Shavkat Mirziyoyev 30-yanvar kuni Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasiga tashrif buyurib, birinchi prezident haykali poyiga gulchambar qo‘ydi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar qildi.
Qayd etilishicha, marosimda qur’on oyatlari o‘qilib, duo qilingan. Islom Karimovning xalq manfaati yo‘lida qilgan ishlari, mardlik, odillik, kamtarinlik xislatlari yodga olingan.
Marosimda Oliy Majlis palatalari, Prezident Administratsiyasi va hukumat vakillari, ilm-fan va madaniyat namoyandalari, ziyolilar, shahar jamoatchiligi ishtirok etdi.
Islom Karimovning Samarqand va Qarshi shaharlaridagi haykallari poyiga ham gullar qo‘yilgan.
O‘zbekistonliklar birinchi prezident Islom Karimovni qanday xotirlaydi? Ushbu savolga javob olish maqsadida “Daryo” kichik so‘rovnoma o‘tkazdi.
So‘rovnomada ishtirok etganlarning aksari marhum prezident Islom Karimovni “O‘zbekistonni oyoqqa turg‘azib bergan”, “Buyuk shaxs, boshqa ta’rif yo‘q”, “Eng qiyin davrlardan olib chiqqan” deya esladi. Ular Islom Karimovni mustaqillik asoschisi sifatida biladi.
Izoh (0)