Afrika kubogining 1/8 final bosqichidan o‘rin olgan Kamerun va Komor orollari terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv (2:1) oldidan stadion yaqinida tiqilinch yuzaga keldi.
Muxlislardan iborat olomon stadionga kirishga harakat qilgan, xavfsizlik xodimlari esa zarur bo‘lgan tartibni o‘rnatolmagan. Natijada, hodisa paytida ba’zi muxlislar yerga yiqilgan, boshqalari esa ularning ustidan bosib o‘tib ketgan. Mahalliy OAVlar bir necha kishining hushini yo‘qotgani va jarohatlanganlarning kasalxonaga yotqizilgani haqida xabar bermoqda.
LSI Africa ma’lumotlariga ko‘ra, tiqilinchda kamida 7 kishi halok bo‘lgan. Associated Press jurnalisti Rob Harrisning yozishicha esa qurbonlar soni kamida 6 kishini tashkil qiladi.
Ma’lumot uchun, Afrika Kubogi—2022 Kamerun mezbonligida o‘tmoqda. Hozirda musobaqaning 1/8 final o‘yinlari o‘tkazilmoqda, final bellashuvi 6-fevral kuni bo‘lib o‘tadi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)