Favqulodda vaziyatlar vazirligi O‘zbekistonning tog‘li hududlarida 31-yanvargacha qor ko‘chish xavfi mavjudligini e’lon qildi.
Vazirlik fuqarolarni ehtiyot choralarini ko‘rishga chaqirdi va “Diqqat! Qor ko‘chish xavfi mavjud” belgisi bilan cheklangan joylarga kirmaslikni so‘radi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonning tog‘li hududlarida 21-yanvardan buyon qor ko‘chish xavfi saqlanib qolmoqda. 19-yanvar kuni Amirsoy dam olish maskanida katta masshtabda qor ko‘chkisi sodir bo‘lgandi.
Izoh (0)