“Inter” va “Yuventus” jamoalari 12-yanvar, chorshanba kuni Italiya Superkubogi uchun o‘zaro bahs olib bordi.
Uchrashuvning 25-daqiqasida Ueston Makkenni turinliklarni hisobda oldinga olib chiqqan bo‘lsa, oradan o‘n daqiqa o‘tib Lautaro Martines penaltini aniq amalga oshirgan holda muvozanatni tikladi.
Asosiy vaqtning qolgan daqiqalarida hisob o‘zgarmadi va qo‘shimcha bo‘limlarga murojaat qilindi. Qo‘shimcha bo‘limlar yakunlanishi arafasida Aleksis Sanches mezbonlarning hujumini gol bilan yakunladi va milanliklarga Superkubokni olib keldi.
Shu tariqa “Inter” o‘z tarixida oltinchi marta Italiya Superkubogiga ega chiqdi.
Italiya Superkubogi
12-yanvar, chorshanba
“Inter” — “Yuventus” 2:1
Gollar: 0:1 – 25 Makkenni, 1:1 – 35, penalti Martines, 120+1 Sanches.“Inter”: Handanovich, Dumfris (Darmian, 89), de Vrey, Shkrinyar, Bastoni, Perishich (Dimarko, 100), Brozovich, Chalxono‘g‘lu, Barella (Vidal, 89), Jeko (Korrea, 76), Martines (Sanches, 75).
“Yuventus”: Perin, De Shilyo, Kyellini, Rugani, Aleks Sandro, Makkenni, Rabyo, Lokatelli (Bentankur, 90), Kulusevski (Dibala, 74), Bernardeski (Artur, 79), Morata (Kin, 88).
Ogohlantirishlar: Bernardeski (43), Jeko (60), Dibala (105), Korrea (106), Rugani (109), Vidal (118).
Izoh (0)