• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Ramzan Qodirov AQSh Davlat departamenti inson huquqlarini hurmat qilishni o‘rganishi kerakligini aytdi

    Checheniston rahbari Ramzan Qodirov AQSh Davlat departamentining mintaqaga oid bayonotlaridan so‘ng, Telegram’dagi kanali orqali Qo‘shma Shtatlarning o‘zini inson huquqlarini hurmat qilishni o‘rganishga chaqirdi.

    Foto: “RIA Novosti”

    Foto: “RIA Novosti”

    Avvalroq Davlat departamenti Checheniston hukumati tomonidan o‘nlab fuqarolar “o‘g‘irlangani va majburiy ravishda ushlab turilgani” to‘g‘risidagi xabarlardan xavotirda ekanini bildirib, Rossiya hukumatini bu kabi amaliyotga yo‘l qo‘ymaslikka chaqirgan edi.

    “Nima balo, Shtatlarda aqldan ozganmisiz? Eslatib o‘taman, bu kabi bayonotni Guantanamo qamoqxonasida mahbuslarni sud va tergovsiz saqlayotgan mamlakatning Davlat departamenti bildirmoqda. Ushbu lagerdagi qiynoqlar va tahqirlar shu qadar mashhurki, Gollivud mazkur faktlar bo‘yicha kinolentalar ishlayapti. MRBning dunyo bo‘ylab yana bunday maxfiy qamoqxonalari nechta? Xorijliklarning uchuvchisiz boshqariladigan uchish apparatlaridan foydalangan holda, sud qilmasdan qatl qilinishi haqida nima deyish mumkin? Ro‘yxatni davom ettiraymi? Mahalliy xalqlarga zulm va muhojirlar huquqlarini poymol qilish, Suriya va Liviyada mojarolarni avj oldirish, irqiy kamsitish, mahbuslarning ko‘pligi, o‘lim jazosi, politsiya zo‘ravonligi, Yaqin Sharqdagi tinch aholini bombardimon qilish... Inson huquqlariga rioya qilish borasida tavsiya berishdan oldin, Davlat departamenti, unga o‘zing rioya qilishni o‘rgan”, — deb yozadi Qodirov.

    Uning ta’kidlashicha, “Davlat departamenti murojaatining mualliflari nodon”.

    “IIV, prokuratura, tergov qo‘mitasi, FXX va boshqalar — federal markazga, ya’ni Kremlga bo‘ysunadigan federal tuzilmalarning mintaqaviy bo‘limlaridir. Rossiya qonunlariga ko‘ra, subyekt rahbari sud qilishi, afv etishi, qo‘lga olishi, ozodlikka chiqarishi mumkin emas”, — deya qayd etadi Qodirov.

    Avvalroq Checheniston rahbari Ramzan Qodirov Oliy sudining iste’fodagi sudyasi Saydi Yangulboyevning oilasini “terrorchilarning sheriklari” deb atagan va ularni hibsga olishni, “qarshilik ko‘rsatsa, yo‘q qilishni” talab qilgandi. Sudyaning o‘g‘li Abubakir Yangulboyev “Dojd” telekanali efirida Qodirovning so‘zlariga fikr bildirar ekan, Rossiya prezidentiga Checheniston rahbariyatini almashtirish taklifi bilan murojaat qilgan.

    20-yanvar kuni Saydi Yangulboyev va Zarema Musayevaning Nijniy Novgoroddagi xonadoniga o‘zlarini Checheniston huquq-tartibot idoralari xodimlarimiz deb tanishtirgan niqobli qurollangan shaxslar bostirib kirgan. Ular oilani Chechenistonga qarshi firibgarlik ishi bo‘yicha guvoh sifatida keltirish qarorini ko‘rsatgan, shundan so‘ng Musayevani kuch bilan olib ketgan. Yangulboyevning o‘zi sudyalik guvohnomasini ko‘rsatgani uchun olib ketilmagan.

    Sudyaning yana bir o‘g‘li Ibragim Yangulboyevning aytishicha, ularning oilasi Checheniston hukumatini ochiq tanqid qilgan matbuot ma’muri bo‘lgani uchun ta’qib qilinmoqda. Uning so‘zlariga ko‘ra, 2015-yilda uni otasi va akasi bilan birga o‘g‘irlab ketishgan va Qodirovning qarorgohiga olib borishgan. U yerda oila, jumladan, Checheniston rahbarining shaxsan o‘zi tomonidan kaltaklanib, qiynoqqa solingan.

    Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov Kreml Zarema Musayevaning o‘g‘irlanishi haqidagi voqeani “fantastik voqea” deb hisoblab, unga munosabat bildirmasligini aytgan.

    Mavzuga doir: 

    • Ramzan Qodirov “Qiynoqlarga qarshi qo‘mita” rahbari Igor Kalyapin va “Noyava gazeta” sharhlovchisi Yelena Milashinani “terrorchi” deb atadi
    • Ramzan Qodirov tomonidan oilasiga tahdid qilingan chechenistonlik sudya Rossiyani tark etdi. Uning o‘g‘li Putinni “Checheniston rahbarini almashtirishga” chaqirdi

    28.01.2022, 13:21   Izoh (0)   36690
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Germaniyada rossiyalik olim josuslikda ayblanmoqda

    28.01.2022, 12:53

    Qirg‘iziston va Tojikiston o‘t ochishni to‘xtatish hamda chegaradan qo‘shinlarini olib ketishga kelishib oldi

    28.01.2022, 10:51

    Daniya hukumati Malidan harbiylarini olib ketishga qaror qildi

    28.01.2022, 10:06

    Ashxobodda qora rangli tibbiy niqoblarda yurish taqiqlandi

    28.01.2022, 09:50

    “Xitoy orzusini amalga oshirish – xiyobonda sayr qilish emas” – XXR raisi Si Szinpindan 10 iqtibos

    28.01.2022, 08:09

    Qirg‘iz-tojik chegarasida navbatdagi nizo kuzatildi. Asosiy ma’lumotlar

    27.01.2022, 23:01
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Qora sedana: tabiiy dorivor o‘simlikning ilmiy asoslangan shifobaxsh xususiyatlari

    Maslahatlar | 23 avgust, 16:25

    O‘zbekistonda nevrologiya sohasida yangi loyihaga start berildi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 16:05

    Kongo harbiy prokurori sobiq prezident Kabilaga o‘lim jazosi berilishini talab qilmoqda

    Dunyo | 23 avgust, 15:45

    O‘zbekiston terma jamoasining CAFA Nations Cup-2025 turniri uchun kengaytirilgan tarkibi e’lon qilindi (foto)

    Sport | 23 avgust, 15:37

    Foto: yovvoyi tabiatdagi jonivorlarning eng kulgili suratlari

    Layfstayl | 23 avgust, 15:20

    Rossiyada og‘ir ahvolda qolgan 8 nafar o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 15:00

    Sun’iy intellekt insonlarda psixoz keltirib chiqarishi mumkin

    Layfstayl | 23 avgust, 14:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.