• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    “Vahimaga o‘rin yo‘q”. Zelenskiy Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi mumkinligi yuzasidan xalqqa murojaat qildi

    19-yanvar kuni kechqurun Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiyaning mamlakatga hujum qilishi mumkinligi yuzasidan ukrainaliklarga videomurojaat qildi. “Vahimaga o‘rin yo‘q. Ukraina va dunyoga ishonch bilan” nomli murojaat prezident devonining veb-saytiga joylandi.

    Foto: Videodan kadr

    Foto: Videodan kadr

    Zelenskiy axborot maydonida Rossiya “ertagayoq” Ukrainaga bostirib kirishga tayyorligi haqida ko‘plab xabarlar tarqalayotganini ta’kidladi.

    “Buning nimasi yangilik. Sakkiz yil davomida bu haqiqat emasmidi, bosqin 2014-yilda boshlanmaganmidi? Urush xavfi endi paydo bo‘ldimi? Bu xavf-xatarlar bir kunda yuzaga kelgani ham, avvalgidan ortgani ham yo‘q. Ularning atrofida bundan katta shov-shuvlar bo‘lgandi. Hozir esa odamlarda tashvish hissini uyg‘otish uchun ular yerimizga emas, balki sizning asabingizga hujum qilmoqda.

    Hozir yagona xavotirli narsa —  sakkiz yillik urushdan keyin ham vahima qo‘zg‘atishimiz: hisobimizdan pullarni yechib olib, javonlardagi hamma narsani yig‘ishtirib, do‘stlarimiz va tanishlarimizga soxta va dahshatli hikoyalarni so‘zlashimiz. Buni fuqarolarimizning barchasi, ayniqsa, keksalar yaxshi tushunishi kerak. Tinchlanishingiz kerak! Barcha OAVlar ommaviy isteriya emas, matbuot bo‘lishi kerak. Shov-shuv ortidan quvib, dushmanga yordam bermang. Har kuni ertaga urush bo‘lishi mumkinligi haqida xabar berish uni to‘xtatib qolmaydi”, — dedi Ukraina prezidenti o‘z nutqida.

    Vladimir Zelenskiy Ukraina hamkorlarini nafaqat so‘zda faol bo‘lishga, balki Rossiya agressiyasiga qarshi turish uchun aniq choralar ko‘rishga tayyorligini bildirishga chaqirdi.
    “Ukraina urushni istamaydi, lekin har doim bunga tayyor turishi kerak. U qo‘rqmaydi, axir o‘z yerini himoya qilmoqda. U taslim bo‘lmaydi, chunki bu yer bizniki, hech qayerga qochish yo‘q. Ukraina mudofaa qobiliyatini doimiy ravishda mustahkamlamoqda. Bizning kuchli, jasur, hamma narsaga tayyor armiyamiz bor va u endi shakllanib qolgani yo‘q”, — deya yakunladi Zelenskiy.
    2021-yil kuzidan beri g‘arb OAVlari Ukraina chegaralari yaqinida Rossiya qo‘shinlari to‘plangani haqida xabar berib, Rossiya Ukraina hududiga bostirib kirishi mumkinligini taxmin qilmoqda. AQSh rasmiylarining bayonotlariga ko‘ra, chegaralar yaqinida 100 mingga yaqin askar to‘plangan. Rossiya hukumati esa qo‘shinlarning harakatini mashg‘ulot sifatida tushuntirib, biror davlatga hujum qilish niyati yo‘qligini ta’kidlamoqda. AQSh Rossiya 2014-yilgi sxemani qo‘llashi va Ukraina chegarasini kesib o‘tish uchun “spekulyativ tushuntirishlar va bahonalar” ishlatishidan xavotirda.

    Mavzuga doir:

    • Rossiya istalgan daqiqada Ukrainaga hujum boshlashi mumkin — Oq uy
    • Bayden Zelenskiyga Rossiya Ukrainaga bostirib kiradigan bo‘lsa AQSh va uning ittifoqchilari “tegishli javob” qaytarishini va’da qildi
    • Bloomberg: Rossiya Ukraina chegaralari yaqinida qo‘shin to‘plashda davom etmoqda

    20.01.2022, 12:35   Izoh (0)   19347
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Pentagon: “O‘zbekiston va Tojikiston aviatexnikalarni Afg‘onistonga qaytarmaydi”

    20.01.2022, 11:43

    AQSh prezidenti Jo Bayden “Putin hali hech qachon ko‘rmagan” sanksiyalar haqida gapirdi

    20.01.2022, 11:11

    Saudiya Arabistonida qor yog‘di (foto)

    20.01.2022, 10:57

    Braziliyada Pfizer vaksinasi bilan emlangan 10 yoshli bolaning yuragi to‘xtab qoldi

    20.01.2022, 10:26

    SpaceX Starlink sun’iy yo‘ldoshlarining navbatdagi partiyasini koinotga chiqardi (video)

    20.01.2022, 09:47

    AQShda maktab avtobusi o‘qqa tutildi. 15 yoshli o‘quvchi halok bo‘ldi

    20.01.2022, 09:32
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 

     

    Tavsiya etamiz

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    AQSH hukumati Intel kampaniyasining 10 foiz ulushini sotib oldi

    Dunyo | 23 avgust, 09:10

    Ularning ko‘pchiligi oramizda yo‘q: “I operatsiyasi” aktyorlari yillar davomida qanchalik o‘zgargan?

    Kino | 23 avgust, 09:00

    Andijonda 811 ta holatda jamoat joylarida tig‘li buyumlar olib yurgan fuqarolar aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 00:05

    Buxoroda ikki yilda bir marta xalqaro sanʼat biyennalesi o‘tkaziladi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:50

    “Ishlamasa, ana katta ko‘cha” — Erkinjon Turdimov Sirdaryoda boqimandalar ko‘payib ketganini aytdi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:41

    Ruminiya ittifoqchilarga harbiy bazalarini ochishga tayyorligini bildirdi

    Dunyo | 22 avgust, 23:35

    Venesuela AQSH bilan urushga tayyorlanyapti

    Dunyo | 22 avgust, 23:25

    O‘zbekiston real ish haqi oshishi bo‘yicha qo‘shni davlatlardan ortda qolmoqda — hisobot

    Iqtisodiyot | 22 avgust, 23:15
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.