• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12790.43
    • RUB162.6
    • EUR14486.44
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +21°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Madaniyat

    Taniqli dramaturg Sharof Boshbekov 71 yoshida vafot etdi

    O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, “Mehnat shuhrati”ordeni sohibi, taniqli dramaturg, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi Sharof Boshbekov 2022-yilning 26-yanvar kuni olamdan o‘tdi. Bu haqda Yozuvchilar uyushmasi xabar qildi.

    Foto: Yozuvchilar uyushmasi

    Foto: Yozuvchilar uyushmasi

    Sharof Boshbekov 1951-yil 4-yanvarda Samarqand viloyati Bulung‘ur tumani G‘ubir qishlog‘ida tug‘ilgan. 1974-yili Toshkent teatr va rassomchilik san’ati institutini tamomlagan. O‘qishni tugatgach, Muqimiy nomidagi davlat musiqali teatri, Sirdaryo viloyati musiqali drama teatrida faoliyat ko‘rsatgan. Shundan so‘ng O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi (1983—1985), O‘zbekiston Milliy davlat akademik drama teatrida (1986—1987) adabiy xodim bo‘lib xizmat qildi.

    Sharof Boshbekov yozuvchilik ijodini 1980-yilda “Taqdir eshigi” nomli komediya bilan boshlagan. Shundan so‘ng adibning birin-ketin yozilgan “G varianti” (1981), “G‘urur” (1982), “Jumboq” (1986) hikoyalari, “Tikansiz tipratikanlar”, “Musiqa sayyorasi”, “Tentak farishtalar”, “Tushov uzgan tulporlar” (1983) dramasi, “Eshik qoqqan kim?” (1987), “Eski shahar gavroshlari” (1998), “Temir xotin” (1989) kabi jiddiy komediyalari o‘zbek dramaturgiyasi xazinasini boyitdi. “Temir xotin” komediyasi nafaqat respublikada, balki boshqa mamlakatlar teatrlarida ham sahnaga qo‘yildi. Mazkur asar avval Respublika miqiyosida o‘tkazilgan teatr festivalida bosh sovrin – “Gran-pri”ni qo‘lga kiritdi, so‘ngra Markaziy Osiyo mamlakatlari orasida o‘tkazilgan teatr festivalining mutlaq g‘olibi deb topildi. Ushbu pyesa asosida badiiy film, operetta ishlandi. Asar 1989-yilda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining Maqsud Shayxzoda nomidagi yillik mukofotiga loyiq topildi.

    Sharof Boshbekov ssenariysi asosida “Ma’ruf va Sharif”, “Yuzsiz” (1993), “Tilla bola” (1994) kabi filmlar yaratildi. U “Masxaraboz” (1996), “Farhod va Shirin” filmlarida ham ssenariy muallifi, ham rejissor sifatida ishtirok etdi. Uning ssenariysi asosida “Charxpalak” teleseriali suratga olingan. Bundan tashqari, “Tentak farishtalar” (1995), “Zo‘rdan zo‘r chiqsa” (1996) kabi sahna asarlari ham respublika teatrlarida muvaffaqiyatli namoyish etildi.

    Hajviy hikoyalari “O‘zbekiston adabiyoti va san’ati” gazetasining “Yilning eng yaxshi hajviy asari” (1982) mukofotiga munosib ko‘rilgan. “Mushtum” jurnalida e’lon qilingan “Buyuk maqtanchoqlik”, “Buyuk qo‘rqoqlik”, “Buyuk baxtiyorlik” nomli publitsistik maqolalariga jurnalning “Yilning eng yaxshi publitsistik asari” (1992) mukofoti berilgan.

    Mustaqillik yillari “O‘yin” (2002), “Doka ro‘molning qurishi” (2004) telefilm ssenariylarini yozdi, “So‘qmoq” (2003), “Mehr va mauzer” (2007) kinoqissalarini yaratdi. “Eshik qoqqan kim bo‘ldi?” (1989), “Falakning gardishi” (2009), “Musofir bo‘lmaguncha” (2009), “Tentak farishta” (2010), “Charxpalak” (2017), “Tanlangan asarlar” (“2021”) kabi to‘plamlari nashr etilgan.

    Adib drama va kinoqissalardan iborat “Tanlangan asralar” kitobi uchun 2021-yili O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining “Yilning eng yaxshi asari” tanlovi g‘olibi bo‘ldi.

    Sharof Boshbekov 1996-yili “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi” faxriy unvoni, 2001-yili “Mehnat shuhrati” ordeni bilan taqdirlangan.

    “O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi jamoasi ko‘p sonli a’zolari va adabiyot muxlislari nomidan adibning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiradi”, — deyiladi xabarda.

    26.01.2022, 16:58   Izoh (0)   34796
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Fotogalereya: “Mening rejissorlik faoliyatim — bir mag‘lubiyatdan keyin ikkinchisini oddiy hazm qila olishdan iborat” — Takeshi Kitanoning kinodagi yo‘li

    21.01.2022, 09:59

    Egizak farzandlarni tarbiyalayotgan o‘zbek shou-biznesi vakillari (foto)

    20.01.2022, 20:54

    “Sevimli” telekanali rahbari Amira Rashidova kanalda uzatilgan behayo sahna yuzasidan munosabat bildirdi

    19.01.2022, 22:35

    Fotogalereya: “Hayotim hayot emas, telba odam ko‘rgan tushga o‘xshaydi” – komik aktyor Jim Kerri o‘z faoliyati haqida

    19.01.2022, 21:43

    Yulduz Usmonova “Xasta bo‘lma” qo‘shig‘ining she’ri muallifiga tovon puli to‘lashi bo‘yicha sud qarori o‘zgartirishsiz qoldirildi

    18.01.2022, 18:45

    “Ivan Vasilyevich o‘z kasbini o‘zgartiradi” filmida knyaz Miloslavskiy rolini ijro etgan Leonid Kuravlyov koronavirusga chalindi

    11.01.2022, 09:17
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Centrum Air yangi Airbus A320neo — aviaparkidagi to‘qqizinchi samolyotni qabul qilib oldi 


    UZTELECOM 10 Gbit/s tezlikdagi uy internetini foydalanuvchilarga taqdim etdi


    2025-yilning 5 oyi davomida Mobiuz minglab tayanch stansiyalarini ishga tushirdi va texnik infratuzilmani zamonaviylashtirdi


    Sistit — bu uyat emas!


    Abadiy ishonchlilik va xavfsizlik: GWM sohaning yangi standartlarini joriy etmoqda


    “Biznesni rivojlantirish banki” biznes uchun qulay innovatsion bank bo‘lishga intilmoqda


    Xon Saroy tomonidan an’anaviy “Mening orzuyimdagi uy” rasmlar tanlovi boshlandi 


    Ipoteka Bank OTP Group o‘zini o‘zi band qilganlarga yangi ipoteka dasturini ishga tushirdi: hujjatlarsiz, asabbuzarliksiz, samarali natijalar bilan


    ANORBANK va BS/2 O‘zbekistonda banklarda o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish tarmog‘ini kengaytirmoqda


    MKBANK xalqaro moliya bozorida: Qozog‘iston banklaridan 15 million dollar jalb qilindi


    “O‘zbekinvest” IUA aʼzosiga aylandi va Londonning global sug‘urta bozorida o‘z mavqeini mustahkamladi


    Chery gazga o‘tmoqda: kafolat to'liq saqlanib qolinadi, o‘rnatish esa 31 maygacha bepul! 


    Octobank bankomatlarni BS/2 bilan birga “aqlliroq” qiladi


    So‘zlar ahamiyatga ega: TBC Bank 8-mart tabriklarini pullarga aylantirib, ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatladi


    LUKOIL: yosh iste’dodlar ovozi katta sahnada yangradi

     

    Tavsiya etamiz

    Gitlerdan so‘ng eng mashhur natsist – dorga osilgan Ribbentropning ayanchli taqdiri

    31 may, 19:25

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    HAMAS garovdagilarni ozod qilish uchun shart qo‘ydi

    Dunyo | 1 iyun, 23:35

    Rossiya Kubogi. “SSKA” superfinalda “Rostov”ni yengib, bosh sovringa ega chiqdi, Fayzullayev zaxiradan maydonga tushdi

    Sport | 1 iyun, 22:48

    Turkiyada Ukraina va Rossiya muzokaralarining 2-raundi bo‘lib o‘tadi

    Dunyo | 1 iyun, 22:45

    Futbol tarixidagi eng kuchli 10 ta futbol akademiyasi nomi e’lon qilindi

    Sport | 1 iyun, 21:47

    Isroil tanklari G‘azoda ovqat kutayotganlarga o‘t ochib, 32 kishini o‘ldirdi

    Dunyo | 1 iyun, 21:45

    “Daryo” videoreportaji: Namanganda 500 ta dron ishtirokidagi shou

    O‘zbekiston | 1 iyun, 21:00

    Qozog‘iston armiyaning tayyorgarligini tekshirish uchun mashqlar o‘tkazadi

    Qozog‘iston | 1 iyun, 20:40

    Mayda oylik inflyatsiya keskin oshdi. Qaysi hududlarda narxlar tez o‘smoqda?

    Iqtisodiyot | 1 iyun, 20:13
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.