O‘zbekistonda 2021-yilning dekabr oyida 110 ta elektromobil import qilingan, deb xabar bermoqda Davlat statistika qo‘mitasi.
O‘tgan bir yil ichida o‘zbekistonliklar 16,9 million dollarga jami 809 ta elektromobil olib kirgan — bu 2020-yilga nisbatan 6 barobar ko‘p demak. Ularning 74 tasi (qariyb 90 foizi) Xitoydan olib kelingan bo‘lsa, 24 ta elektromobil Turkiyadan va yana 20 tasi AQShdan import qilingan.
Oylar kesimida eng ko‘p elektromobil iyulda olib kelingan — 164 ta (o‘tgan 3 yil davomida import qilingan jami elektromobillar sonidan biroz kam). Shundan so‘ng talab kamaygan, ammo noyabr oyida o‘sish yana kuzatilgan. Dekabrda o‘sish yana davom etgan — oyiga yana 34 ta mashina.
Avvalroq O‘zbekistonda elektromobillar uchun alohida davlat raqami berish boshlangani xabar qilingandi. Maxsus turdagi raqam 1-noyabrgacha davlat ro‘yxatidan o‘tgan elektromobillar uchun bepul almashtirib beriladi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda elektromobillar avtotransport yig‘imidan ozod etilgan.
Izoh (0)