Markaziy bank 24-yanvardan xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 9,95 so‘mga ko‘tarilib, 10 845,02 so‘mni tashkil qildi. Yevro 1,53 so‘mga ko‘tarilib, 12 297,17 so‘m bo‘ldi.

Foto: Markaziy bank

Bundan avval dollarning rasmiy kursi ketma-ket ikki kun ko‘tarilib 10 835,07 so‘mni tashkil qilgandi. Hisob palatasi prognoziga ko‘ra, 2022-yilda ushbu valyuta kursi 11 300 so‘mgacha ko‘tarilishi mumkin.