Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Ikki vazn toifasida UFC sobiq chempioni Konor Makgregor Instagram sahifasida OLBG platformasi tahlilchilari tomonidan tuzilgan eng ko‘p maosh oluvchi sportchilar reytingini e’lon qildi.

Foto: Instagram / @thenotoriousmma

Foto: Instagram / @thenotoriousmma

Unga ko‘ra, irlandiyalik jangchi 2021-yilda oktagonda o‘tkazgan har bir daqiqasi uchun 8,6 million dollar ishlab topgan.

Ikkinchi o‘rindan ringda bir daqiqada 444 ming dollar ishlab topgan boks bo‘yicha supero‘rta vazn toifasining mutlaq chempioni Saul “Kanelo” Alvares joy olgan. Uchinchi o‘ringa esa amerikacha futbol vakili Tom Bredi joylashtirildi — daqiqasiga 37 ming dollar.

Reytingni “PSJ” hujumchisi Neymar (32 ming dollar) va “Manchester Yunayted” forvardi Krishtianu Ronaldu (18 ming dollar) yakunlab bergan.

Eslatib o‘tamiz, Konor Makgregor 2021-yilda Dastin Poryega qarshi ikkita jang o‘tkazib, har ikkala bahsda mag‘lubiyatga uchradi. 24-yanvarda o‘tkazilgan jangda nokautga uchragan bo‘lsa, 11-iyul sanasidagi bellashuvda oyog‘i sinishi oqibatida jangni davom ettira olmadi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Kino
Vaqtingizga achinmaysiz: So‘nggi o‘n yillikning eng yaxshi multfilmlari (video)
Dunyo
Putin va harbiylar o‘rtasidagi yopiq uchrashuvdan so‘ng, Rossiya davlat matbuotiga urushdagi muvaffaqiyatsizliklar haqida yozishga ruxsat berildi
Dunyo
“Tinchlik mukofotini bir mamlakatga hujum qilgan ikki davlat vakillari oldi” — Zelenskiy ofisi Nobel qo‘mitasini tanqid qildi