Futbol bo‘yicha Italiya Kubogi 1/8 finalidan o‘rin olgan “Inter” va “Empoli” o‘rtasidagi o‘yin 19-yanvar, chorshanba kuni bo‘lib o‘tdi.
Milanda o‘tgan dramatik voqealarga boy bo‘ldi, bellashuvda umumiy hisobda 5 ta gol kiritildi. Uchrashuv avvalida Aleksis Sanches hisobni ochib, mezbonlarni hisobda oldinga olib chiqdi. 61-daqiqaga kelib, Nedim Bayrami muvozanatni tikladi. Oradan biroz vaqt o‘tgach esa “Empoli” hisobda oldinga chiqib oldi. Ushbu vaziyatda Ionus Radu o‘z darvozasiga gol urib qo‘ydi. Biroq 90+1-daqiqada Andrea Ranokkiya hisobni tenglashtirib, “Inter”ni asosiy vaqtda mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi.
Shundan so‘ng jamoalar qo‘shimcha bo‘limlarga murojaat qildi va unda Simone Inzagi shogirdlari Stefano Sensining goli evaziga g‘alabani ilib ketdi.
“Inter” ushbu qiyin g‘alaba orqali Italiya Kubogi 1/4 finali yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Italiya Kubogi
1/8 final bosqichi
19-yanvar, chorshanba
“Inter” – “Empoli” 3:2
Gollar: 1:0 – 13 Sanches, 1:1 – 61 Bayrami, 1:2 – 76, avtogol Radu, 2:2 – 90 Ranokkiya, 3:2 – 104 Sensi.“Inter”: Radu, Dumfris, Ranokkiya, Dambrozio, Dimarko, Darmian (Perishich, 65), Vidal (Barella, 65), Vesino (Chalxono‘g‘lu, 65), Galyardini (Jeko, 77), Korrea (Sanches, 5), Martines (Sensi, 94).
“Empoli”: Furlan, Fyamossi (Stoyanovich, 71), Romanyoli, Viti, Markissa (Ismayli, 85), Shtulas, Bandinelli (Henderson, 46), Jurkovski (Bayrami, 46), Aslani (Fassini, 97), Kutrone, Pinamonti (Richchi, 46).
Ogohlantirishlar: Vesino (54), Romanyoli (77).
Izoh (0)