Peru qirg‘oqlariga yopirilgan ulkan to‘lqinlar ikki kishining o‘limiga sababchi bo‘ldi. Bu haqda mamlakat politsiya xizmati o‘zining Twitter’dagi sahifasi orqali ma’lum qildi.
“SanMartin hududidagi Naylamp plyajida anomal to‘lqinlar sabab politsiya xodimlari ikki kishini o‘lik holda topganini chuqur qayg‘u bilan ma’lum qilamiz”, — deyiladi xabarda.
Fojia sodir bo‘lgan plyaj hozirda suzish uchun yaroqsiz deb topilgan.
Avvalroq Turkiyada sayyohlar bilan ekskursiya uyushtirayotgan qayiq cho‘kib ketgandi. Hodisa oqibatida 2 yoshli bola halok bo‘lgan. Shuningdek, Braziliya ko‘lida qoya qulashi oqibatida halok bo‘lganlar soni 10 kishiga yetgan. 16-yanvar kuni Yaponiya sohillarida erta tongda ogohlantirish berilganidan bir necha daqiqa o‘tgach, sunami hamda vulqon otilishi kabi tabiiy ofatlar yuz bergan. Mamlakatda 3 metr balandlikkacha sunami xavfi e’lon qilingan, shuningdek, Kuril orollarida ham Tonga vulqoni otilganidan keyin favqulodda ogohlantirish berilgan.
Izoh (0)