“OKMK” jamoasi tojikistonlik futbolchi Alisher Jalilov transferini e’lon qildi.
Faoliyatini Qozonning “Rubin” jamoasida boshlagan Alisher olmaliqliklar bilan 2 yillik shartnoma imzolagan. Jalilov 2019-yildan buyon “Istiqlol” jamoasi safida o‘ynab kelayotgandi, u Dushanbe klubi bilan 3 marta Tojikiston chempioniga aylangan.
Bundan tashqari, Jalilov “Neftximik” va “Baltika” jamoalarida ham to‘p surgan. Rossiyaning turli yoshdagi terma jamoalarida o‘ynagan Alisher 2019-yildan boshlab Tojikiston milliy terma jamoasida harakat qiladi.
29 yoshli futbolchi faoliyati davomida 159 ta o‘yinda maydonga tushgan va raqiblar darvozasiga 40 ta gol urgan.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)