• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +34°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Qozog‘iston elektr energiyasidagi uzilish Sirdaryo IES tufayli ro‘y berganini tasdiqladi

    Qozog‘istonda elektr tarmoqlarini boshqarish bo‘yicha mas’ul operator KEGOC Qozog‘istonning janubiy viloyatlari, O‘zbekistonning ko‘plab viloyatlari va butun Qirg‘izistonni qamrab olgan Markaziy Osiyo yagona elektr tizimidagi o‘chish sabablari to‘liq tafsilotlarini e’lon qildi, deb xabar beradi “Gazeta.uz”.

    Foto: Energetika vazirligi

    Foto: Energetika vazirligi

    Operator ma’lumotlariga ko‘ra, 25-yanvar kuni Nur-Sulton vaqti bilan 11:59 (Toshkent vaqti bilan 10:59)da “O‘zbekistonda yuz bergan qisqa tutashuv tufayli Sirdaryo IESda 6 ta energoblokda o‘chish ro‘y bergan va buning oqibatida yo‘qotilgan quvvat jami 1500 megavattni tashkil qilgan”.

    “O‘zbekiston energetika tizimida yuzaga kelgan elektr quvvati defitsiti O‘zbekiston va Qirg‘iziston energiya tizimlari bilan parallel ishlashga ulangan Qozog‘iston energetika tizimidan sanksiyalanmagan quvvat olinishiga olib kelgan. Natijada 500 kVt kuchlanishli Shimol—Sharq—Qozog‘iston Janubi tranzitida quvvat kuchlanishi ro‘y bergan va undan keyin ortiqcha yuklanish sodir bo‘lgan”, — deyiladi xabarda.

    Energetika uskunalariga zarar yetishiga yo‘l qo‘ymaslik va mamlakatning janubiy viloyatlarini elektr quvvatidan to‘liq o‘chib qolishdan himoyalash maqsadida avtomatik tizim tranzitni uzadi va Olmaota, Jambil, Turkiston va Qizil o‘rda viloyatlarini alohida ishlashga ajratadi. KEGOC’da ta’kidlashlaricha, avariyaga qarshi avtomatik tizim ishga tushishi tufayli Qozog‘istonning barcha janubiy viloyatlaridagi elektr stansiyalari o‘z faoliyatini to‘xtatmagan va iste’molchilarni umumiy quvvati 1500 megavattga teng elektr va issiqlik ta’minoti bilan ta’minlash ishlarini davom ettirgan.

    “Bu bilan Qozog‘iston janubiy hududining to‘liq uzilishining oldi olindi. 500 kilovatt kuchlanishli Shimol—Sharq—Qozog‘iston Janubi tranziti bo‘yicha quvvat uzatish yo‘qligi tufayli majburiy cheklovlar, taxminan, 1800 megavattni tashkil etdi”, — deyiladi xabarda.

    Shu bilan birga, “O‘zbekiston va Qirg‘iziston energetika tizimlari elektr stansiyalari bilan to‘liq o‘chdi, iste’molchilar elektrdan uzib qo‘yilgan”. KEGOC ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston energetika tizimida o‘chirilgan quvvat, taxminan, 9600 MVt (100 foiz iste’mol)ni, Qirg‘izistonda — 2600 MVtga yaqinni (100 foiz iste’molni) tashkil qilgan.

    Qayta tiklanish doirasida Qozog‘iston energetika tizimi O‘zbekiston va Qirg‘iziston energetika tizimlariga ushbu mamlakatlar elektr stansiyalariga quvvatni uzatish orqali yordam ko‘rsatgan. Bu ularga qayta tiklanish tadbirlarini boshlashda yordam bergan, deya ta’kidlagan kompaniya.

    “Shuni ta’kidlash joizki, yuz bergan avariya raqamli mayning bilan shug‘ullanuvchi iste’molchilar faoliyati bilan bog‘liq emas”, — deya qayd etmoqda KEGOC. Shu bilan birga, elektr energiyasi defitsiti sharoitida Qozog‘istonda amaldagi qonunchilikka binoan mayning data-markazlariga rejali asosda elektr energiyasini yetkazib berish ishlari qisqartirilgan.

    KEGOC ma’lumotnoma o‘rnida quyidagilarni keltirgan: “Qozog‘istonning yagona energetika tizimi tizimlararo elektr uzatish liniyalari orqali ulangan va yagona texnologik rejim bilan birlashtirilgan MDH mamlakatlari va boshqa mamlakatlarning energiya uyushmasida parallel ravishda ishlaydi. Har bir davlat uchun bu juda katta iqtisodiy foyda keltiradi. Parallel faoliyat qo‘shni davlatlarda ortiqcha elektr energiyasini sotish yoki sotib olish imkonini beradi va bu barcha tizimlarga iqtisodiy naf keltiradi”.

    “Chegaradosh energiya tizimlarining parallel ishlashi tarmoq infratuzilmasini, ishlab chiqarish zaxiralarini qurish va ularga texnik xizmat ko‘rsatish xarajatlarini qisqartirish imkonini beradi, chunki parallel ishlaydigan energiya tizimlari ularning elektr energiyasini uzatish, zaxira ishlab chiqarish quvvatlarini qo‘shnilar hisobidan qisman qoplaydi”, — deya ta’kidlaydi kompaniya.

    Eslatib o‘tamiz, 25-yanvar kuni KEGOC boshqaruvi raisi o‘rinbosari Bakitxan Jazikbayev “Nastoyashyee vremya”ga bergan intervyusida O‘zbekistondagi Sirdaryo IESda avariya yuz bergani, buni oqibatida stansiyaning 4 ta enerogobloki ishdan chiqqanini aytgan edi. Bu Qozog‘iston energetika tizimidagi kuchlanishning oshishiga olib kelgan.

    26-yanvar kuni O‘zbekiston Energetika vazirligi boshqarmasi boshlig‘i Abdumalik Nazirov Sirdaryo IESda nosozlik yuz berganini tasdiqlagandi: “1600 megavattlik katta quvvat yo‘qotildi (IESning umumiy quvvati 3200 MVt — tahr.). Avariyaga qarshi himoyaning[ishga tushib ketishi natijasida butun respublika bo‘ylab ishlab chiqarish obyektlari tizimdan uzib qo‘yildi”.

    27-yanvar kuni qozog‘istonlik elektroenergetika bo‘yicha ekspert Petr Svoik “Gazeta.uz”ga bergan intervyusida avariya Sirdaryo IESda sodir bo‘lgani haqida gapirgan edi. U, shuningdek, mintaqa energiya halqasi qanday tarkib topgani va inqiroz yana takrorlanishi mumkin yoki yo‘qligi borasida o‘z fikrlarini bildirgan.

    O‘zbekiston Energetika vazirligi 28-yanvar kuni bosh vazir raisligidagi hukumat komissiyasi yuz bergan hodisa sabablarini o‘rganishda davom etayotganini xabar qildi. “Komissiya ishi natijalariga ko‘ra, ma’lumotlar rasman e’lon qilinadi”, — deyiladi xabarda.

    Mavzuga doir:

    • Qozog‘iston hukumati mamlakatda energetika tizimi qayta ishga tushirilganini ma’lum qildi
    • Markaziy Osiyodagi blekautda kim aybdor? O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘izistonda elektr ta’minotidagi katta uzilishlarning sabablari haqida

    29.01.2022, 10:51   Izoh (0)   51171
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Toshkentda ayiq qafasiga tashlab yuborilgan qizchaning ahvoli to‘g‘risida ma’lumot berildi

    29.01.2022, 10:35

    O‘zbekistonda so‘nggi sutkada 1152 kishida koronavirus tasdiqlanib, to‘rt bemor vafot etdi

    29.01.2022, 10:09

    Taxtaqoracha dovonida avtomobillar harakati tiklandi

    29.01.2022, 09:37

    O‘zbekistonda 2021-yilda totalizator va bukmekerlikni reklama qiluvchi 30 dan ortiq sayt bloklandi

    29.01.2022, 09:29

    Toshkent viloyatidagi xonadondan 45 kg marixuana topildi (video)

    29.01.2022, 08:49

    O‘zbekistonda bir qator sohalardagi tadbirkorlar uchun ijtimoiy soliq stavkasi 1 foiz etib belgilandi

    29.01.2022, 08:18
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!

     

    Tavsiya etamiz

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Yuziga ajin tushishidan qo‘rqib, 40 yil tabassum qilmay yashagan ayol hozir qanday ko‘rinishda?

    Layfstayl | 23 avgust, 12:45

    O‘zbekiston MOQ rahbarlari “Manchester Siti” klubi mehmoni bo‘lishdi

    Sport | 23 avgust, 12:30

    Uzbekistan Airports’ning 6,8 mlrd so‘mlik davlat xaridi qonunchilikka zid o‘tkazilgani aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 12:25

    Tailandda qirolni haqorat qilgan sobiq bosh vazir va milliarder oqlandi

    Dunyo | 23 avgust, 12:05

    Dunyodagi eng keksa odam 116 yoshini nishonladi

    Layfstayl | 23 avgust, 11:45

    Avstriyada 289 kilolik mahbus soliq to‘lovchilarning noroziligiga sabab bo‘ldi

    Dunyo | 23 avgust, 11:30

    O‘zbekistonda ikki mingta holatda energiyadan behuda foydalanish holatlari aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 11:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.