• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Temurbeklar maktabi”ga kirish imtihonlarining tartibi qanday?

    Toshkent shahrida joylashgan Milliy gvardiya tarkibidagi “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyiga har yili 100 nafar o‘quvchi saralab olinadi. Bu haqda 25-yanvar kuni harbiy-akademik litseyga uyushtirilgan press-turda ma’lum qilindi, deya xabar bermoqda “Daryo” muxbiri.

    Litseyning tarix fani o‘qituvchisi Islom Inoyatovning aytishicha, “Temurbeklar maktabi”ga mart oyidan saralash boshlanadi.

    “Litseyimizda o‘qishni istagan 9-sinf bitiruvchilari mart oylarida o‘zlari yashaydigan tumanlardagi mudofaa ishlari bo‘limlariga murojaat qilishlari lozim. Ular maxsus tanlovdan o‘tishlari kerak. Tanlov jarayonlarida avvalo o‘quvchining sog‘ligi talabga javob berishi kerak. Ikkinchidan, bilim darajasi. Bilim darajasini sinash uchun mudofaa ishlari tomonidan diktant olinadi. Undan keyin, jismoniy tayyorgarligi, bir kilometrga hamda 60 metrga yugurish mashqlarini topshiradi”, — deydi u.

    Litsey o‘qituvchisining qo‘shimcha qilishicha, o‘quvchining harbiy kasbga layoqatini aniqlash maqsadida psixologik test olinadi.

    “Sinovlardan o‘tgan o‘quvchilarning hujjatlari mudofaa ishlari bo‘limlari tomonidan ‘Temurbeklar maktabi’ga yuboriladi. So‘nggi bosqichda o‘quvchilar Davlat test markazi tomonidan belgilab berilgan test imtihonlaridan o‘tadi”, — deydi Islom Inoyatov.

    Ta’kidlanishicha, 2021/2022-yilgi o‘quv yili uchun respublika bo‘ylab “Temurbeklar maktabi”ga 1250 tadan ortiq hujjat kelib tushgan. Shundan 100 nafar o‘quvchi o‘qishga qabul qilingan.

    “Bu yerda o‘zimdek ahdi qat’iy tengqurlarim ko‘p ekan. Men ‘Temurbeklar maktabi’ga bir necha imtihonlardan, sinovlardan saralanib muvaffaqiyat bilan o‘tdim. ‘Temurbeklar maktabi’da bizlarning puxta bilim olishimiz va jismoniy chiniqishimiz uchun Milliy gvardiya qo‘mondonligi tomonidan shart-sharoitlar yaratib berilgan. Bu sharoitlardan biz ‘Temurbeklar’ samarali foydalanib, O‘zbekiston xalqiga, prezidentiga sadoqat bilan xizmat qilamiz”, — deydi litsey o‘quvchilaridan biri Ilg‘orjon Karimov.

    Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilarini hayotga tayyorlash, kelgusida o‘z yo‘lini topishga qaratilgan davlat siyosatini ijrosi sifatida mazkur litseyga joriy o‘quv yilida 10 nafar mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari qabul qilingan.

    Ma’lumot uchun, litsey bitiruvchilariga oliy ta’lim muassasalariga kirishda qator imtiyozlar ko‘zda tutilgan. Xususan, oliy harbiy bilim yurtiga kirmoqchi bo‘lgan o‘quvchilarga testda yig‘gan ballining 30 foizi, fuqarolik oliy o‘quv yurtlariga kirmoqchi bo‘lgan o‘quvchilarga testda yig‘gan ballining 15 foizi qo‘shiladi. Shuningdek, litsey bitiruvchilariga haydovchilik guvohnomasi ham beriladi.

    O‘zbekiston prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh qo‘mondoni Shavkat Mirziyoyev 7-yanvar kuni “Temurbeklar maktabi”da Amir Temur merosini o‘rganish markazida yoshlar bilan suhbatda shunday degan edi:

    “Mana shunday ilg‘or maktabda o‘qiyotganingiz bilan sizlarni, ota-onalaringizni tabriklayman. Sizlar yangi O‘zbekistonning qanotisizlar. Bu qanotlar nima bilan kuchli bo‘ladi? Bilim bilan! Kamida ikki-uchta tilni, aniq fanlarni va tariximizni mukammal bilishingiz kerak. Mana, bu maktabda psixologiya fanini ham kiritdik, uniyam yaxshi o‘rganing. Sizlarda hamma imkoniyat bor”.

    26.01.2022, 13:29   Izoh (0)   76757
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekiston hududlaridagi elektr energiyasi ta’minoti bilan bog‘liq yangi ma’lumotlar e’lon qilindi

    26.01.2022, 13:23

    Namanganda fan olimpiadasida g‘olib bo‘lgan o‘quvchiga berilgan noutbuk olib qo‘yilgani ortidan maktab direktori va sinf rahbari ishdan olindi

    26.01.2022, 11:59

    Urganchdan Moskvaga uchgan reys favqulodda Orenburgga qo‘ndi: yo‘lovchilardan biri vafot etgan

    26.01.2022, 11:47

    O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, taniqli adib Abdug‘ani Abduvaliyev 80 yoshida vafot etdi

    26.01.2022, 11:32

    O‘zbekistonda ichimlik suvi yetkazib berish to‘liq tiklangan hududlar ma’lum qilindi

    26.01.2022, 10:52

    “Afrosiyob” poyezdlari o‘z harakat jadvali bo‘yicha qatnovlarni amalga oshirmoqda — “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi”

    26.01.2022, 10:45
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    riitm aqlli platformasi O‘zbekiston tinglovchilariga 30 million trek taklif etmoqda


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Toshkent va Farg‘onada universitetlar kafedra o‘qituvchilari pora bilan ushlandi

    O‘zbekiston | 12 iyul, 08:57

    Jeyn Birkinga tegishli bo‘lgan birinchi Hermes Birkin sumkasi kimoshdi savdosida 7 mln yevroga sotildi

    Layfstayl | 12 iyul, 08:40

    “Real Madrid” yozda to‘rt futbolchi bilan xayrlashishi mumkin

    Sport | 12 iyul, 08:10

    “Maktab qurish hokimiyat uchun boshog‘riq” — siyosatshunos Hamid Sodiq

    O‘zbekiston | 12 iyul, 00:34

    “Bo‘lgan ishni ortga qaytarib bo‘lmaydi” — Ulug‘bek Rashitov

    Sport | 11 iyul, 23:36

    Tramp: Rossiyaga “nimadir bo‘ladi”

    Dunyo | 11 iyul, 23:20
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.