O‘zbekistonda ketma-ket beshinchi kun kasallanishlar soni ortdi — so‘nggi sutkada 710 nafardan ortiq kishida koronavirus aniqlandi, deb xabar bermoqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati.

Qayd etilishicha, 12-yanvar kuni 714 kishida kasallik tasdiqlanib, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 202473 nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining:

  • 12 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
  • 11 nafari Andijon viloyatida,
  • 6 nafari Buxoro viloyatida,
  • 51 nafari Jizzax viloyatida,
  • 29 nafari Qashqadaryo viloyatida,
  • 4 nafari Navoiy viloyatida,
  • 9 nafari Namangan viloyatida,
  • 39 nafari Samarqand viloyatida,
  • 12 nafari Sirdaryo viloyatida,
  • 6 nafari Surxondaryo viloyatida,
  • 14 nafari Farg‘ona viloyatida,
  • 25 nafari Xorazm viloyatida,
  • 109 nafari Toshkent viloyatida,
  • 387 nafari Toshkent shahrida

koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lgani sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu kun davomida 228 kishi: Qoraqalpog‘iston Respublikasida 4 nafar, Andijon viloyatida 12 nafar, Buxoro viloyatida 4 nafar,  Jizzax viloyatida 26 nafar, Qashqadaryo viloyatida 20 nafar, Navoiy viloyatida 2 nafar, Namangan viloyatida 1 nafar, Samarqand viloyatida 21 nafar, Sirdaryo viloyatida 11 nafar, Farg‘ona viloyatida 13 nafar, Xorazm viloyatida 15 nafar, Toshkent viloyatida 31 nafar, Toshkent shahrida 68 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 197703 nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 98 foizni tashkil etmoqda.

Shuningdek, 3 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 1508 nafarni tashkil qildi.

Eslatib o‘tamiz, 7-yanvar kuni O‘zbekistonda koronavirusning omikron shtammi aniqlangandi. Shundan buyon koronavirusga chalinganlar soni orta boshladi. 8-yanvar kuni 369 kishida, 9-yanvarda 389 kishida, 10-yanvarda 425 kishida, 11-yanvarda 604 kishida kasallik tasdiqlandi.

Shu sababli Respublika maxsus komissiyasining qarori bilan 15-yanvardan boshlab mamlakatda bir qator cheklovlar joriy etiladi. Jumladan, turli tadbirlar tashkil etish taqiqlanadi, emlanmagan xodimlar ishga qo‘yilmaydi. Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida ta’til davomida koronavirus infeksiyasiga qarshi to‘liq emlash choralari ko‘riladi.