AQShning Shimoliy Karolina shtatida politsiyachi avval hibsda bo‘lgan va tez yordam bo‘limiga olib kelingan erkakni otib o‘ldirdi. Bu haqda ABC News xabar berdi.
Hodisa 15-yanvar kuni tongda, mahbusning ofitser bilan mushtlashuvidan so‘ng sodir bo‘lgan, deydi rasmiylar.
Darem politsiyasining nazorati ostida bo‘lgan erkak Dyuk universiteti kasalxonasida davolanayotgan bo‘lgan. Muolaja vaqtida u politsiyachiga hujum qilib, qurolini tortib olgan.
Ofitser hujumchini boshqa to‘pponcha bilan otgan. Kasalxona tibbiyot xodimlari erkakka yordam ko‘rsatgan, biroq u vafot etgan.
Hodisada boshqa hech kim jabrlanmagan.
Avval AQShda politsiyachi shifoxonaga yotqizilgan qora tanli erkakni otib qo‘ygandi. Shundan so‘ng bir necha o‘nlab mahalliy aholi politsiyadagi irqchilik xurujiga qarshi norozilik namoyishiga chiqqan.
Shuningdek AQShda noma’lum shaxs ko‘cha o‘rtasida odamlarga o‘q uzgani, Hindistonda harbiylar xatolik tufayli 10 dan ortiq tinch aholini otib tashlagani haqida xabar berilgandi.
Izoh (0)