• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +24°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Salomatlik

    Kun davomida ko‘p suv ichish organizmga qanday ta’sir ko‘rsatadi?

    Suv – bu sayyoradagi eng muhim resurslardan biridir yoki eng muhimi desa ham bo‘ladi. Inson organizmining 80 foizi suvdan iborat. Shuning uchun ham iloji boricha ko‘proq suv ichish kerakligi tavsiya qilinadi, kuniga kamida 2 litr. Suv tavsiya etilgan me’yordan kam ichilsa, buning salbiy oqibati haqida ham bir qancha ma’lumotlar keltirilgan. Ammo kun davomida ko‘p suv ichilsa, bu organizmga qanday ta’sir ko‘rsatadi?

    Foto: “Domashniy ochag”

    Foto: “Domashniy ochag”

    Organizmning ayrim a’zolarida qancha miqdorda suv borligini tasavvur ham qilib bo‘lmaydi. Masalan, suvning 90 foizigacha o‘pkada, taxminan 75 foizi esa miyada.

    Suv ozuqa moddalarining tashuvchisi

    Suv metabolizmda faol ishtirok etadi. Qon oqimi bilan birga aylanib, u oziq moddalar va kislorodni organizmning barcha a’zolari va qismlariga yetkazadi. Ya’ni uning yetishmovchiligi bilan organizm nafaqat suvsizlanishdan, balki ozuqa moddalarining yetishmasligi, shuningdek, kislorodga muhtojligidan ham azoblanadi.

    Qonning 80 foizi suvdan iborat. Suvning yetishmasligi, birinchi navbatda, unga ta’sir qiladi, bu uning quyuqligini oshiradi. Albatta, bu yaxshi narsaga olib kelmaydi: tromboz, varikoz tomirlari va hatto insult hamda infarkt xavfi ortadi.

    Suv toksinlarni chiqarib tashlaydi

    Ter va peshob bilan orgnizmdan barcha zararli moddalar, toksinlar va shlaklar chiqariladi. Agar organizmda bular uchun yetarli suv bo‘lmasa, parchalangan mahsulotlari turg‘unlasha boshlaydi. Bu hatto zaharlanishga olib kelishi mumkin.

    Suv ovqat hazm qilishda ishtirok etadi

    Suv ovqat hazm qilish jarayoniga to‘liq hamroh bo‘ladi. U so‘lak hosil bo‘lishida ishtirok etadi, shilliq qavatning namligi va oziq-ovqatning parchalanish sifati uning miqdoriga bog‘liq. Suv yetishmovchiligi bilan ovqat hazm qilish fermentlarini ishlab chiqarish sekinlashadi, oshqozon-ichak trakti sust ishlaydi, yarim hazm bo‘lgan ovqat ichaklarda aylanib, yallig‘lanishni keltirib chiqaradi.

    Suv tanqisligining yana bir oqibati: me’da shirasi ko‘proq kislotali hamda juda konsentratsiyali bo‘ladi. Bu esa yuqori kislotali gastrit va hatto oshqozon yarasiga olib kelishi mumkin

    Organizmning termoregulyatsiyasi suvga bog‘liq

    Suvsizlanish bilan bog‘liq muammolarga duch kelmaydigan odamlar issiqqa ham, sovuqqa ham oson toqat qiladi. Gap shundaki, suv termoregulyatsiyada ishtirok etadi, u sovuq mavsumda issiqlikni saqlab qolishga va issiqda uni yo‘qotishga yordam beradi.

    Bo‘g‘imlar salomatligi uchun muhim

    Artrit va artrozning rivojlanish jarayoni murakkab, lekin ko‘p jihatdan bu elementar suv tanqisligiga bog‘liq. Organizmda suv yetishmasa, u avtomatik tarzda mavjud suvni miya, qon, yurak, buyrak, jigar faoliyatiga sarflaydi.

    Bo‘g‘imlarga esa suvning qolgan qismi keladi. Natijada bo‘g‘imlarning to‘qimasi elastikligini yo‘qotadi, zichlashadi, bo‘g‘imlar faoliyatida muhim bo‘lgan suyuqlik miqdori kamayadi.

    Suv terini ajinlardan qutqaradi

    Ushbu organ ham qoldiq prinsipiga ko‘ra suv bilan ta’minlanadi. Shuning uchun suvsizlanish kuzatiladi. Namlik miqdori yetarlicha bo‘lmagan teri tezda elastikligini, chiroyli rangini yo‘qotadi va ajinlar bilan qoplanadi.

    Teridan tashqari, soch va tirnoqlar ham suv yetishmasligidan aziyat chekadi. Tirnoqlar zaif va mo‘rt bo‘ladi, sochlar rangi xiralashadi, gullaydi va to‘kiladi.

    Agar kun davomida ko‘p suv ichilsa, organizmda qanday o‘zgarishlar yuz beradi?

    Ammo hamma narsada ham o‘lchovni bilish kerak. Juda ko‘p suv va hatto tez ichish ham organizmga zarar yetkazishi mumkin. Buyraklar soatiga 0,8—1 litrdan ko‘p bo‘lmagan suyuqlik chiqara oladi. Shuning uchun, agar qisqa vaqt ichida 3 litrdan ko‘proq ichish orqali suv zaxirasi to‘ldirilsa, organizmda haddan tashqari gipergidratsiya belgilari paydo bo‘lishi mumkin.

    Bu vazn ortishi, shish, bosimning oshishi va eng muhim ichki organlarning: buyraklar, yurak va o‘pka faoliyatining buzilishiga olib keladi. Ortiqcha suv qondagi elektrolitlar konsentratsiyasini kamaytiradi. Bu, ayniqsa, hujayra ichidagi va tashqarisidagi suyuqliklar o‘rtasidagi muvozanatni saqlaydigan natriyga tegishli.

    Kuniga qancha miqdorda suv ichish kerak?

    Aniq va yagona me’yor yo‘q. Chunki hammani bitta standart bilan o‘lchash mumkin emas. Bugungi kunda, diyetologlarning turli tavsiyalariga ko‘ra, suvning kunlik dozasi organizm vazniga kilogramm uchun 30 dan 50 millilitrgacha o‘zgarib turadi. Ya’ni ushbu tavsiyalar o‘rtacha hisoblansa, vazni 60 kilogramm bo‘lgan odam kuniga taxminan 2,4 litr suv ichishi kerak. Erkaklar kuniga 2,5—3,7 litr, ayollar esa 2—2,7 litr suv ichish tavsiya etiladi.

    Organizmga suv yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?

    Eng oddiy va tabiiy ko‘rsatkich chanqoqlikdir. Bu organizmda eng qimmatli manba kamligini tushunish uchun yetarli. Ammo shuni bilish kerakki, tashnalik organizmning taxminan 1-2 foiz namlikni yo‘qotganda kuzatiladi va bu suvsizlanishning birinchi belgisi hisoblanadi.

    Organizmdan 2 foiz suyuqlik yo‘qolganda, odamda kuchli chanqoq paydo bo‘ladi, 10 foizgacha yo‘qotishda bosh aylanishi kuzatilishi mumkin, 12 foiz yo‘qotish bilan shoshilinch tibbiy yordam talab qilinadi.

    Suvsizlanishning asosiy belgilari: peshobning qorayishi va uning kunlik hajmining pasayishi, bosh og‘rig‘i, charchoq va holsizlik, og‘iz qurishi va teri qurishi, yurakning tez urishi va qon bosimining pasayishi.

    Suv ichish istagi bo‘lmaganda ham ichish kerakmi?

    Albatta, kerak, tashnalik organizm suvsizlanishining birinchi darajasi haqida signaldir. Agar jismoniy ish qilinsa, ko‘p yurilsa va doimiy stress bo‘lsa, ko‘proq suv ichish kerak.

    Nonushtadan 30 daqiqa oldin kunni bir yoki ikki stakan suv bilan boshlash tavsiya etiladi. Kun davomida suvni asta-sekin, kichik qultumlarda ichish lozim. Lekin yotishdan oldin to‘xtatish kerak. Bu vaqtda limfa tizimining aylanishi sekinlashadi, suyuqlik turg‘unlashadi, ertalab shish bilan uyg‘onish xavfi mavjud. Shuningdek, diyetologlar iliq suv ichishni maslahat beradi. U sovuq suvga qaraganda ancha yaxshi so‘riladi. Organizm uni singdirish uchun kamroq energiya sarflaydi.

    Mavzuga doir:

    • Nima uchun ovqatlanayotganda suv ichish mumkin emas?
    • Nima uchun qahvadan keyin suv ichish kerak?
    • Salomatlik taqvimi: organizmingizdagi ijobiy o‘zgarishlarga sabab bo‘ladigan tavsiyalar

    30.01.2022, 09:18   Izoh (0)   64983
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Tovonlar yorilishining 8 ta asosiy sababi

    29.01.2022, 21:32

    Shifokor tavsiyasi: insult xavfini kamaytiradigan 8 mahsulot

    29.01.2022, 13:54

    Salomatlik ko‘zgusi: ko‘zlardan aniqlash mumkin bo‘lgan kasalliklar

    28.01.2022, 18:33

    Quritilgan mevalarning foydali hamda zararli xususiyatlari

    27.01.2022, 17:35

    Jigar salomatligini saqlashda yordam beradigan 3 ta odat

    27.01.2022, 13:28

    40 yoshdan keyin ratsiondan chiqarish tavsiya etiladigan mahsulotlar

    25.01.2022, 21:59
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 

     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Quyosh faolligi oshdi: 24 soat ichida 15 ta chaqnash kuzatildi

    Dunyo | 2 avgust, 23:50

    “Har qanday xatoga qarshi raketalar bilan javob qaytaramiz” — Hindiston Pokistonga ogohlantirish berdi

    Dunyo | 2 avgust, 23:25

    Superliga. “Dinamo” “Navbahor”ga qarshi bahsda g‘alabani qo‘ldan chiqardi

    Sport | 2 avgust, 23:20

    Davlat byudjetidan nafaqalarga xarajat qisqarib, subsidiyalar ko‘paytiriladi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 23:16

    BAA banklari Rossiya kompaniyalarining hisoblarini ommaviy ravishda bloklashga kirishdi

    Dunyo | 2 avgust, 22:55

    Qurollar faqat mustaqil Falastin davlati barpo etilgandagina topshiriladi — HAMAS

    Dunyo | 2 avgust, 22:30

    Superliga. “Bunyodkor” “Neftchi”dan, “Nasaf” “So‘g‘diyona”dan ustun keldi

    Sport | 2 avgust, 22:21

    O‘z joniga qasd qilish, o‘zidan qoniqmaslik va kuchli stress. Ijtimoiy tarmoqlarga bo‘lgan qaramlik nimasi bilan xavfli (foto, video)

    O‘zbekiston | 2 avgust, 22:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.