• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12618.63
    • RUB160.83
    • EUR14516.47
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    G‘arbdagi foydalanuvchilar imiji yomonlashgan Facebook’dan chiqib ketmoqda. Lekin Afrikada ijtimoiy tarmoq butun boshli internet vazifasini bajarmoqda

    Rivojlangan mamlakatlarda Facebook bir qator axloqiy muammolar, xususan foydalanuvchilarni kuzatish, shaxsga doir ma’lumotlar savdosi, feyk xabarlar va tuhmatlar tarqatilishi va boshqalar sabab salbiy imijga ega. G‘arb auditoriyasi ayniqsa yoshlar ommaviy ravishda ijtimoiy tarmoqdan chiqib ketmoqda. Kompaniya mazkur muammodan xabardor: bu haqda AQSh kongressidagi ko‘rsatmalarida Facebook sobiq xodimasi Frensis Xaugen ham aytib o‘tgan va ichki hujjatlarni e’lon qilgandi. Facebook faoliyatini yuritish uchun anchayin qulay sharoitlar mavjud bo‘lgan maydon izlamoqda — tamaki va tabak mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi korporatsiyalar ham bu kabi yo‘lni boshdan o‘tkazgan, ular eski savdo maydonlari bilan sudlashish, turli cheklovlar va chekishning salbiy oqibatlarga olib kelishidan xabardor xaridorlardan charchagach, yangi bozorlarni egallashga e’tibor qaratgandi. The Guardian nashri Facebook izlayotgan yangi bozor va ijtimoiy tarmoqning muammolarni qanday hal etayotgani haqida material chop etgan. Quyida ushbu ma’lumotlarning qisqacha sharhi bilan bo‘lishamiz.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Afrika – Facebook foydalanuvchilar uchun nafaqat ijtimoiy tarmoq balki deyarli internetga aylangan hudud. Bir nechta omillar bunga xizmat qilgan, avvalo qit’aning ko‘plab mamlakatlarida ilova Free Basics internet tarmog‘iga bepul ulanadi, Facebook bunga bir qator mahalliy provayderlar bilan hamkorlik vositasida erishgan.

    Afrikada foydalanuvchilarning ko‘pchiligi eng arzon Android’larda mobil internet xizmatlaridan foydalanadi (uy xo‘jaliklarining 8 foiz qismida kompyuterlar mavjud), qurilmalar uchun video hamda suratlarsiz Facebook versiyasi ishlab chiqilgan. Free Basics bu — foydalanuvchi bir qator ommalashgan saytlar va ilovalarga SIM-kartada mablag‘ bo‘lmaganida ham kira oladigan dastur. Ayrim mamlakatlardagi o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalariga ko‘ra, Facebook foydalanuvchilari soni, internet foydalanuvchilarinikidan ham ko‘proq: ijtimoiy tarmoq rivojlanayotgan hududlarda ommalashgan, u butun boshli internetni almashtirmoqda, ko‘pchilik uning chegaralaridan chiqmayapti.

    Amalda bu Facebook millionlab afrikaliklar uchun do‘stning layklar bosiladigan, shunchaki sayt yoki ilova emas; ularning ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy faolligi aynan mazkur ijtimoiy tarmoqqa bog‘langan. Masalan, kuchli siyosiy inqiroz hukmron bo‘lgan dunyodagi eng qashshoq davlatlardan biri Sudanning poytaxti Xartum aholisi Facebook’dagi yopiq guruhlarda nonvoyxonalarda non paydo bo‘lgani, qaysidir AYoQShga yonilg‘i olib kelingani va boshqa axborotlarni o‘zaro almashadi. Ular Facebook orqali qaysi hududda politsiya patruli paydo bo‘lgani va odam o‘g‘irlash yoki tovlamachilik, shilqimlikdan aziyat chekmaslik uchun bu yerdan qochish kerakligini bilishadi. Misr aholisi esa pandemiya davrida Facebook’dan oziq-ovqat xarid qilgan yoki vaksinani qayerdan olish mumkinligi haqida maslahatlashgan.

    Facebook internetga bepul ulanish imkoniyatini qashshoq mamlakatlarga taqdim etib, yaxshi maqsadlarni o‘ylaganini qayd etgan. Facebook’ning xayriya maqsadlari tez-tez shubha ostiga olinadi. Misol uchun, Hindistonda 2016-yilda Free Basics dasturi tarmoq neytraliteti prinsipini buzgani uchun taqiqlangan. Chunki Facebook qaysi saytlar va servislarga kirishni ochish, qaysilarini esa cheklashni o‘zicha hal etgan.

    Mavzuga doir: Qozog‘iston hukumati Facebook’dan ijtimoiy tarmoqning ichki kontent tizimiga kirish uchun ruxsat olganini e’lon qildi. Biroq Facebook buni inkor etmoqda

    2017-yilda Xalqaro НКО Global Voices tashkiloti Free Basics dasturining bir qator mamlakatlar, jumladan, Keniya hamda Ganadagi faoliyati o‘rganilgani bo‘yicha hisobotni e’lon qildi. Hisobot mualliflari Facebook’ning bunday usulda ishlashini “raqamli mustamlakachilik” deb atagan: dastur faqat g‘arbdagi inglizcha ilovalarga kirish yo‘lini ochib, mahalliy manbalarni inkor qiladi. Masalan, dasturdan BBC Afrika xizmatining ingliz tilidagi xabar va yangiliklarini o‘qish mumkin.

    Facebook diktatura rejimi hukmronlik qilayotgan, omma oldida siyosatni tanqid qilganlarga keskin chora ko‘riladigan mamlakatlar uchun so‘z erkinligi va o‘z-o‘zini boshqarishda foyda keltiradi. Sudandagi harbiy to‘ntarishdan so‘ng 2021-yil oktabrda hukumat internetni o‘chirib qo‘ydi, lekin aholi vakillarining ayrimlari Facebook orqali norozilik strimlarini olib borishni uddaladi. Biroq ijtimoiy tarmoqdan nafaqat ijtimoiy faollar, balki diktatura rejimi vakillari ham foydalanadi va o‘z mafkuraviy targ‘ibot ishlarini olib boradi.

    Bundan tashqari Facebook’ga ingliz tilidan boshqa xorij tillaridagi kontenti moderatsiyasini rivojlantirish uchun resurslar yetmayapti. Bu ko‘pincha fojiaviy oqibatlarga olib kelmoqda — masalan, Efiopiyadagi fuqarolar urushi vaqtida Facebook’dan zo‘ravonlikni targ‘ib qilishda foydalanildi va kompaniyaning o‘zi ham buni bilardi. Facebook’ning Afrikadagi ofisi 2015-yilda ochilgan, ammo amxar tilini, Efiopiyada odamlarni urushda qatnashishga chaqiriqlar qilingan boshqa o‘nlab tillarni biladigan moderatorlar 2019-yilda ishga olingan. Hozirda Facebook’dagi Efiopiya kontentining moderatsiyasi bilan ishlaydigan jamoa a’zolarining soni 100 nafarga ham yetmaydi, ularning aholisi 110 million atrofida bo‘lgan mamlakatdagi kontentni to‘liq nazorat qilishi imkonsiz.

    Mavzuga doir: Facebook foydalanuvchilari ma’lumotlari bilan birga, uning asoschisi Mark Sukerbergning telefon raqami ham tarqalib ketdi

    24.01.2022, 07:00   Izoh (0)   20692
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Yangi Zelandiya bosh vaziri COVID-cheklovlari tufayli to‘yini bekor qildi

    23.01.2022, 23:13

    Armaniston prezidenti iste’foga chiqdi

    23.01.2022, 22:47

    Britaniya TIV Kreml Ukrainada rossiyaparast siyosatchini hokimiyatga keltirmoqchiligi haqida bayonot berdi. Moskva bunga javoban provokatsiyani bas qilishni so‘rad...

    23.01.2022, 20:47

    Ramzan Qodirov tomonidan oilasiga tahdid qilingan chechenistonlik sudya Rossiyani tark etdi. Uning o‘g‘li Putinni “Checheniston rahbarini almashtirishga” chaqirdi

    23.01.2022, 19:17

    Bezos o‘limga qarshi dori ishlab chiqishga 3 mlrd dollar sarmoya kiritdi

    23.01.2022, 18:16

    Tongada vulqon otilishi hodisa joyidan 10 ming kilometr uzoqlikdagi Peru sohillarida neftning to‘kilishiga olib keldi. Peru plyajlari hozir shunday ko‘rinishda (fo...

    23.01.2022, 17:15
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Uzbekistan Airways Seulga kunlik aviaqatnovlarni taklif qiladi


    Mikrokreditbank xalqaro moliya institutlari bilan muhim kelishuvlarga erishdi


    TENET: “Stellar Residence” apartamentlari 24 oygacha bosqichma-bosqich to‘lov bilan 


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida bolalarda saraton va qon kasalliklarida suyak iligi transplantatsiyasi


    “O‘zbekinvest” EISK AJ va Slovakiyaning EXIMBANKA SR o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi


    TBC Bank va Bahodir Jalolov firibgarlarga qarshi jangga chiqdi 


    Bekobodda "Biznesni rivojlantirish banki"ning  zamonaviy bank xizmatlari markazi ish boshladi


    Investitsiya nima va u insonlarga nima uchun kerak?


    Buxoro, G‘ijduvon, zindon, misvok va madrasa – 100 savolga 1 javob


    110% grant va xalqaro amaliyotlar: Central Asian University va AKFA Medline University Hospital rezidentura dasturiga qabul davom etmoqda


    Uzbekistan Airways bilan Kuala-Lumpur va Bangkokga sayohatni rejalashtiring


    InfinBank Visa kartalari bilan endi WeChat Pay va Alipay orqali to‘lash mumkin


    Hyundai Tucson: 24 oyga bo‘lib to‘lash imkoniyati — qulay, tez, foydali


    InfinBLACK bilan qadimiy shaharlar bo‘ylab sayohatlar

     

    Tavsiya etamiz

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10

    Eron–Isroil qarama-qarshiligi: urush bosqichma-bosqich qanday avj oldi?

    16 iyun, 14:38
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    8,6 mlrd so‘mlik zarar: Xorazmda elektrdan noqonuniy foydalanayotgan korxona fosh bo‘ldi

    O‘zbekiston | 19 iyun, 20:00

    TBC Bank va Bahodir Jalolov firibgarlarga qarshi jangga chiqdi

    Reklama | 19 iyun, 19:30

    Buxorodagi bog‘chada uch yoshli bola tok urishidan vafot etdi

    O‘zbekiston | 19 iyun, 19:45

    “Xizmatlar taklif qilish, bu yerning tabiati va sharoitini chet ellarda keng targ‘ib etish kerak” — Shavkat Mirziyoyev

    O‘zbekiston | 19 iyun, 19:29

    Farg‘onada qaynuka pochchasini ketmon bilan o‘ldirdi

    O‘zbekiston | 19 iyun, 19:20

    Abbosbek Fayzullayev Turkiya klubidan taklif oldi — insayder

    Sport | 19 iyun, 19:16

    Toshkent davlat yuridik universiteti “THE Impact Ranking — 2025” xalqaro reytingida 100 pog‘ona yuqorilab, dunyo bo‘yicha 301-o‘rinni egalladi

    O‘zbekiston | 19 iyun, 18:00

    Xonanda Shakira AQSHdagi migrantlarning og‘ir ahvoli haqida gapirdi

    Layfstayl | 19 iyun, 19:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.