahkamlash, shuningdek, imtiyozlarga yo‘l qo‘ymaslik va raqobatdagi buzilishlarni minimallashtirish uchun davlat yordamini nazorat qilish shart.

    Soliq tizimini ta’minlash firma o‘sishiga olib keladi

    Soliq tizimi, soliq stavkalari va ma’muriy yuklarni muvozanatlash orqali firma o‘sishini rag‘batlantirishi kerak. Soliq tizimi o‘sishni to‘xtatmaslik uchun stavkalarni firmalar hajmiga qarab asta-sekin oshirib borish zarur. O‘sib borayotgan va yirik kompaniyalarga investitsiyalar va bandlikni rag‘batlantirish uchun marjinal stavkalarni kamaytirishi kerak.

    Norasmiy sektor amaliyotlarini yumshatish

    Norasmiy sektor hajmini cheklash va resurslarni eng samarali firmalarga yo‘naltirish uchun hukumat siyosatini takomillashtirish zarur. Bundan tashqari, rasmiy ish o‘rinlarini yaratish uchun sharoitlar mavjud bo‘lishi kerak. Shu sababdan, vaqt o‘tishi bilan norasmiy sektor amaliyoti cheklanadi.

    Mikro, kichik va o‘rta korxonalarning moliyalashtirish imkoniyatlarini yaxshilash 

    Bunga bank sohasida raqobatni kuchaytirish, tijorat banklarida davlat mulkini qisqartirish, davlat tomonidan yo‘naltirilgan kreditlashni yanada pasaytirish, bank boshqaruvini takomillashtirish va bank tizimida inson kapitalini oshirish orqali erishish mumkin. Kreditlarning tez o‘sishini va moliyaviy resurslarning eng samarali loyihalarga ajratilishini ta’minlash uchun institutlarni mustahkamlashni davom ettirishi kerak.

    Elektr energetikasi sohasidagi islohotlarni ilgari surish 

    Bu eskirgan infratuzilmani yangilash, xizmat sifati va ishonchliligini oshirish uchun juda muhimdir. O‘zbekiston hukumati samaradorlikni oshiruvchi va eskirgan infratuzilmani yangilaydigan bozor mexanizmlariga o‘tish uchun tegishli sektor islohotlarini amalga oshirmoqda. Raqobat va narxlarni samarali tartibga solishni ta’minlash ham muhim ahamiyatga ega.

    Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha faol siyosatni joriy etish 

    Yuqorida qayd etilgan islohotlarni amalga oshirishda tadbirkorlik rivojlanishiga to‘sqinlik qilayotgan mavjud kamchiliklarni bartaraf etishga qaratilgan faol siyosatni joriy etish muhim ahamiyatga ega. Biznesni qo‘llab-quvvatlash choralari ikkita muhim tamoyilga amal qilishi kerak. Birinchidan, firmaning omon qolishini emas, balki o‘sish salohiyati va samaradorligini birinchi o‘ringa qo‘yish. Ikkinchidan, firma imkoniyatlarini mustahkamlash uchun moliyaviy va moliyaviy bo‘lmagan vositalarni birlashtirish. Buning natijasida firmalar ishlab chiqarishni boshqarish, bozorda yangi imkoniyatlarni, yangi loyihalarni ishlab chiqish, tavakkal qilish, yangi texnologiyalarni o‘zlashtirish va o‘z faoliyatini kengaytirish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

    Ko‘plab sohalarda bo‘shliqlarni yopish

    Taxminlarga ko‘ra, pandemiya bolalarning ikki yillik maktab ta’limiga teng bo‘lgan ta’lim yo‘qotilishiga olib keldi. Bu esa kelajakdagi ishchi kuchining potentsial unumdorligiga ta’sir qiladi. Shu sababdan, ta’lim sohasida shoshilinch chora-tadbirlar talab qilinadi.

    O‘zbekiston markazlashgan rejalashtirilgan iqtisodiyot merosidan uzoqlashgan holda xususiy sektorni rivojlantirishdek murakkab muammoga duch kelmoqda. Xususiy firmalarni mamlakat biznesi va iqtisodiy kelajagining tayanchiga aylantirish yagona barqaror yo‘ldir. Bu barcha manfaatdor tomonlar va davlat institutlarini muvofiqlashtirish va amalga oshirishni nazorat qilish uchun mustahkam asos yaratishni talab qiladi.

    Xususiy sektor va tadbirkorlik salohiyatini to‘liq ishga solish O‘zbekistonning 2030-yilgacha rivojlanish maqsadlariga erishishi va butun xalq hayotini yaxshilashi uchun muhim ahamiyatga ega. Shu sababdan, O‘zbekiston bo‘yicha bo‘lajak Hamkorlik dasturi xususiy sektorni rivojlantirishni kelgusi besh yil davomida asosiy e’tibor yo‘nalishlaridan biriga aylantiradi.

    03.02.2022, 18:52   Izoh (0)   18217
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Jo Bayden davrida AQSh iqtisodiyotida nimalar yuz bermoqda?

    02.02.2022, 21:13

    O‘zbekistonda olma banan va boshqa sitrus mevalardan qimmatroq. Nima uchun va ahvol qachon o‘zgaradi?

    02.02.2022, 20:40

    Hindiston raqamli valyutasini ishga tushirmoqda

    01.02.2022, 19:44

    Davlat soliq qo‘mitasi soliq uzilishi ko‘rsatkichi to‘g‘risida tushuntirish berdi

    01.02.2022, 19:28

    Go‘sht arzonlashdi, meva qimmatladi. O‘zbekiston bozorlarida yanvar oyida narx qanday o‘zgardi?

    01.02.2022, 18:11

    Turkiyada odamlardan lirani saqlab qolish uchun dollardan voz kechish so‘raldi

    31.01.2022, 22:07
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 

     

    Tavsiya etamiz

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Surxondaryoda hujra tashkil qilib, bolalarni qiynoqqa solib kelgan yigit qo‘lga olindi (video)

    O‘zbekiston | 2 avgust, 10:30

    Rasman. Son Hyon Min “Tottenhem”ni tark etishini e’lon qildi

    Sport | 2 avgust, 10:25

    Tramp Medvedevning tahdidiga javoban AQSHning ikkita yadroviy suv osti kemasini Rossiya yaqiniga joylashtirishni buyurdi

    Dunyo | 2 avgust, 10:10

    2,2 mlrd dollarlik kassa: 2025-yilning eng ko‘p daromad keltirgan 10 ta filmi

    Madaniyat | 2 avgust, 09:45

    Rodrigo “Liverpul”ga o‘tishga rozilik bildirdi — ESPN

    Sport | 2 avgust, 09:37

    Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentiga rahbar tayinlandi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 09:31
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.