AQShning sharqiy sohillarida kuchli qor bo‘ronlari tufayli ko‘plab binolar va shaharlar elektr ta’minotidan uzilib qoldi, bir qator aviareyslar bekor qilingan. Bu haqda CNN xabar berdi.
Massachusetsda 116 964 nafar aholi 30-yanvar kuni hududga yopirilgan kuchli qor sabab elektr ta’minotidan uzilib qolgan.
Atlantik-Siti ma’muriyati 40-shosseni, ya’ni shaharga olib boradigan asosiy arteriya tomiri hisoblangan yo‘lni yopishga qaror qilgan.
Kuchli qor bo‘ronlari haqida jami 11 million aholiga, xususan, Atlantik-Siti, Providens, Rod-Aylen, Boston, Keyp-Kod va Portlendga ogohlantirishlar berilgan.
Nyu-Jersining ayrim hududlarida bir futdan baland qor tushgan, kuchli qor bo‘roni sohildan tepaga qarab harakatlanmoqda.
Nyu-Yorkda ham tinmay qor yog‘moqda, shahar aholisiga uzoq yo‘lga safarga chiqmaslik tavsiya etilgan.
Avval AQShga kuchli qor bo‘ronlari yopirilayotgani sababli 5 mingga yaqin aviareyslarning bekor qilingani haqida xabar berilgan. Shuningdek, Braziliyada kuchli yog‘ingarchilik 20 kishining o‘limiga sababchi bo‘lgani, JARdagi tropik bo‘ron 70 kishini halok qilgani, Turkiyadagi qor besh mingtadan ziyod yo‘lni yopib qo‘ygani xabar qilingan.
Izoh (0)