Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahrida 30-yanvar kuni O‘zbekistonning birinchi prezidenti haykali poyiga gulchambarlar qo‘yish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Daryo”ga viloyat hokimligi axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Islom Karimov haykali poyiga gulchambar qo‘yish marosimida viloyatda faoliyat yurituvchi idora va tashkilotlar xodimlari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Marhum prezident Islom Karimov 1986—1989-yillarda O‘zbekiston Kompartiyasi Qashqadaryo viloyat qo‘mitasi birinchi kotibi, ya’ni viloyat rahbari sifatida faoliyat yuritgan.
Bundan avval Shavkat Mirziyoyev Toshkentdagi Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasiga tashrif buyurib, birinchi prezident haykali poyiga gulchambar qo‘ygani, Samarqand viloyat hokimi Erkinjon Turdimov boshchiligidagi viloyat faollari Samarqand shahridagi Islom Karimov maqbara-majmuasida yig‘ilib, uning qabrini ziyorat qilgani haqida xabar berilgan edi.
Izoh (0)