• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Andijonda o‘ndan ortiq fuqaroga soxta “zagranpasport” tayyorlab bergan sobiq IIB xodimiga sud hukmi o‘qildi

    Jinoyat ishlari bo‘yicha Qo‘rg‘ontepa sudi tomonidan o‘ndan ortiq fuqaroga soxta xorijga chiqish pasporti tayyorlab bergan sobiq ichki ishlar xodimiga sud hukmi o‘qildi. Bu haqda Andijon viloyat sudi “Daryo”ga ma’lum qildi.

    Aniqlanishicha, Xo‘jaobod tumanida yashovchi A.X. 2017-yilning avgust oyidan 2021-yilning fevraliga qadar Xonobod shahar ichki ishlar bo‘limi migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish guruhi inspektori hamda Qo‘rg‘ontepa tuman IIB huzuridagi 13-, 15-son ichki ishlar bo‘linmalari migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish guruhi inspektori lavozimida ishlagan.

    Faoliyati davomida zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarni bajarmasdan, mansab vakolatlaridan foydalanib, xorijiy davlatlarning milliy qonunchiligida belgilangan qoidalarni buzgani uchun ushbu davlatlardan chiqarib yuborilgan (deport qilingan) va muayyan muddatga kirishi taqiqlangan O‘zbekiston fuqarolariga boshqa shaxslarga tegishli biometrik pasport ma’lumotlaridan foydalangan holda soxta xorijga chiqish pasportlarini tayyorlab bergan.

    A.X. dastlab 2019-yilning oktabr oyida Asaka tumanida xizmat safarida bo‘lgan paytda jinoiy sherigi M.M. orqali tanishgan X.X. ga “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining xorijga chiqish tartibi to‘g‘risida”gi nizom talablariga zid ravishda uning nomiga soxta xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirib bergan.

    Shuningdek, u 2020—2021-yillar davomida fuqarolar Sh.S., I.T., D.X., G.Q., J.N., M.O‘., X.B., N.B., A.N. hamda M.I.ga boshqa hamkasblarining login-parollari orqali kompyuter bazasidagi “Zagran” dasturiga boshqa fuqarolarning ma’lumotlarini kiritish yo‘li bilan soxta “zagranpasport”lar tayyorlab bergan.

    “Harakatlarim qonunga zid ekanini yaxshi bilgan bo‘lsam-da, eng avvalo nafsimni jilovlay olmasdan, shuningdek, tanishim M.M. bilan o‘sha paytdagi munosabatlari samimiy bo‘lgani va uning qattiq iltimos qilgani uchun ham yuqoridagi fuqarolar nomiga soxta xorijga chiqish biometrik pasportlarni tayyorlab berdim.

    Buning uchun hech qanday pul yoki mulk ko‘rinishida manfaatdor bo‘lmaganman. M.M. nima sababdan yuqoridagi fuqarolarga soxta pasport tayyorlab berganim uchun turli miqdorda pul mablag‘lari bergani to‘g‘risida ko‘rsatuvlar berayotganini tushunmayapman. U ko‘rsatuvlari orqali menga tuhmat qilmoqda. Yuqorida nomiga aytib o‘tilgan fuqarolar bilan faqatgina ular suratga tushish uchun kelishgan paytda ko‘rishganman. Ularning barchasi M.M. va A.N.lar orqali kelgan. Qolgan vaqtlarda ular bilan umuman ko‘rishmaganman. Harakatlarim viloyat IIB tomonidan aniqlangandan so‘ng, ushbu holat yuzasidan o‘tkazilgan xizmat tekshiruvi yakuni bo‘yicha ishdan bo‘shatildim. Shuning o‘zi men uchun og‘ir jazo hisoblanadi”, — deydi sudlanuvchi.

    A.X.ni Jinoyat kodeksining 205-moddasining (hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qilish) 1-qismi va 209-moddasining (mansab soxtakorligi) 2-qismi “a” bandi bilan aybli deb topilgan. Unga nisbatan uch yil muddatga ichki ishlar idoralari tizimida ishlash huquqidan mahrum qilgan holda uzil-kesil o‘tash uchun 5 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlagan.

    Shuningdek, sudlanuvchi zimmasiga ommaviy va boshqa tadbirlar o‘tkazishda ishtirok etmaslik, mahkumlarni nazorat qiluvchi organning roziligisiz yashash joyini o‘zgartirmaslik, aloqa vositalaridan, shu jumladan Internetdan foydalanmaslik, alkogolli ichimliklar iste’mol qilmaslik kabi qo‘shimcha taqiqlar yuklangan.

    Mavzuga doir:

    • Qashqadaryoda PZR-testi natijalarini soxtalashtirgan xususiy klinika rahbari qo‘lga olindi
    • Namanganda 4 mln so‘m evaziga xorijga chiqish pasportini to‘g‘rilab berishni va’da qilgan Turkiya fuqarosi DXX tomonidan qo‘lga olindi
    • Jizzaxda soxta diplom yasab sotuvchilar qo‘lga olindi

    15.01.2022, 09:08   Izoh (0)   20215
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Qashqadaryoda Nexia “KamAZ”ning tirkamasiga urilishi oqibatida 2 kishi halok bo‘ldi

    15.01.2022, 08:28

    Foto: O‘zbekiston Qurolli Kuchlarining 30 yilligi va vatan himoyachilari kuni munosabati bilan tashkil etilgan bayram tantanasi

    15.01.2022, 08:07

    Eshikdan mo‘ralayotgan lo‘lilar, pravoslavlar nishonlagan eski Yangi yil, havodagi burgutlar olishuvi. 14-yanvar suratlari

    14.01.2022, 23:59

    Ulug‘bek Muhammadiyev prezident maslahatchisining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi

    14.01.2022, 23:37

    O‘zbekiston fuqarolarining Janubiy Koreyaga kirishiga vaqtinchalik cheklov qo‘yilishi mumkin

    14.01.2022, 23:16

    “Harbiy kiyimdagi hokim, hilpiragan bayroq ostida qo‘shiq kuylagan Ravshan Sobirov” — Qashqadaryoda bo‘lib o‘tgan Vatan himoyachilari kunidan fotoreportaj

    14.01.2022, 22:36
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi

     

    Tavsiya etamiz

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Tailandda qirolni haqorat qilgan sobiq bosh vazir va milliarder oqlandi

    Dunyo | 23 avgust, 12:05

    Dunyodagi eng keksa odam 116 yoshini nishonladi

    Layfstayl | 23 avgust, 11:45

    Avstriyada 289 kilolik mahbus soliq to‘lovchilarning noroziligiga sabab bo‘ldi

    Dunyo | 23 avgust, 11:30

    O‘zbekistonda ikki mingta holatda energiyadan behuda foydalanish holatlari aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 11:10

    Jahon chempionati qur’asi qachon va qayerda bo‘lishi ma’lum bo‘ldi

    Sport | 23 avgust, 11:00

    Tramp Putinni futbol bo‘yicha jahon chempionatiga kelishi mumkinligini ma’lum qildi

    Dunyo | 23 avgust, 10:45

    Rossiyaga isiriq olib kirmoqchi bo‘lgan ayol 8 yilga qamaldi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 10:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.