• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12559.26
    • RUB160.17
    • EUR14413.01
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Avto

    UzAuto Motors — o‘rindiq isitish modeli va magnitafonsiz avtomobillar. Jahon avtosanoati komplektatsiyada nimalardan voz kechmoqda?

    UzAuto Motors kompaniyasi mikrosxemalar yetishmovchiligi tufayli GM sertifikatiga ega avtomagnitola ishlab chiqaruvchi Humax korxonasi avtomagnitolani yetkazib berishni noma’lum muddatga to‘xtatgani oqibatida 19-yanvar kunidan avval tuzilgan shartnomalar bo‘yicha Chevrolet Lacetti va Cobalt avtomobillari Humax kompaniyasi tomonidan komponentlarni yetkazib berishdagi uzilishlar sababli mijozlarga magnitolasiz yetkazib berilishini e’lon qildi. UzAuto Motors avtomobillarni yetkazib berish muddatining uzayishi, konveyerlarning to‘xtab qolishi hamda ishchi o‘rinlarning qisqarishining oldini olish maqsadida boshqa avtomobil ishlab chiqaruvchilar tomonidan bunday sharoitlarda amalda qo‘llanilgan yagona to‘g‘ri qaror – avtomobillarni magnitolasiz ishlab chiqarishga o‘tgan. Bunda avval kompaniya 2021-yilning oktabr oyida yarimo‘tkazgichlar tanqisligi sabab Cobalt’ni xaridorlarga o‘rindiq isitish modulisiz, 1 million so‘mga arzonroq yetkazib berishni boshlagandi. Dunyodagi ko‘plab avtomobil ishlab chiqaruvchilar COVID-19 pandemiyasi boshlanganidan buyon mikrochiplar yetishmovchiligidan har tomonlama zarar ko‘rmoqda. 2022-yil 22-yanvarda yarimo‘tkazgichlar yetishmasligi sabab Yaponiyaning eng yirik avtomobil ishlab chiqaruvchisi Toyota dunyo bo‘ylab barcha zavodlarini yopishini e’lon qilgan.

    Avtomobil ishlab chiqaruvchi korxonalar yarimo‘tkazgichlar inqirozi sabab juda og‘ir ahvolda qolgan: ular ishlab chiqarishni to‘xtatishi yoki avtomobillar ishlab chiqarishni keskin kamaytirishi yoxud komplektatsiyani qisqartirishi zarur. Quyida muammoni hal etish uchun komplektatsiyani qisqartirish yo‘lidan yurgan korxonalar haqida ma’lumotlarni taqdim qilamiz.

    Foto: Xombit

    Foto: Xombit
    Odatda avtosanoat vakillari haydovchi yoki yo‘lovchiga qo‘shimcha qulaylik beradigan qurilmalardan voz kechadi. Lekin gohida faol xavfsizlik tizimini rad etish kabi o‘ta kutilmagan qarorlar ham qabul qilingan. Garchi o‘ta jiddiy misol bo‘lmasa ham, ko‘pchilikning e’tiroziga sabab bo‘lgan holatlardan boshlaymiz.

    Quvvatlagich va gadjetlarsiz TeslaIlon Maskning avtomobil kompaniyasi mijozlar bilan ishlashdagi o‘zgacha yondashuvi bilan tanilgan. Mojaroning jiddiylashishida ham aynan shu faktor muhim rol o‘ynagan — 2021-yil noyabr oyida Model 3 hamda Y modellari xaridorlari uzoq kutgan elektromobillarini qabul qilib olganlaridan keyin hayron qolishdi. Ularning ayrimlariga mashinaning salonida hamma qurilmalar ham bo‘lmasligi haqida oldindan ogohlantirilmagan ham. Aniqroq aytganda, elektromobillar o‘z egalariga USB-C hamda simsiz quvvatlash funksiyasisiz taqdim qilingan.

    Foto: “Matador.tech”

    Foto: “Matador.tech”

    Puli to‘langan ushbu ehtiyot qismlarining berilmaganiga elektron komponentlarning yetishmovchiligi sabab bo‘lgan, muammo Tesla’ni ham chetlab o‘tmagan. Keyinchalik kompaniya konveyrda o‘rnatilmagan qurilmalarni bepul qo‘yib berishini e’lon qilgan. Ammo mijozlarning aksariyati ishlab chiqaruvchining bunday qarorga kelganini, ya’ni mijozlarni elektromobil buyurtmasi amalga oshayotgan vaqtda ogohlantirgani oqibatida internetda holat bo‘yicha salbiy izoh, noroziliklar ko‘payib ketdi.

    Tesla yetkazib bergan elektromobillarning qanchasi simli quvvatlagich va smartfonlarni simsiz quvvatlash modulisiz ishlab chiqarilgani noma’lum. Ammo bu Tesla kompaniyasida birinchi marta kuzatilayotgan holat emas. Avval ham 3 va Y modellarida haydovchi yonidagi yo‘lovchi o‘rindig‘ini umurtqa pog‘onasi uchun qulaylashtirish funksiyasisiz elektromobillar yetkazib berilgan.

    Mavzuga doir: Mutaxassis: Yarimo‘tkazgichlar tanqisligi elektromobillar narxi oshishiga ta’sir o‘tkazyapti

    Lada Granta va xavfsizlikRossiya avtokorxonasi bir vaqtning o‘zida iste’molchilarni ham xursand qilgan, ham chalkashtirgan. 2021-yil sentabrda kompaniya Lada Granta rusumli avtomobillarda dinamik stabilizatsiya tizimi paydo bo‘lishini e’lon qilgan. Biroq bir oy avval zavod bunga teskari xabar bilan iste’molchilarni xafa qilgandi.

    Foto: “Matador.tech”

    Foto: “Matador.tech”

    Korxona matbuot xizmati tez orada eng yaxshi budjet modelining, maksimal soddalashtirilgan varianti ishlab chiqarila boshlanishi va u tormoz kuchlanishlarining taqsimlagich tizimisiz (EBD), antiblokirovka sistemasi (ABS) hamda Era-Glonass komplektisiz bo‘lishini ma’lum qildi. Mikrochiplarning bunday qisqartirilishi “VAZ” kompaniyasiga nafaqat yarimo‘tkazgichlar inqirozi davrida Granta’larni qalashtirib tashlashiga, balki avtomobilning arzonlashishiga ham olib keladi. Bunday komplektatsiyadagi model qariyb 30 ming rubl chegirma bilan taqdim qilinishi kutilgandi.

    Foto: “Matador.tech”

    Foto: “Matador.tech”

    Granta’dan tashqari “AvtoVAZ”da boshqa modellarni ishlab chiqarishda ham muammolar kuzatildi. Masalan, Vesta endi Comfort Light komplektatsiyasida taqdim qilinmoqda, bu nima degani? Avtomobil boshqaruv chambaragi, ya’ni rulda multimedia tizimi, kruiz-nazorat va tezlikni cheklash tugmalari bo‘lmaydi, mashina narxi ham 11 ming rublga pasayadi. Lekin ushbu qaror mikrochiplar yetishmovchiligi tufayli qabul qilinmagan bo‘lishi mumkin. Zavod vakillari bunday komplektatsiya mashinadagi magnitolani yoqtirmaydigan, uning o‘rniga bozordan boshqasini xarid qilib, o‘rnatib olishga odatlangan xaridorlarga manzur keladi. Boshqa bir nuqtayi nazarga ko‘ra esa ishlab chiqaruvchi ushbu yo‘l bilan mashina narxining oshganini xaspo‘shlashga uringan, sababi bir-ikki oy avval shu narxga odamlar Full komplektatsiyani sotib olayotgandi.

    GlonassRossiyadagi yana bir lokal voqea — Yevrosiyo iqtisodiy komissiyasi yangi avtomobillarga Era-Glonass modellarini vaqtincha o‘rnatmaslik haqida qaror chiqardi. Uni o‘rnatish 2017-yildan beri majburiy tartibda amalga oshirilgan, biroq elektron komponentlar yetishmovchiligi davrida favqulodda xizmatlarga avtomatik chaqiruvni amalga oshirish bloklarida ham inqiroz kuzatilgan. Shuning uchun ham mashinalarni yuklamalardan ozod qilish maqsadida amaldorlar avtosanoat korxonalariga mahsulotni ushbu qurilmasiz chiqarishga ruxsat berdi.

    Foto: “Matador.tech”

    Foto: “Matador.tech”

    Mazkur yangilikning yomon tomoni — avtomobillar narxlari ushbu qurilma o‘rnatilmasa ham arzonlashmaydi. Modullar mashina tannarxiga kiritilgan va dilerlar ularni keyinroq o‘rnatib berish majburiyatini zimmasiga olgan. Rossiya mashina bozori xaridorlari kelajakda ushbu jarayon bepul amalga oshirilishiga umid bog‘lagan. Era-Glonass modullarining o‘rnatilishi mikrochiplar yetishmovchiligi davrida faqat xavfli yuk tashish uchun mo‘ljallangan transport vositalari uchun majburiy etib belgilangan.

    General Motors tejamkorlik va ekologiya dvigatelini olib tashlaganYo‘q, bu O‘zbekistondagi GM emas. Amerika motorlari hech qachon tejamkorlik bilan olamga tanilmagan, lekin bu ishlab chiqaruvchi o‘z mashinasining ishtahasini karnay qilib yuborishi kerakligini anglatmaydi. Masalan, General Motors konserni dvigatellari mashinaning barqaror tezlikda ortiqcha yuklamasiz harakatida bir nechta silindrlarini o‘chirib qo‘yadi. Agregatlarning oxirgi avlodlarida ushbu tizim intellektuallashgan va ancha ilg‘or kompyuter orqali boshqariladi.

    Foto: “Matador.tech”

    Foto: “Matador.tech”

    Shunga qaramay, mikrosxemalar defitsiti GM’ni ishchi hajmni 100 kilometr uchun soatiga 6,2 litrdan 5,2 litrga tushirib beradigan Active Fuel Management (AFM) bloklaridan voz kechishga majbur qildi. Kompaniya bayonotiga ko‘ra avtomobillarning ekologik ko‘rsatkichlari ham AQShning tegishli standartlarida belgilangan chegaradan chiqmaydi. Biroq endi mijozlar trassada yoqilg‘ining 10 foizli iqtisodini esdan chiqarishiga to‘g‘ri keladi. Kelajakda hozir sotib olingan mashinalarga AFM’ni imtiyozli asosda o‘rnatish yoki o‘rnatmaslik masalasi ham ochiq qolgan.

    2021-yil iyundan boshlab bunday dvigatelli GM mashinalar start-stop funksiyasidan ham mahrum bo‘lgan.

    Sensor displeylarsiz AQSh BMW’lariAQShdagi Janubiy Karolina shtatida Spartenberg okrugidagi BMW zavodi bir qator modellarga sensor ekranlarini joylashtirmaslik haqida qaror chiqardi. Bu cheklov “uchlik”, “to‘rtlik” va X5, shuningdek, Z4 rusumli BMW’larga taalluqli.

    Foto: “Matador.tech”

    Foto: “Matador.tech”

    Tesla’dan farqli ravishda nemis kompaniyasi mazkur mashina komplektatsiyalariga buyurtma berib bo‘lgan xaridorlarni ogohlantirish uchun ancha mehnat qildi. Kompensatsiya tariqasida ularga sensorli displeyning boshqa modelga taalluqli qurilmasini o‘rnatish uchun 500 dollarlik chegirma taqdim qilindi.

    “Pejo” uchun eskirgan uskunalarStellantis korporatsiyasi ham o‘tgan yili bahorda BMW AQSh bo‘linmasiga o‘xshash qaror qabul qilgandi. 2021-yil maydan boshlab Fransiyaning Sosho shahrida chiqadigan Peugeot 308 ga raqamli uskuna paneli o‘rniga klassik strelkali aylanalar o‘rnatilmoqda.

    Foto: “Matador.tech”

    Foto: “Matador.tech”

    Lekin ushbu avtomobil rusumining yangisini yaqin orada xarid qilib bo‘lmay qoladi, sababi u eskirayotgani uchun konveyrdan olinadi. Xetchbekning yangilangan versiyasida avtosanoat vakili qanday yangilanishlar qilishi hozircha noma’lum. Mikrochiplar yetishmovchiligi sabab yangilangan xetchbekning taqdimoti ham kechikishi mumkin.

    Avtopilotsiz CadillacEng yomon misollardan biri Cadillac brendi bilan sodir bo‘lgan. Escalade markasining flagmani SUV uzoq kutilgan Super Cruise funksiyasisiz ishlab chiqarilmoqda, sababi zavod mashinani zarur elektron komponentlar bilan ta’minlay olmayapti.

    Foto: “Matador.tech”

    Foto: “Matador.tech”

    Ushbu intellektual yordamchi yangilangan serhasham avtomobilning “dastxati”ga aylanishi kutilgandi.

    Radiosiz avtomobillarRadio emas, hatto HD Radio — yuqori sifatdagi raqamli uzatgich. 2021-yilning Chevrolet Silverado 1500 hamda GMC Sierra 1500 modellari HD Radio’siz ishlab chiqarildi. Ko‘plab striming servislarining ommalashib ketganiga qaramay, AQShda ushbu funksiyaga ega avtomobillar hanuzgacha qadrlanadi va uning yo‘qligi ko‘pchilik amerikalik haydovchilarga yoqmagani aniq.

    Foto: Pickuptrucktalk

    Foto: Pickuptrucktalk

    O‘rindiqdagi va rul chambaragidagi isitgichlarning yo‘qolishiRossiya bozorida ham, O‘zbekiston bozorida ham ruldagi isitgichlar bor avtomobillar kam, lekin sovuq iqlim vaqtida o‘rindiqning isishi haydovchi va uning yonida yuradigan hamrohiga qulayliklar yaratardi. GM konserni 2021-yil noyabrdan boshlab rul chambaragi va o‘rindiqlarni ushbu funksiyasiz yetkazib berilishini e’lon qildi: Chevrolet Silverado, Traverse, Blazer va Equinox modellarida (oxirgi ikkisi O‘zbekiston bozorida ham mavjud), shuningdek GMC Sierra, Acadia, Canyon va Terrain modellarida.

    Foto: “Drive.ru”

    Foto: “Drive.ru”

    Komfort funksiyaning yo‘qligi uchun mijozlarga to‘langan 150 dollardan 500 dollargacha kompensatsiyadan hamma ham xursand bo‘lmagan. Masalan, AQShning shimoliy shtatlarida qishda o‘rindiqning isimasligi juda yomon, Rossiyaning sovuq iqlimida ham bu pand beradi.

    O‘rnatilgan Shturman funksiyasi yo‘q Ford (Turkiya) va NissanMazkur holatni achinarli deb ham, g‘alati deb ham bo‘lmaydi, Turkiyadagi Ford zavodi 2022-yildan sun’iy yo‘ldosh navigatsiyasining ayrim modellarisiz avtomobil ishlab chiqarishni boshladi. Hozir smartfonlarda ushbu xizmat tezroq va zamonaviyroq ekani inobatga olinsa, yo‘qotish u qadar katta emas. Shunga qaramay kompaniya o‘zgarishdan oldin ushbu qurilmasiz yetkazib berilgan mashinalarga uni bepul o‘rnatib berishga tayyorligini bildirgan.

    Nissan bilan ham xuddi shunday vaziyat, faqat Yaponiya zavodi bunday funksiyasiz yasalgan avtomobillar uchun 400 dollarlik chegirma taqdim etgan.

    Mercedes-Benz ham mikrochiplar inqirozidan yo‘qotishlarsiz chiqmayaptiGermaniya brendi bir qator frontlardagi mashinalari komplektatsiyasida qisqartirishlar qilgan. Raqobatchilardan har jabhada ustun bo‘lishga intiluvchi Mercedes-Benz’da ko‘proq haydovchi va yo‘lovchiga komfort beradigan qurilmalarda o‘zgarishlar bo‘ldi.

    Foto: “Mercedes-benz.ie”

    Foto: “Mercedes-benz.ie”

    2021-yil iyunidan Mercedes-Benz’ning ko‘plab modellari maxsus premium audiotizimlari, diodli nur optikasi, baland ovozda telefonda so‘zlashuv imkoniyati, smartfonlar uchun simsiz quvvatlagich va yana bir necha bandlarda o‘zgarishlar qildi. Ushbu funksiyalar uchun qachon buyurtma berish mumkinligi haqida rasmiy axborot berilmagan.

    Elektron sozlagichlarsiz PorscheAQShdagi budjet sigmentining yana bir modeli Porsche 2021-yil bahoridan mashinalar salonida o‘zgarishlar qildi. Xususan, Macan modeli elektron rul chambaragi va old o‘rindiqlar sozlagichlarisiz (har bir o‘rindiq uchun 18 tadan sozlama!) ishlab chiqarilgan va keyinchalik 2090 dollar bilan buyurtma qilish imkoniyati yaratilgan, lekin uni yetkazib berish muddati noma’lum bo‘lib qolgandi.

    UzAuto Motors nimalar qildi?UzAuto Motors 2021-yil avgust oyida atigi 2 dona Gentra va birorta ham Spark ishlab chiqarmagandi. Kompaniya buni yarimo‘tkazgichlarning global tanqisligi va ishlab chiqarish bosqichma-bosqich transformatsiya qilingani bilan izohlab, shu doirada yagona platformadagi avtomobillarni ishlab chiqarishga o‘tish rejalashtirilganini bildirgan. Sentabr oxirlarida kompaniya Lacetti va Spark ishlab chiqarish tiklanganini e’lon qilgan. Oktabr boshida UzAuto Motors Lacetti ishlab chiqarish hajmini oshirgan. Oy oxiriga borib kompaniya Lacetti va Labo yetkazib berishni 2 oyga, noyabr oxirida barcha turdagi avtomobillarini yetkazib berishni 2 oyga kechiktirgan. Dekabrda UzAuto Motors fevralgacha Nexia, Spark, Cobalt, Lacetti sotish bo‘yicha yangi arizalar qabul qilishni to‘xtatgan.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    2021-yilning oktabr o‘rtalarida UzAuto Motors yarimo‘tkazgichlar tanqisligi sabab Cobalt’ni xaridorlarga o‘rindiq isitish modulisiz, 1 million so‘mga arzonroq yetkazib berishni taklif qilgan. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherbayev buni iste’molchilar huquqlarini buzish deb baholagan. Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi huzuridagi Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi bu masala yuzasidan o‘rganish ishlari olib borilayotganini qayd etgan. 2022-yil boshida yarimo‘tkazgichlarning global yetishmovchiligi butun jahon avtomobil sanoatiga o‘z ta’sirini o‘tkazayotgani bois yana murojaat bilan chiqdi. Kompaniya bayonotiga ko‘ra mikrosxemalar yetishmovchiligi UzAuto Motors kompaniyasi uchun yagona bo‘lgan GM sertifikatiga ega avtomagnitola ishlab chiqaruvchi Humax korxonasiga ham ta’sir ko‘rsatgan, Janubiy Koreya ishlab chiqaruvchisi avtomagnitolani yetkazib berishni noma’lum muddatga to‘xtatgan. Oqibatda 19-yanvardan avval tuzilgan shartnomalar bo‘yicha Chevrolet Lacetti va Cobalt avtomobillari Humax kompaniyasi tomonidan komponentlarni yetkazib berishdagi uzilishlar sababli mijozlarga magnitolasiz yetkazib berilishi e’lon qilindi.

    Mavzuga doir: UzAuto Motors’ga muammo tug‘dirayotgan chiplar va uni ishlab chiqarishdagi inqiroz haqida mutaxassis izohi 

    Yana boshqa avtomobil ishlab chiqaruvchilari haqidaYuqorida bir qator taniqli modellarning ayrimlarini sanab o‘tdik. Avtosanoat korxonalari yarimo‘tkazgichlar inqirozini mashinalarni konveyrdan olmasdan, yengib o‘tishga urinmoqda.

    Qayd etilgan komplektatsiyadagi qisqartirishlarga qaramay, aslida ko‘plab brendlar uchun vaziyat o‘ta murakkab. Dunyo miqyosida ikki yil davomida o‘z faoliyatini to‘xtatgan avtomobil zavodlarining soni juda ko‘p.

    “AvtoVAZ” ishlab chiqarish tarmoqlarida ish grafigini o‘zgartirgan. Ishchilarning ayrimlari ketma-ket bir necha kun davomida ishlagan, ayrimlar esa barcha smenalarda ham ishlamagan. “GAZ” zavodi esa ishni to‘xtatmagan, lekin shu bilan birga to‘liq komplektlashtirilmagan avtomobillarni mijozlarga yetkazib bermagan. 2021-yil kuzida Nijegoroddagi zavod to‘xtalishlarsiz maxsus xizmatlar uchun transport vositalarini yetkazib bergan.

    Autonews tahliliy nashrining 2021-yil 1-noyabr holatiga bergan ma’lumotlariga ko‘ra butun dunyoda eng ko‘p sotiladigan 10 ta avtomobilning 9 tasi kechikishlar bilan yetkazib berilgan. O‘tgan yil oktabr oyining uch haftasida avtomobil ishlab chiqaruvchilar mijozlarga buyurtma qilingan va ishlab chiqarish rejalashtirilgan qariyb 458 ming mashinani yetkazib bera olmagan. Ushbu yetishmovchilikning asosiy sababi — mikroelektronikadagi inqiroz.

    G‘arb tahlilchilari trendning borgan sari katta tahdidga aylanib borayotganini qayd etgan. 2021-yilning birinchi yarmida RoadShow (CNet loyihasi) mijozlarning ko‘pchiligi mashinalari navbatini kutib charchayotgani va oqibatda avtomobilni sotib olmaslik qaroriga kelayotganini qayd etgan. Kimdir tuzilgan shartnomani bekor qilsa, boshqalar oldindan qilingan buyurtmani qaytarib olgan, ba’zilar yangi avtomobil sotib olmasdan ikkilamchi bozorga murojaat qilgan va mablag‘larini boshqa ishga sarflagan. Ekspertlar bozordagi talab yaqin orada tushib ketishini taxmin qilgan.

    Avtomobil va mikroelektronika sanoatining yetakchilari vaziyatga optimizm bilan yondashmoqda va yaqin kelajakda vaziyatning o‘nglanishiga umid qilmoqda. Ammo reallik prognozlardan ham dahshatliroq bo‘lishi mumkin.

    Mavzuga doir: Avtomobillar va gadjetlar nega o‘z vaqtida yetkazib berilmayapti? Chiplar tanqisligi qanday paydo bo‘lgani va elektron sanoatga qanchalik xavf solayotganini tushuntiramiz

    25.01.2022, 08:20   Izoh (0)   35801
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Toyota dunyo bo‘ylab barcha zavodlari yopilishini e’lon qildi

    21.01.2022, 14:11

    Retro avtomobillardan sportkarlargacha: Jahon yulduzlarining hashamatli avtoulovlari (foto)

    20.01.2022, 17:42

    Apple’ga raqobatdosh UzAuto, o‘rindiqlar o‘rniga ko‘rpacha, No Insof Edition nomli yangi model. Avtomobillar magnitolasiz ishlab chiqarilishi haqidagi xabar ijtimo...

    19.01.2022, 20:13

    UzAuto Motors Lacetti va Cobalt vaqtincha magnitolasiz yetkazib berilishini ma’lum qildi

    19.01.2022, 11:56

    “Dakar rallisi — 2022”ning yodda qoladigan lahzalari (foto)

    15.01.2022, 10:51

    Namanganda Nexia kanalga tushib ketdi, Farg‘onada Lacetti velosipedchining hayotiga zomin bo‘ldi. Baxtsiz hodisalar tafsilotlari

    12.01.2022, 23:12
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Moody’s Ratings” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytingi prognozini “Ba2”- “ijobiy” darajagacha ko‘tardi


    Paynet xizmatlari endi Kapitalbank bankomatlarida mavjud


    O‘zbekiston terma jamoasining dunyodagi eng yirik sport tadbiriga chiqishi Kia brendining mavqeini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi 


    Buxoro, G‘ijduvon, zindon, misvok va madrasa – 100 savolga 1 javob


    AKFA Group “AKFA Medline Social” nomli tibbiy startap qurilishini boshlanganini e’lon qildi 


    TBC Bank va Bahodir Jalolov firibgarlarga qarshi jangga chiqdi 


    InfinBANK tomonidan XISMK liniyasi bo‘yicha taqdim etilayotgan islomiy moliyalashtirish – biznesni rivojlantirish uchun ishonchli yechim 


    Moody’s “Biznesni rivojlantirish banki” reytinglarini “salbiy”dan “barqaror”ga o‘zgartirdi


    Investitsiya nima va u insonlarga nima uchun kerak?


    Texnologiyaning yangi bosqichi — HUAWEI Mate XT va HUAWEI Mate 70 Pro bilan tanishing


    "Eco Expo Central Asia 2025" doirasida xalqaro ekologik tashabbuslar birlashmoqda


    “O‘zbekinvest” EISK AJ va Slovakiyaning EXIMBANKA SR o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida bolalarda saraton va qon kasalliklarida suyak iligi transplantatsiyasi


    Uzbekistan Airways Seulga kunlik aviaqatnovlarni taklif qiladi

     

    Tavsiya etamiz

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Rasman: Florian Virts – “Liverpul” futbolchisi

    Sport | 20 iyun, 23:12

    “Daryo” dayjesti: 20-iyunning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 20 iyun, 23:05

    BMT yig‘ilishida Eron va Isroil vakillari o‘rtasida bahs-munozara yuzaga keldi

    Dunyo | 20 iyun, 22:50

    Samarqandda 1 kg giyohvandlik moddasini 10 ming dollarga sotayotgan shaxslar ushlandi

    O‘zbekiston | 20 iyun, 22:35

    Eronning Beer-Shevaga hujumi oqibatida Microsoft ofisi vayron bo‘ldi

    Dunyo | 20 iyun, 22:25

    Putin uchinchi jahon urushi boshlanishi xavfi uni tashvishga solayotganini bildirdi (video)

    Dunyo | 20 iyun, 22:20

    Superliga. “Nasaf” mehmonda “Mashʼal”ni mag‘lub etdi

    Sport | 20 iyun, 22:15

    O‘zbekiston–Qirg‘iziston–Xitoy–Mo‘g‘uliston bo‘ylab birinchi yuk tashuvi 8 kunda yetib bordi

    O‘zbekiston | 20 iyun, 22:05
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.