“O‘zgidromet” 2022-yilning fevrali qanday ob-havo bilan o‘tishini ma’lum qildi.
Markaz ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu oy nisbatan iliq ob-havo bilan boshlandi. Oyning birinchi 10 kunligida kechalari harorat 0-5 daraja iliq, ba’zi joylarda 2 daraja sovuq atrofida bo‘ladi. Kunduz kunlari harorat 6-8 daraja iliqdan 12-14 daraja iliqqacha o‘zgarib turadi.
5-fevralda shimolda, 6-fevralda O‘zbekistonning qolgan hududlarida asosan yomg‘ir ko‘rinishidagi yog‘ingarchilik bo‘ladi. Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda birinchi 10 kunlikning eng oxirida ham biroz yog‘ingarchilik bo‘lishi mumkin.
Keyinchalik Jahon prognostik markazlarining hisob-kitoblariga asoslangan holda, “O‘zgidromet”ning dastlabki bahosiga ko‘ra, havo harorati kechalari 0-5 daraja iliqdan 0-5 daraja sovuqqacha, shimolda 8-13 daraja sovuqqacha, kunduz kunlari 10-15 daraja iliqdan 3-8 daraja iliqqacha o‘zgarib turadi. Hududlarning katta qismida yomg‘ir va qor ko‘rinishidagi yog‘ingarchilik me’yordan kam bo‘lishi kutilmoqda.
Izoh (0)