• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    Oldini olish mumkin bo‘lgan fojia. Nokautchi Jerald Maklellanning hayotini barbod qilgan jang haqida

    1995-yilning 25-fevralida boks tarixida abadiy qoladigan jang bo‘lib o‘tgan. U bir vaqtning o‘zida ham yil jangi (The Ring talqiniga ko‘ra) va yil fojiasi sifatida muxlislarning yodida qolgan. Jerald Maklellan va Nayjen Benn o‘rta vazn toifasidagi chempionlik kamari uchun og‘ir jang o‘tkazadi, ammo jangdan faqatgina ulardan biri sog‘ chiqdi.

    https://www.instagram.com/p/83ifKzP8G9/?utm_source=ig_embed&ig_rid=75dcc4a1-c6c6-474d-8ee9-d574c1c84762

    Maklellan haqiqiy tajovuzkor bo‘lgan: u nokautchi va itlar jangining muxlisi edi

    Jerald Maklellan bugun topish mushkul bo‘lgan bokschilardan bo‘lib, undan sof tajovuzkorlik ufurib turardi. U raqiblarini faqat nokautga uchratish uchun ringga chiqardi, bosim o‘tkazish va kuchga e’tibor qaratardi. Faoliyatining boshidagi ikkita jangidan tashqari barcha raqiblarini nokautga uchratgan (31 tadan 29 tasida muddatdan oldin g‘alabaga erishgan). U hatto Mini-Tayson laqabini ham olgandi.

    Shuningdek, u itlar jangini ham yaxshi ko‘rardi. U yerda juda ko‘p shafqatsiz narsalar sodir bo‘lgan. Bir safar uning iti jangda mag‘lub bo‘ladi va o‘lar darajada yaralanadi. Jerald itining azob chekmasligi uchun uni otib tashlaydi. Bokschining murabbiyi Sten Jonson Observer nashriga bergan intervyusida yana bir qo‘rqinchli voqeani aytib bergandi: “U qora labradorni (it zoti) yerto‘laga olib tushib, itning og‘zini bog‘lab qo‘ydi va uning yoniga pitbullni qo‘yib yubordi. O‘zi esa pitbull labradorni o‘ldirishi uchun qancha vaqt ketishini bilish uchun soatga qarab turdi”.

    https://www.instagram.com/p/BM82GPpBtc6/?utm_source=ig_embed&ig_rid=88534c86-575f-4212-b06c-7ba3410df3f9

    Maklellan birinchi raunddayoq Benni nokautga uchratishiga bir baxya qolgandi

    1992-yilda Maklellan Don King bilan shartnoma imzolaydi. Bu odam har doim bokschilarini chempionlik janglariga olib borib, yakunda ularni “ishtonsiz qoldirishi” bilan bilan mashhur bo‘lgan. Ko‘p o‘tmay Kingning ta’siri ostida Maklellan o‘z murabbiyi — afsonaviy Emmanuel Styuard bilan hamkorlikni to‘xtadi. Styuard bungacha hech bo‘lmaganda Jeraldning oshib-toshib ketayotgan kuchini jilovlab, uni to‘g‘ri yo‘naltirishga harakat qilardi.

    Amerikalik bokschi Bennga qarshi jangga Jonson qo‘l ostida chiqadi. U Jeraldga Styuard kabi munosabatda bo‘lmasdi. Bu 27 yil oldin sodir bo‘lgan fojianing asosiy omillaridan biri bo‘lib xizmat qiladi.

    Jang Buyuk Britaniyada, Benning vatanida bo‘lib o‘tadi. U o‘sha vaqtda supero‘rta vazn toifasida (76,2 kilogrammgacha) jahon chempioni bo‘lgan, Jerald bilan jangdan oldin olti marta chempionlik kamarini himoya qilgandi. Ringga chiqishdan oldin Nayjel Britaniya jamoatchiligi ko‘z o‘ngida, Londonda uni hech qaysi amerikalik mag‘lub eta olmasligini aytadi. Biroq Maklellan jangning yaqqol favoriti hisoblanardi. Va birinchi raunddayoq u Bennni nokautga uchratishiga bir baxya qoldi — juda og‘ir nokdaun holati. Britaniyalik qiyinchilik bilan o‘rnidan turib, gong yangraguniga qadar bazo‘r “turib berdi”.

    Tanaffus paytida Nayjel o‘ziga keldi va raqibini do‘pposlashga shay holatda edi. Sakkizinchi raundga kelib, Maklellan Bennni yana yiqitdi, lekin uning o‘zi ham boshiga bir qancha juda og‘ir zarbalarni o‘tkazib yuborgandi. Keyinchalik bokschining singlisi Liza Maklellan murabbiydan jangni to‘xtatishni so‘raganini va o‘zini yomon his qilayotganini aytganini ma’lum qilgandi. King tomonidan qo‘yilgan Jonson esa unga quloq solmagan.

    Maklellan o‘ninchi raundni davom ettira olmadi, King esa asl yuzini ko‘rsatdi

    To‘qqizinchi raundda zarbalar almashinuvi bo‘lib o‘tdi, shundan so‘ng Benn uchinchi marta ringga quladi. Biroq nokdaun bo‘lmadi — britaniyalik o‘ng tomondan kuchli zarba bermoqchi bo‘lib, yiqilib tushdi. U yiqilayotib, tasodifan boshi bilan Maklellanning jag‘iga urilib ketdi. Amerikalik zarbdan o‘zini yo‘qotib qo‘ydi. U ko‘zlarini pirpiratar va og‘zidan kapasini tushirib yuborgandi.

    O‘ninchi raund oldidan Jerald yana murabbiydan jangni to‘xtatishni so‘ragan, ammo yana bundan naf chiqmaydi. Yana ringga chiqishga to‘g‘ri keladi. Maklellan jag‘idan juda kuchli zarba o‘tkazib yuboradi, tizzasi bilan o‘tiradi va kapasini chiqarib tashlaydi. U sanoq yakunlanguncha o‘rnidan turadi, lekin keyingi zarbadan keyin yana tizzasi bilan o‘tirib qoladi. Benn g‘alaba qozonadi. Hakam hisobni tugatgan zahoti Jerald o‘rnidan turadi va burchak tomon yuradi. Bu vaqtda bir guruh odamlar chempionni yangi kamar himoyasi bilan tabriklash uchun ringga otilib chiqqandi.

    Burchakda Maklellan avvaliga arqonga suyanib turdi. Keyin yerga yiqilib, hushidan ketdi. Uning oldiga shifokorlar yugurib keladi. Jerald zambilga yotqizilgan holda kasalxonaga olib ketiladi.

    Bokschining jarohatlari jiddiyligi ma’lum bo‘lishidan oldin King shunday degandi: “Maklellan xuddi o‘sha it kabi taslim bo‘ldi”.

    “U g‘amginmi yoki xursand”? Maklellan va Benn 12 yildan keyin uchrashdi

    Maklellan komaga tushadi. Ikki haftadan keyin u komadan boshqa odam bo‘lib chiqadi. Uning ko‘zlari deyarli ko‘rmasdi, shuningdek, u eshitmasdi ham. Jerald mustaqil harakat qila olmas va kundalik parvarishga muhtoj bo‘lib qoladi. Shu bilan birga Maklellan fikrlash va his qilish qobiliyatini yo‘qotmaydi. U nogiron holida eski do‘sti Roy Jonsning nokautga uchraganini ko‘rganida yig‘lab yuboradi. Jerald bir paytlar Jonsni havaskor boksda mag‘lub etgandi, endi esa nogironlar aravachasida o‘tirishga majbur.

    Jurnalistlar uning oldiga kelib, o‘ziga qanday bokschi bo‘lganini aytib beradi. Maklellan ulardan so‘raydi: “Men haqiqatan ham yaxshi bokschi edimmi? Juda yaxshimi”? Bunga u har doim ijobiy javoblarni oladi. 2007-yili Roy Jons va Emmanuel Styuard xayriya tadbirini uyushtirib, Maklellanning davolanishi uchun 200 ming dollar yig‘adi. O‘sha kuni kechqurun Nayjel Benn ham keladi. U Jeraldning qo‘lidan ushlab, o‘zining o‘sha bokschi ekanligini aytadi.

    “Bu mening hayotimni barbod qilgan odammi?” — deb so‘raydi Maklellan singlisi Lizadan.

    — Ha.

    — U meni nokautga uchratganmi? O‘shanda men kasalxonada qancha vaqt yotganman?

    — Olti oy.

    — U nima qilyapti?

    — Senga qarayapti va qo‘lingni ushlab turibdi.

    — U g‘amginmi yoki xursand?

    — G‘amgin...

    Shu payt Benn o‘zini ushlab tura olmaydi va xonadan chiqib ketadi. Yo‘lakda esa yig‘lab yuboradi. U hammasi bunday tugashini xohlamagandi. Hech kim buni xohlamagan.

    Benn ham faoliyatini erta yakunladi — 1996- yilning noyabrida, u bor-yo‘g‘i 32 yoshda edi. Ketish muxlislarning xatti-harakati bilan ko‘ngildagidek bo‘lmadi. Ketma-ket uchinchi mag‘lubiyat — Stiv Kollinzga qarshi jangdan so‘ng u qo‘lqoplarini olomon tomon tashladi va mikrofonni qo‘liga olib, faoliyatini yakunlaganini e’lon qildi. U gapirayotgan vaqtda muxlislar unga hurmatsizlik qilib, tinmay hayqirardi. Bundan Kollinzning jahli chiqib, mikrofonni oldi va tomoshabinlardan “Britaniyaning eng buyuk bokschisi”ga hurmat ko‘rsatishni talab qildi. Benning o‘zi Maklellanni buyuk deb hisoblaydi, bu haqda u besh yil oldin The Ring nashriga bergan intervyusida shunday degandi: “U aql bovar qilmas darajada ko‘p sonli nokautlarga ega, u bilan boshqalar o‘rtasida milya (o‘lchov birligi, taxminan, 1,5 kmga teng — “Daryo”) bor edi”.

    Hozir Maklellan Illinoys shtatidagi kichkina uyda qamalib yashashda davom etmoqda. Unga opa-singillari qaraydi. Og‘ir nogironlikka qo‘shimcha ravishda harakatsiz turmush tarzi tufayli boshqa kasalliklar ham uni bezovta qiladi. 2011-yilda WBC chempionlik kamarini o‘ziga g‘amxo‘rlik qilish xarajatlarini to‘lash uchun sotishga majbur bo‘ldi. O‘sha jang uchun u 54 ming dollar olgandi, King esa unga 100 ming dollar o‘tkazib bergan — sug‘urta to‘lovi. Unga Roy Jons va Nayjel Benn moliyaviy yordam ko‘rsatib turadi. Ring 10 notijorat tashkiloti esa Jeraldga har oy oziq-ovqat va asosiy ehtiyojlar uchun ketadigan xarajatga ko‘mak beradi. Hozir hamma Maklellannikiga o‘xshash hayotdan qo‘rqadi.

    13.01.2022, 06:32   Izoh (0)   96231
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Inter” so‘nggi soniyalarda gol urib, “Yuventus”ni taslim etdi va Italiya Superkubogini qo‘lga kiritdi

    13.01.2022, 03:37

    “Chelsi” javob o‘yinida ham “Tottenhem”ni yengib, Angliya Liga Kubogi finaliga chiqdi

    13.01.2022, 02:49

    Ispaniya Superkubogi. “Real” qo‘shimcha bo‘limlardagi gol evaziga “Barselona”ni mag‘lub etib, final yo‘llanmasiga ega chiqdi

    13.01.2022, 02:36

    A Seriyada to‘xtash nimaligini bilmayotgan “Inter” finallarda toblangan “Yuventus”ga qarshi. Milanda o‘tadigan Italiya Superkubogi haqida

    12.01.2022, 21:40

    40 yoshli Ibrahimovich top-5 ligalarda 80 xil jamoaga gol urdi. Faqat Ronaldu bu ko‘rsatkichni qayd eta olgan

    12.01.2022, 20:01

    Xavi boshchiligida qayta qurilayotgan “Barselona” Karlo otaning yengilmas “Real”iga qarshi. 2022-yildagi ilk “El-Klasiko” haqida

    12.01.2022, 15:44
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 

     

    Tavsiya etamiz

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Kolumbiyaning sobiq prezidenti 12 yil uy qamog‘iga hukm qilindi

    Dunyo | 2 avgust, 16:20

    Suriya Ozarbayjondan gaz qabul qilib olishni boshladi

    Dunyo | 2 avgust, 15:45

    “Al-Hilol” Antuan Grizmanni sotib olishga yaqin turibdi

    Sport | 2 avgust, 15:35

    Putin Trampning ultimatumiga javob qaytarib, “Oreshnik” raketalari tizimli ravishda ishlab chiqarilayotganini aytdi

    Dunyo | 2 avgust, 15:25

    Shavkat Mirziyoyev Xitoy raisi Si Szinpinga hamdardlik bildirdi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 15:06

    Yevropa shaharlari markazlarida ijara narxi qancha va so‘nggi 5 yil ichida qanchalik o‘zgargan?

    Sayohat | 2 avgust, 14:55

    Esports World Cup Chess. Magnus Karlsen mukofot jamg‘armasi 1,5 mln dollar bo‘lgan musobaqada chempionlikni qo‘lga kiritdi

    Sport | 2 avgust, 14:40

    O‘zbekistonliklar yarim yilda eng ko‘p qaysi davlatlarga safar qildi?

    O‘zbekiston | 2 avgust, 14:30

    Ozarbayjon matbuoti “TASS”ga javob tariqasida Kaliningradni Kyonigsberg deb atadi

    Dunyo | 2 avgust, 14:05
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.