• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Ruhiy tushkunlikka tushib qolgan”. Toshkent hayvonot bog‘ida qizchasini ayiq qafasiga tashlab yuborgan ayol haqida ma’lumot berildi

    Toshkent hayvonot bog‘ida ayol kichkina qizaloqni ayiq qafasiga tashlab yuborgani haqida xabar berilgandi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi qizini ayiq qafasiga tashlab yuborgan ayol haqida ma’lumot berdi.

    Qayd etilishicha, o‘rganishlar davomida hodisa ishtirokchilari 1991-yilda tug‘ilgan, Toshkent shahar Sergeli tumani “Qumariq” mahalla fuqarolar yig‘ini Obod ko‘chasida yashovchi fuqaro Z.T. va uning 2018-yilda tug‘ilgan qizi, fuqaro Z.A. ekani aniqlangan. Z.T. ismli ayol hozirga qadar o‘z otasi, fuqaro Y.T.ga tegishli xonadonda 2 nafar farzandi bilan yashab kelgan.

    U bilan suhbat davomida Toshkentdagi oliy o‘quv yurtlaridan birida o‘qituvchi bo‘lib ishlashi, turmush o‘rtog‘i, 1990-yilda tug‘ilgan, ayni vaqtda Rossiya davlatiga ketgan fuqaro N.K. bilan hozirda birga yashamayotgani sababli ruhiy tushkunlikka tushib qolgani ma’lum bo‘lgan.

    Fuqaro Z.T. oilasi bilan muqaddam Sergeli tumanidagi “Yangi Bunyodobod” mahallasida ijarada yashagan. Ajrim yoqasidagi oilaning holati mahalla raisi N.Yo‘ldosheva, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha inspektor O.Ashurova tomonidan ko‘p bora o‘rganilgan, oilani yarashtirish choralari ko‘rilgan.

    Z.T. 2021-yilda “ayollar daftari”ga kiritilgan va unga uy-joy va ajrim masalasida zarur huquqiy maslahatlar berilgan. Shuningdek, homiylik mablag‘lari hisobidan uning oilasiga ikki bor oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berilgan.

    Hozirda hodisadan jabrlangan qizga barcha zarur tibbiy yordamlar ko‘rsatilmoqda. Shuningdek, mazkur holat bo‘yicha huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

    Eslatib o‘tamiz, 28-yanvar kuni soat, taxminan, 12:00 larda yosh ayol noma’lum sabablarga ko‘ra xaloyiqning ko‘z oldida kichkina qizaloqni ayiq qafasiga tashlab yuborgan.

    “Zuzu laqabli Kavkaz qo‘ng‘ir ayig‘i o‘z volyerida yotib olib, qizaloqni metall to‘siq ustidan otib yuborgan ayol harakatlarini kuzatdi. Mehmonlarimiz va xodimlarimizning urinishlariga qaramasdan, ayolni to‘xtatib qolishning imkoni bo‘lmadi. U bolani yirtqichning qafasiga otib yuborishga erishdi. Zuzu ayig‘imiz sekingina zovurga tushib, qizaloqni hidlab ko‘rdi va undan uzoqlashdi”, – deyiladi xabarda.

    Keyinroq SSV yirtqich qafasiga tashlab yuborilgan qizchaning ahvoli to‘g‘risida ma’lumot berdi. Unda aytilishicha, 2018-yilda tug‘ilgan qizchaga dastlab hayvonot bog‘i hamshirasi birinchi yordam ko‘rsatgan. Shundan so‘ng u tez yordam mashinasida soat 13:30 larda Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markaziga olib kelingan. Qizcha shifoxonada barcha zarur tibbiy ko‘riklardan zudlik bilan o‘tkazilgan.

    “U yengil shok holatida bo‘lgan, balandlikdan yiqilish oqibatida ochiq bosh miya jarohati va bosh miya chayqalishi kuzatilgan. Hozirda uning ahvoli yaxshi, tibbiyot xodimlari nazoratida”, — deyiladi xabarda.

    Toshkent hayvonot bog‘i Yirtqichlar bo‘limi mudiri Nodir Bahromov bog‘da 28-yanvar kuni sodir bo‘lgan voqea yuzasidan “Daryo”ga qo‘shimcha ma’lumotlar taqdim etdi. Xodimning ta’kidlashicha, bu holat bog‘ tarixidagi birinchisi.

    “O‘zi erkak ayiq bu. Aslida erkak ayiq hatto o‘zini bolalari uchraganda yeb qo‘yib, o‘ldiradigan darajada bo‘ladi. Lekin Allohning marhamati deymiz, hatto boshi qonagan holatda ham ayiq qizchaga tegmadi va bu yerdagi xodimlar tez non va shunga o‘xshash yeguliklar bilan ayiqni chalg‘itib, uzoqlashtirdi”, — deydi Nodir Bahromov.

    30.01.2022, 12:04   Izoh (0)   128171
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda 31-yanvar kuni qanday ob-havo bo‘lishi ma’lum qilindi

    30.01.2022, 11:15

    Qarshida 38 yoshli erkak avtoservisda o‘zini osib o‘ldirdi

    30.01.2022, 10:50

    O‘zbekistonda koronavirusga chalinish holati nisbatan kamaydi — so‘nggi sutkada 1104 kishida kasallik tasdiqlandi

    30.01.2022, 10:32

    “Eng qiyin davrlardan olib chiqqan” — Birinchi prezident Islom Karimovni o‘zbekistonliklar qanday xotirlaydi?

    30.01.2022, 10:20

    Buxorodagi xonadonda Afg‘oniston fuqarosiga tegishli 54 kg giyohvand modda ko‘mib qo‘yilgani aniqlandi (video)

    30.01.2022, 09:40

    Quvasoyda hokim yordamchilariga elektroskuterlar berildi

    30.01.2022, 08:47
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    AQSH hukumati Intel kampaniyasining 10 foiz ulushini sotib oldi

    Dunyo | 23 avgust, 09:10

    Ularning ko‘pchiligi oramizda yo‘q: “I operatsiyasi” aktyorlari yillar davomida qanchalik o‘zgargan?

    Kino | 23 avgust, 09:00

    Andijonda 811 ta holatda jamoat joylarida tig‘li buyumlar olib yurgan fuqarolar aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 00:05

    Buxoroda ikki yilda bir marta xalqaro sanʼat biyennalesi o‘tkaziladi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:50

    “Ishlamasa, ana katta ko‘cha” — Erkinjon Turdimov Sirdaryoda boqimandalar ko‘payib ketganini aytdi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:41

    Ruminiya ittifoqchilarga harbiy bazalarini ochishga tayyorligini bildirdi

    Dunyo | 22 avgust, 23:35

    Venesuela AQSH bilan urushga tayyorlanyapti

    Dunyo | 22 avgust, 23:25

    O‘zbekiston real ish haqi oshishi bo‘yicha qo‘shni davlatlardan ortda qolmoqda — hisobot

    Iqtisodiyot | 22 avgust, 23:15
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.