• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12559.26
    • RUB160.17
    • EUR14413.01
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Salomatlik

    Buyraklar faoliyatida muammo borligidan ogohlantiruvchi 6 ta xavfli alomat

    Ma’lumki, buyraklar qorin bo‘shlig‘ida, umurtqa pog‘onasining ikkala tomonida pastki orqa darajasida joylashgan juft organlardir. Buyrak funksiyasi ortiqcha suyuqlik va metabolizmning chiqindilarini chiqarib yuborish bilan cheklangan, degan fikr mutlaqo noto‘g‘ri. Aslida, buyraklar butun organizmning to‘liq ishlashida hal qiluvchi rol o‘ynaydigan va u uchun ko‘plab hayotiy jarayonlar uchun mas’ul bo‘lgan organdir.

    Foto: Pinterest

    Foto: Pinterest
    • Kaliy tuzi, xlor, vodorod, kalsiy, magniy va bikarbonatlar kabi minerallar va boshqa kimyoviy moddalarni tartibga soladi. Organizmdagi suyuqlikning optimal tarkibini saqlaydigan buyraklardir. Patologiya holatida yuqoridagi moddalarning konsentratsiyasi nomutanosiblikka olib keladi, bu yurak ritmining buzilishiga, mushaklar faoliyatining o‘zgarishiga, suyak, tishlarning holatining yomonlashishiga va boshqa salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.
    • Turli xil gormonlar (renin, aldosteron, angiotenzin, prostaglandin va boshqalar) ishlab chiqarilishi va organizmdagi suv va tuzning tartibga solinishi ham bevosita buyraklar faoliyatiga bog‘liq.
    • D vitamini gormonal shaklga aylanadi va buyraklar tufayli faollashadi, bu esa oziq-ovqatdan kalsiyning so‘rilishini, suyak va tishlarning normal o‘sishini ta’minlaydi.
    • Gemoglobin darajasi ham bevosita buyraklar ishiga bog‘liq, chunki eritropoetin aynan shu organlarda sintezlanadi — qizil qon tanachalari yoki eritrotsitlar ishlab chiqarish uchun javob beradigan gormon. Buyrak kasalligi bilan uning ishlab chiqarilishi kamayadi, bu anemiyaning asosiy sababiga aylanadi.
    Buyraklar faoliyatining xilma-xilligi tufayli uning buzilish belgilari turlicha. Quyida ularning eng asosiylari bilan tanishtiramiz.

    Og‘riq

    Qoida tariqasida, og‘riq organizmdagi noxush jarayonlarning birinchi signalidir, aksariyat hollarda bu buyrak patologiyasiga xos emas. Istisno tariqasida buyrak va peshob yo‘llari bilan bog‘liq bir qator kasalliklardir – bularga urolitiyoz, polikistik kasallik va boshqa ba’zi kasalliklar kiradi.

    Kistalarning mavjudligi yoki buyrak toshlarining harakatidan kelib chiqadigan mexanik bosim chidab bo‘lmas og‘riqlarga olib kelishi mumkin. Yuqoridagi tashxislarni tasdiqlash va buyrak sohasidagi noqulaylik sababini aniqlash uchun minimal klinik va instrumental tekshiruv yetarli. Buyrak funksiyasining pasayishi va natijada buyrak yetishmovchiligining rivojlanishi og‘riq bilan birga kuzatilmaydi.

    Shish

    Shish — buyrak funksiyasi buzilishining eng keng tarqalgan belgilaridan biri. Ular asosan yuz sohasi, ayniqsa, ko‘z qovoqlari, shuningdek, oyoq va qo‘llarda kuzatiladi. Shish yurish paytida noqulaylik tug‘diradi. Buyraklar ishidagi muammo yomonlashgani sababli shish sindromi tobora kuchayib boradi. Kuchli shishning to‘satdan paydo bo‘lishi ko‘plab buyrak kasalliklarining boshlanishiga xosdir. Shishning buyrak patologiyasining o‘ziga xos belgisi emasligini aniq tushunish kerak. Buyrak yetishmovchiligining oxirgi bosqichida ham ularning mavjudligi majburiy bo‘lmaydi. Buyrak funksiyasining buzilishi bilan bir qatorda, shish boshqa ko‘plab jiddiy kasalliklarda uchraydi va to‘liq tekshiruvni talab qiladi.

    Oshqozon-ichak traktining buzilishi

    Buyrak faoliyati yomonlashganda, zaharli moddalar organizmda tabiiy ravishda to‘planadi, bu oxir-oqibat ishtahani yo‘qotish, ko‘ngil aynishi, qayt qilish va oshqozon-ichak traktining boshqa ko‘plab kasalliklariga olib keladi. Terining va shilliq qavatining qichishi ko‘rinishi bilan birga bo‘lishi mumkin. Tibbiy ma’lumotsiz bunday alomatlarni buyraklar bilan bog‘lash juda qiyin, shuning uchun agar ular paydo bo‘lsa, murakkab diagnostika va mutaxassis maslahati zarur.

    Yuqori qon bosimi

    Yuqori qon bosimi ham buyrak kasalligining mumkin bo‘lgan alomati hisoblanadi. Gipertoniyaning o‘zi buyrak yetishmovchiligi uchun xavf omili ekanligini esga olish kerak. Shuning uchun qon bosimining oshishi buyrakning shikastlanishiga olib keladi va buyrak funksiyasining buzilishi, o‘z navbatida, gipertoniyani yomonlashtiradi. Shuning uchun har qanday holatda ham qon bosimini nazorat qilish tavsiya etiladi.

    Anemiya

    Buyraklar qon aylanishida bevosita ishtirok etadi: aynan ularda eritropoetin ishlab chiqariladi — bu qizil qon hujayralari ishlab chiqarilishi tufayli qondagi gemoglobinning normal darajasini ta’minlaydigan gormon. Buyraklar tomonidan eritropoetin sintezining pasayishi ularning ishi buzilgan taqdirda anemiyaga olib keladi, bu bir qator alomatlar bilan tavsiflanadi: zaiflik, charchoq, terining rangsizligi, soch to‘kilishi, tirnoq plastinkasining mo‘rtligi va boshqalar.

    Anemiya ham buyrak yetishmovchiligining o‘ziga xos belgisi emas, lekin ba’zida uzoq vaqt davomida gemoglobinning pasayishi buyraklar faoliyatining yagona belgisidir. Bu bevosita buyrak funksiyasi bilan bog‘liqligini ko‘rsatadigan xarakterli xususiyat anemiyani davolashda an’anaviy terapiyaning samarasizligi hisoblanadi.

    Peshobning miqdoriy va sifat tarkibidagi o‘zgarishlar

    Agar buyrak muammosiga shubha qilinsa, birinchi navbatda peshob rangiga e’tibor berish kerak. Ko‘pik, qon yoki boshqa aralashmalar mavjudligi darhol laboratoriya diagnostikasi va davolashni talab qiladi. Shuningdek, kunlik miqdorning kamayishi buyraklarda muammo borligini ko‘rsatishi mumkin.

    Buyraklar butun organizmning ishini tartibga solishda ishtirok etadi, ya’ni ularning ishidagi har qanday muammo boshqa barcha organlar va tizimlar ishining yaxlitligini buzilishiga olib keladi.

    Buyrak patologiyasining oldini olish uchun yuqorida ko‘rsatilgan belgilarning birinchi paydo bo‘lishida imkon qadar tezroq shifokor bilan maslahatlashish, buyrak kasalliklarini davolash uchun keng qamrovli klinik va laboratoriya tekshiruvidan o‘tish kerak.

    Mavzuga doir:

    • Bronxit, astma va buyrak bilan bog‘liq muammolar: stress tufayli yuzaga keladigan kasalliklar
    • Buyrak kasalliklarining dastlabki alomatlari
    • Ortiqcha tuz iste’mol qilish tufayli organizmda rivojlanadigan 4 ta jiddiy kasallik

    01.02.2022, 13:43   Izoh (0)   59350
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Akupunktura – igna bilan davolash qanday kasalliklarda buyuriladi?

    31.01.2022, 20:51

    Baliq yog‘ini ratsionga kiritish uchun 5 ta jiddiy sabab

    31.01.2022, 14:55

    Qizilo‘ngach saratoni: bilishingiz kerak bo‘lgan 5 ta dastlabki belgi

    31.01.2022, 09:10

    Kun davomida ko‘p suv ichish organizmga qanday ta’sir ko‘rsatadi?

    30.01.2022, 09:18

    Tovonlar yorilishining 8 ta asosiy sababi

    29.01.2022, 21:32

    Shifokor tavsiyasi: insult xavfini kamaytiradigan 8 mahsulot

    29.01.2022, 13:54
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    "Eco Expo Central Asia 2025" doirasida xalqaro ekologik tashabbuslar birlashmoqda


    Paynet xizmatlari endi Kapitalbank bankomatlarida mavjud


    “Moody’s Ratings” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytingi prognozini “Ba2”- “ijobiy” darajagacha ko‘tardi


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda


    O‘zbekiston terma jamoasining dunyodagi eng yirik sport tadbiriga chiqishi Kia brendining mavqeini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi 


    InfinBANK tomonidan XISMK liniyasi bo‘yicha taqdim etilayotgan islomiy moliyalashtirish – biznesni rivojlantirish uchun ishonchli yechim 


    AKFA Group “AKFA Medline Social” nomli tibbiy startap qurilishini boshlanganini e’lon qildi 


    “Mikrokreditbank” ATB IX Germaniya-O‘zbekiston biznes forumi doirasida ODDO BHF bank bilan 50 million dollarlik shartnoma imzoladi


    Texnologiyaning yangi bosqichi — HUAWEI Mate XT va HUAWEI Mate 70 Pro bilan tanishing


    Buxoro, G‘ijduvon, zindon, misvok va madrasa – 100 savolga 1 javob


    TBC Bank va Bahodir Jalolov firibgarlarga qarshi jangga chiqdi 


    Uzbekistan Airways Seulga kunlik aviaqatnovlarni taklif qiladi


    Investitsiya nima va u insonlarga nima uchun kerak?


    “O‘zbekinvest” EISK AJ va Slovakiyaning EXIMBANKA SR o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi


    Moody’s “Biznesni rivojlantirish banki” reytinglarini “salbiy”dan “barqaror”ga o‘zgartirdi

     

    Tavsiya etamiz

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Yohansson tanqiddan qo‘rqadi, Bullok esa xakerlardan: nima uchun ba’zi mashhurlar ijtimoiy tarmoqlardan voz kechgan?

    Shou-biznes | 21 iyun, 13:45

    Yangi iPhone 18 Pro va Pro Max’ning old kamerasi ko‘rinmas bo‘ladi

    Texnologiyalar | 21 iyun, 13:25

    Toshkent viloyatida hojatxonaga tushib ketgan bolani qo‘shni yigit qutqardi

    O‘zbekiston | 21 iyun, 13:00

    “Muhtasham yuz yil” yulduzlari Maryam Uzerli va Kaan Urganjiog‘lu yangi serialda birgalikda suratga tushmoqda

    Kino | 21 iyun, 12:50

    O‘zbekistonda ko‘chalar qancha yoritish uskunalari yordamida yoritiladi?

    O‘zbekiston | 21 iyun, 12:30

    Sayyoradagi ertaknamo ko‘rinishga ega maskanlar

    Layfstayl | 21 iyun, 12:15
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.