“Sevimli” telekanali orqali milliy serial namoyish etish chog‘ida axloqsizlik sahnalari mavjudligi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borilmoqda. Bu haqda Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi xabar qildi.
Qayd etilishicha, itimoiy tarmoqlarda tarqalgan materiallar jamoatchilik e’tiroziga sabab bo‘lgan. Holat yuzasidan tekshiruv ishlari agentlik tomonidan nazoratga olinib, ekspertiza tayinlangan.
“Ekspertiza natijalari bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot beriladi”, — deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, bir necha yil avval “Sevimli” telekanali film namoyishi vaqtida ko‘rsatilgan ochiq yotoq sahnasi uchun barcha teletomoshabinlardan uzr so‘ragandi.
Izoh (0)