• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +34°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Salomatlik

    Tovonlar yorilishining 8 ta asosiy sababi

    Tovonlarning yorilishi bir nechta omillar tufayli yuzaga kelishi mumkin. Yoriqlar paydo bo‘lishiga olib keladigan epiteliyning dag‘allashuvi nima sababdan yuzaga keladi?

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Qo‘ziqorin infeksiyasi

    Bu tovonning yorilishining eng keng tarqalgan sabablaridan biridir. Birinchi belgilardan biri — terining qurishi. Bu davrda ko‘pchilik nima sodir bo‘layotganiga e’tibor bermaydi, chunki qichishish va boshqa noqulayliklar kuzatilmaydi. Ammo o‘z vaqtida choralar ko‘rilmasa, qo‘ziqorin nafaqat tovonlarning og‘riqli yorilishiga olib kelishi mumkin, balki davolash ancha qiyin bo‘lgan oyoq tirnoqlarini ham zararlashi mumkin.

    Qo‘ziqorin infeksiyasining rivojlanishiga nima sabab bo‘ladi?

    Sabablari turlicha bo‘lishi mumkin, masalan, sintetik materiallardan tayyorlangan poyabzal va paypoq, toza bo‘lmagan joylarda yalangoyoq yurish, birovning poyabzalini kiyish, jamoat hammomlari va basseynlariga borish, gigiyena qoidalariga rioya qilmaslik. Ko‘pincha, sport bilan faol shug‘ullanadiganlar tovonlarning yorilishidan aziyat chekadi. Buning asosiy sababi sintetik materiallardan tayyorlangan poyabzal kiyish, terlash va oyoqlarning juda ko‘p zo‘riqishidir.

    Suvsizlanish

    Hech o‘ylab ko‘rganmisiz, nega qishda tovonlar ko‘pincha yumshoq va silliq bo‘ladi, lekin issiq havoda ular yorilib ketadi? Sababi yozgi poyabzalda teri tezroq suvsizlanadi. Yoshi kattalarda terining suvsizlanishi tabiiy jarayonga aylanadi va maxsus namlantiruvchi vositalardan foydalanish talab etiladi.

    Baland poshnali va tor poyabzal

    Baland poshnalar ko‘plab tibbiy muammolarga, jumladan, tovon yorilishiga sabab bo‘ladi. Qattiq poyabzal ham xuddi shunday ta’sir ko‘rsatadi. Gap shundaki, bunday holatda oyoqlar kuchli zo‘riqishga duchor bo‘ladi, bu esa terining qo‘pollashishiga va uning yorilishiga olib keladi.

    Quyosh nuri

    Quyoshdan himoya qiluvchi kosmetikani yuz va tanaga qo‘llashda oyoq hamda tovonlarni unutmaslik lozim. Quyosh nurlari nafaqat suvsizlanishga, balki tovonlarning yorilishiga ham olib kelishi mumkin.

    Oyoqlarning noto‘g‘ri parvarishi

    Oyoq va tovon terisi doimiy ravishda yangilanadi, vaqti-vaqti bilan o‘lik hujayralarni rad etadi. Yuzni doim tozalab, krem surtilganidek, oyoqlarni ham parvarish qilish kerak. O‘lik epiteliyni muloyimlik bilan tozalab, so‘ngra tovon va oyoqlarga namlantiruvchi vosita surtish lozim.

    Vitamin yetishmasligi

    Vitamin yetishmovchiligi tovonlarning yorilishiga, terining ko‘rinishini yomonlashishiga va uning tuzilishini buzishiga olib kelishi mumkin.

    Ortiqcha vazn

    Tana og‘irligi juda katta bo‘lgan odamlarda tovonlar tez yorilib ketadi, chunki butun organizmning bosimi oyoqlarga, aniqrog‘i tovonga tushadi.

    Kasalliklar

    Tovonlardagi yoriqlar varikoz tomirlari, qalqonsimon bez patologiyalari, buyrak yetishmovchiligi, teri kasalliklari (psoriaz, ixtioz, neyrodermatit, ekzema), qandli diabet tufayli ham paydo bo‘lishi mumkin.

    Tovon yorilishidan qanday qutulish mumkin?

    Agar shifokor yoriqlarni keltirib chiqaradigan kasalliklarni aniqlamagan bo‘lsa, oyoqlarni to‘g‘ri parvarish qilish kerak, xususan:

    • ratsionga yog‘ kislotalari va omega-3 ga boy mahsulotlarni qo‘shish;
    • har kuni yetarli miqdorda suv ichish;
    • tovonlardagi epiteliyni maxsus vositalar bilan muntazam ravishda tozalash;
    • oyoqlarni maxsus skrab bilan tozalash;
    • oyoqlarni issiq suv bilan yuvishdan saqlanish;
    • maxsus oyoq pilinglaridan foydalanish;
    • oyoqlarga namlantiruvchi krem surtish;
    • o‘lchamga mos yuqori sifatli poyabzallarni kiyish va sintetik paypoqlardan voz kechish lozim.

    Mavzuga doir:

    • Oyoqlar qanday sabablarga ko‘ra uvishadi?
    • Bo‘g‘imlarda muammo bor yoki yo‘qligini aniqlashga yordam beradigan oddiy test
    • Revmatizm rivojlanayotganidan darak beruvchi simptomlar
    • Mushaklar spazmi: Oyoqlar tunda og‘rishining 9 sababi
    • Osteoxondroz: bu qanday kasallik va uning oldini olish mumkinmi?

    29.01.2022, 21:32   Izoh (0)   69521
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Shifokor tavsiyasi: insult xavfini kamaytiradigan 8 mahsulot

    29.01.2022, 13:54

    Salomatlik ko‘zgusi: ko‘zlardan aniqlash mumkin bo‘lgan kasalliklar

    28.01.2022, 18:33

    Quritilgan mevalarning foydali hamda zararli xususiyatlari

    27.01.2022, 17:35

    Jigar salomatligini saqlashda yordam beradigan 3 ta odat

    27.01.2022, 13:28

    40 yoshdan keyin ratsiondan chiqarish tavsiya etiladigan mahsulotlar

    25.01.2022, 21:59

    Osteoporoz, anemiya va choydan voz kechishni talab qiladigan boshqa kasalliklar

    25.01.2022, 09:59
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonning qaysi hududida eng ko‘p qurilish qilinayotgani maʼlum bo‘ldi

    Iqtisodiyot | 23 avgust, 18:02

    Buyuk Britaniyada orqasida yelkanga o‘xshash organi bor yangi dinozavr turi kashf etildi

    Dunyo | 23 avgust, 17:55

    Gollivuddan qolishmaydi: Qozog‘istonda suratga olingan uchta eng sara filmlar (treyler)

    Kino | 23 avgust, 17:30

    “34 yildan buyon yashayotgan oilaviy tadbirkorlik” — Toshkentdagi eng mashhur somsa va xorijlik mijozlar haqida (video)

    O‘zbekiston | 23 avgust, 17:10

    Toshkent viloyatida yuk mashinasi Cobalt’ga urilib, ag‘anadi va yonib ketdi (video)

    O‘zbekiston | 23 avgust, 16:45

    Qora sedana: tabiiy dorivor o‘simlikning ilmiy asoslangan shifobaxsh xususiyatlari

    Maslahatlar | 23 avgust, 16:25

    O‘zbekistonda nevrologiya sohasida yangi loyihaga start berildi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 16:05
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.