26-yanvardan boshlab avtomobillarga gaz to‘ldirish shoxobchalari faoliyati vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda AOKAda o‘tgan brifingda Energetika vazirligi axborot xizmati ma’lum qildi.
Vazirlik xabariga ko‘ra, mamlakatni elektr energiyasi bilan ta’minlash darajasi 26-yanvar soat 09:30 holatiga 70 foizni tashkil qilmoqda.
Ta’kidlanishicha, gaz zapravkalarning faoliyatini vaqtincha to‘xtatib turishdan asosiy maqsad ijtimoiy soha obyektlari, ishlab chiqarish korxonalari va aholiga gazni yetkazib berishdan iborat.
Elmira Bekmurodovaning so‘zlariga ko‘ra, yuzaga kelgan nosozliklar sababli mamlakatdagi mavjud gaz qazib olish konlari va uni qayta ishlash zavodlarida texnologik jarayonlarning buzilish holatlari kuzatilmoqda. Bu esa o‘z navbatida gaz ishlab chiqarish hajmining kamayishiga olib kelyapti. Shu sababli IESlarda gaz bosimining kamayishi mavjud va bu elektr energiyani ishlab chiqarishga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.
Shu sababli 26-yanvardan avtomobillarga gaz to‘ldirish stansiyalari faoliyatiga vaqtinchalik cheklovlar kiritiladi, shuningdek, yuridik iste’molchilarga ham tabiiy gaz yetkazib berish to‘xtatiladi.
Avvalroq Energetika vazirligi xonadonlardagi ortiqcha elektr jihozlarini tarmoqqa ulamaslikni so‘ragandi. Ta’kidlanishicha, yuzaga kelgan nosozliklar sababli mamlakatdagi mavjud gaz qazib olish konlari va uni qayta ishlash zavodlarida texnologik jarayonlarning buzilish holatlari kuzatilmoqda.
Izoh (0)