• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +24°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Madaniyat

    Asal Shodiyeva, Rayhon, Kaniza va san’atkor bobosining faoliyatini davom ettirayotgan boshqa mashhur nevaralar (foto)

    Siz hamisha kuzatib boradigan shou-biznes vakillari — juda mashhur, o‘zbek san’atiga munosib hissa qo‘shgan ijodkorlarning nabiralari ekanligini bilasizmi? Keling, sizni mashhur bobosi bilan hamisha faxrlanadigan ijodkorlar bilan tanishtiramiz.

    Rayhon G‘aniyevning bobosi mashhur rejissor bo‘lgan

    Foto: “Daryo” / Kollaj

    Foto: “Daryo” / Kollaj

    O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Rayhon G‘aniyevaning katta bobosi Nabi G‘aniyev o‘z davrining mashhur aktyor va rejissori bo‘lgan. U o‘zbek kino san’atining nodir durdona filmlari: “Nasriddin Buxoroda” (1943), “Tohir va Zuhra” (1945), “Nasriddinning sarguzashtlari” (1946) va “Farg‘ona qizi” (1948) kabilarni suratga olgan. Uning to‘rt farzandi bo‘lib, ularning birortasi san’atkor bo‘lishni istamaydi. Faqatgina o‘g‘li Hotamning farzandi Otabek G‘aniyev bobosining kasbini davom ettiradi. Umri va ijod yo‘li nihoyatda qisqa bo‘lgan Otabek G‘aniyevning orzularini qizi Rayhon G‘aniyeva davom ettirmoqda.

    Alisher Uzoqovning bobosi O‘zbekiston xalq hofizi bo‘lgan

    Foto: “Daryo” / Kollaj

    Foto: “Daryo” / Kollaj

    Aktyor Alisher Uzoqov O‘zbekiston xalq hofizi Ma’murjon Uzoqovning nabirasi hisoblandi. U o‘z davrining mashhur ijodkori bo‘lish bilan birga, oltin fondga kirgan ko‘plab qo‘shiqlarning otasi hisoblanadi. U ijro etgan “Mustahzod”, “Sayding qo‘yaber, sayyod”, “Parvo etib ket” va “Ayrilmasin” kabi qo‘shiqlar haligacha o‘z muxlislarini yo‘qotgani yo‘q. Aktyorning otasi Muhammadjon Uzoqov ham o‘z davrining mashhur aktyori bo‘lgan.

    Shahzoda Matchonovaning bobosi Qoraqalpog‘istonda ijod qilgan

    Foto: “Daryo” / Kollaj

    Foto: “Daryo” / Kollaj

    Aktrisa Shahzoda Matchonovaning bobosi O‘zbekiston, Qoraqalpog‘iston va Boshqirdiston xalq artisti Bayram Matchonov hisoblanadi. Ijodkor o‘z davrining mashhur lirik xonandasi va rejissori bo‘lgan. U uzoq vaqt Qoraqalpoq davlat filarmoniyasida va Qoraqalpoq yosh tomoshabinlar teatrida rahbar bo‘lib ishlagan.

    Kanizaning asl ijodkor bobosi Murodjon Ahmedov

    Foto: “Daryo” / Kollaj

    Foto: “Daryo” / Kollaj

    Xonanda Kaniza esa O‘zbekiston xalq artisti, mashhur hofiz Murodjon Ahmedovning nabirasi hisoblanadi. Uni ko‘pchilik xonanda sifatida bilsa-da, ammo ijodkor uzoq vaqt teatrda faoliyat yuritgan. Qo‘qon va Farg‘ona musiqali teatrlarida faoliyat yuritib, ko‘plab mashhur rollarni ijro etgan. Ijodkorga “O‘tkan kunlar” filmi uchun aytgan “O‘rtar” ashulasi katta shuhrat keltirgan. Murodjon Ahmedovning farzandlari san’at yo‘lini tanlashmadi. Ammo o‘g‘li Farhodning qizi Kaniza 2006-yildan buyon yakkaxon xonanda sifatida ijod qilyapti. U Kaniza buvisining ismidan taxallus sifatida foydalanadi.

    Erkin Komilov nabirasining klipida suratga tushdi

    Foto: Instagram / @valijon__shamshiyev

    Foto: Instagram / @valijon__shamshiyev

    O‘zbek san’atida Layli va Majnun juftigining paydo bo‘lganiga ko‘p bo‘lmadi. Layli qiziqchi Valijon Shamsiyevning qizi, O‘zbekiston xalq artisti Erkin Komilovning nabirasi hisoblanadi. Bu aktyorning hayot va ijodini eslatish shart emas. Chunki uni bugungi tomoshabinlar orasida tanimaydiganlar topilmasa kerak. Erkin Komilov qizi Dilfuzani qiziqchi Valijon Shamsiyevga turmushga bergan. Aktyor yaqinda nabirasining “Sevgi” klipida suratga tushdi.

    Yunus Rajabiy sulolasi davom etmoqda

    Foto: “Daryo” / Kollaj

    Foto: “Daryo” / Kollaj

    Xushovoz xonanda Aziz Rajabiy mashhur sulolaning munosib davomchisi ekanligi hech kimga sir emas. Uning bobosi Yunus Rajabiy, otasi Hasan Rajabiylar o‘zbek san’ati rivojiga sezilarli hissa qo‘shgan san’atkorlardir.

    Lutfulla Sa’dullayevning yagona ijodkor nabirasi

    Foto: “Daryo” / Kollaj

    Foto: “Daryo” / Kollaj

    Yosh aktyor Abdulloh Mas’udov O‘zbekiston xalq artisti Lutfulla Sa’dullayevning nabira o‘g‘li hisoblanadi. U to‘ng‘ich qizi Gulira’noni marhum aktyor Fathulla Mas’udovga turmushga bergandi. Abdulloh ularning kenja o‘g‘li bo‘lib, bobo ijodini davom ettirayotgan yagona nabirasi hisoblanadi.

    Ikki mashhur bobosi bor aktyor

    Foto: “Daryo” / Kollaj

    Foto: “Daryo” / Kollaj

    Yosh aktyor Shohruhmirzo Abduqunduzov ikki ijodkor boboning suyukli nabirasi hisoblanadi. Uning ota tomondan bobosi O‘zbekiston xalq artisti Muhammadali Abduqunduzov, ona tomondan bobosi esa O‘zbekiston xalq shoiri Usmon Azim hisoblanadi. Ayni kunlarda Shohruhmirzo aktyorlik bo‘yicha tahsil olish bilan birga, seriallarda suratga tushmoqda.

    Asal Shodiyeva bobosining rejissor bo‘lishini istadi

    Foto: Instagram / @asalshodieva

    Foto: Instagram / @asalshodieva

    Aktrisa Asal Shodiyevaning bobosi Mirzakalon Shodiyev 13 yildan buyon konsert dasturlarini tashkil etish bilan shug‘ullanadi.

    — Asli kasbim iqtisodchi, rejissor bo‘lishimga esa nabiram Asal sababchi bo‘lgan. Bugungi kunda ko‘plab katta konsert tomoshabinlariga rejissorlik qilaman. Shu bilan birga, poytaxtdagi “Chustiy” MFYning raisi hisoblanaman, — deydi Mirzakalon Shodiyev.

    Zokirovlar sulolasining asoschisi kim?

    Foto: “Daryo” / Kollaj

    Foto: “Daryo” / Kollaj

    Aktyor Javohir Zokirov san’at sulolasining vakili ekanligi barchaga ma’lum. Uning otasi va amakilari mashhur ijodkorlar bo‘lishgan. Aslida bu an’ana ularga bobosi Karim Zokirovdan meros qolgan. O‘zbekiston xalq artisti Karim Zokirov 1929-yildan dramatik aktyor sifatida ish boshlagan. O‘zbekiston opera san’ati kelib chiqishida bosh-qosh bo‘lgan. Butun umri davomida Navoiy nomidagi Davlat akademik katta teatrida faoliyat olib borgan va 30 dan ziyod partiyalarni ijro etgan. Tabiatan noyob, ulkan imkoniyatli baritoni tinglovchilarni o‘ziga rom etgan.

     Mavzuga doir

    • San’atkor ota-onasining yo‘lini tutgan o‘zbekistonlik aktyor va xonandalar (foto)
    • O‘zbekistonlik mashhurlarning farzandlari bilan tanishing
    • Foto: Hind kinosi yulduzlari va ularning ota-onalari
    • Ota-onasining qarshiligiga qaramay aktrisalikka qadam qo‘ygan Bollivud yulduzlari (foto)
    • Foto: Mashhurlikda ota-onasidan o‘ta olmagan yulduzlar
     

    29.01.2022, 19:51   Izoh (0)   70768
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Taniqli dramaturg Sharof Boshbekov 71 yoshida vafot etdi

    26.01.2022, 16:58

    Fotogalereya: “Mening rejissorlik faoliyatim — bir mag‘lubiyatdan keyin ikkinchisini oddiy hazm qila olishdan iborat” — Takeshi Kitanoning kinodagi yo‘li

    21.01.2022, 09:59

    Egizak farzandlarni tarbiyalayotgan o‘zbek shou-biznesi vakillari (foto)

    20.01.2022, 20:54

    “Sevimli” telekanali rahbari Amira Rashidova kanalda uzatilgan behayo sahna yuzasidan munosabat bildirdi

    19.01.2022, 22:35

    Fotogalereya: “Hayotim hayot emas, telba odam ko‘rgan tushga o‘xshaydi” – komik aktyor Jim Kerri o‘z faoliyati haqida

    19.01.2022, 21:43

    Yulduz Usmonova “Xasta bo‘lma” qo‘shig‘ining she’ri muallifiga tovon puli to‘lashi bo‘yicha sud qarori o‘zgartirishsiz qoldirildi

    18.01.2022, 18:45
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi

     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Quyosh faolligi oshdi: 24 soat ichida 15 ta chaqnash kuzatildi

    Dunyo | 2 avgust, 23:50

    “Har qanday xatoga qarshi raketalar bilan javob qaytaramiz” — Hindiston Pokistonga ogohlantirish berdi

    Dunyo | 2 avgust, 23:25

    Superliga. “Dinamo” “Navbahor”ga qarshi bahsda g‘alabani qo‘ldan chiqardi

    Sport | 2 avgust, 23:20

    Davlat byudjetidan nafaqalarga xarajat qisqarib, subsidiyalar ko‘paytiriladi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 23:16

    BAA banklari Rossiya kompaniyalarining hisoblarini ommaviy ravishda bloklashga kirishdi

    Dunyo | 2 avgust, 22:55

    Qurollar faqat mustaqil Falastin davlati barpo etilgandagina topshiriladi — HAMAS

    Dunyo | 2 avgust, 22:30

    Superliga. “Bunyodkor” “Neftchi”dan, “Nasaf” “So‘g‘diyona”dan ustun keldi

    Sport | 2 avgust, 22:21

    O‘z joniga qasd qilish, o‘zidan qoniqmaslik va kuchli stress. Ijtimoiy tarmoqlarga bo‘lgan qaramlik nimasi bilan xavfli (foto, video)

    O‘zbekiston | 2 avgust, 22:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.