Markaziy bank 17-yanvardan xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.

Foto: Markaziy bank

Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 12,07 so‘mga pastlab, 10 839,97 so‘mni tashkil qildi. Yevro 29,02 so‘mga pastlab, 12 420,44 so‘m bo‘ldi.

Foto: Markaziy bank

Bundan avval dollarning rasmiy kursi besh kunlik ko‘tarilishdan so‘ng pastlab, 10 852,04 so‘mni tashkil qilgandi. O‘zbekistondagi tijorat banklarida esa 12-yanvar kuni dollar kursi birinchi marta 10 900 so‘mdan oshgandi.