• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12768.26
    • RUB162.63
    • EUR14400.04
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +21°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Maktablar, yoritish tizimlari, omikron va kartoshka. Turkmaniston prezidenti 2022-yildagi ilk ishchi yig‘ilishini o‘tkazdi

    Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov 10-yanvar kuni 2022-yildagi birinchi ishchi yig‘ilishini o‘tkazdi, deb xabar beradi “Xronika Turkmenistana”.

    Foto: “Xronika Turkmenistana”

    Foto: “Xronika Turkmenistana”

    Ashxobod hokimi Rahim Gandimov poytaxt tozaligini saqlash va obodonlashtirish bo‘yicha, shuningdek, yoritish tizimining to‘g‘ri ishlashini ta’minlash bo‘yicha hisobot bergan. Qurilish, sanoat va energetika komplekslariga mas’ul bo‘lgan bosh vazir o‘rinbosari Chorimirat Purchekov shaharda uzluksiz energiya, gaz va suv ta’minotini ta’minlash bo‘yicha xizmatlar, shuningdek, 2022-yilga mo‘ljallangan turli obyektlarni qurishga tayyorgarlik ko‘rilayotgani haqida ma’lumot bergan.

    Davlat rahbari shaharni loyihalash va yoritishda ilg‘or tajriba va eng yangi texnologiyalarni qo‘llash, 2022-yilda qurilishi rejalashtirilgan obyektlardagi ishlarni belgilangan muddatda yakunlash bo‘yicha topshiriqlar bergan.

    Ta’kidlanishicha, Berdimuhamedov poytaxtni yoritish tizimi bo‘yicha 2021-yilning oktabrida O‘zbekistondan qaytganidan so‘ng ko‘proq e’tibor qarata boshlagan. Davlat rahbari Ashxobod aeroportida “aeroport va uning atrofini yoritishning o‘ziga xos xususiyatlari”ga e’tibor qaratgan va Purchekovga “shaharning har bir burchagini, xususan, turli maqsadlardagi obyektlar yoritish tizimlari bilan jihozlash” topshirig‘ini bergan, chunki “poytaxtning o‘ziga xos dizayn elementi tungi yorug‘lik bo‘lib, unga o'zgacha joziba bag‘ishlaydi”.

    Foto: “Xronika Turkmenistana”

    Foto: “Xronika Turkmenistana”

    Ta’lim vaziri Gurbangul Atayeva maktablarga qishki ta’til yakunlanganidan keyingi mashg‘ulotlarga tayyorligini va maktab hamda bog‘chalar isitish tizimlari bilan ta’minlanganini ma’lum qilgan. Ikkinchi o‘quv yilini boshlashga tayyorgarlik to‘g‘risida, shuningdek, ilk-fan va ta’lim, sog‘liqni saqlash va sport yo‘nalishiga mas’ul bosh vazir o‘rinbosari Sapardurdi Toyliyev ham hisobot bergan.

    Turkmanistonda kasalliklar tarqalishiga qarshi kurashish bo‘yicha favqulodda komissiya raisi ham hisoblanuvchi Toyliyev pandemiyaga qarshi kurash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida ma’lumot bergan. Amaldorning so‘zlariga ko‘ra, “JSST va OAV ma’lumotlari bo‘yicha koronavirusning yangi shtammi — omikron aniqlangani sabab mamlakatda hozirda profilaktika choralari kuchaytirilgan tartibga amalga oshirilmoqda va bu bo‘yicha zarur qarorlar qabul qilingan”.

    Nashrning yozishicha, mintaqada omikron shtammi aniqlangani sabab “davlat rahbari ushbu masalada bo‘shashish kerak emasligini alohida ta’kidlagan”.

    “Yoz faslining boshlanishi bilan kasallikning kuchayishi ehtimoli borligi sababli profilaktika choralarini ko‘rish, zarur vaksina va dori vositalari bilan ta’minlashni yo‘lga qo‘yish kerak”, — degan prezident.

    Gurbanguli Berdimuhamedov, shuningdek, vaksinatsiya mavzusiga ham to‘xtalib o‘tgan. “Ijobiy natija berishi uchun u kishilarning yoshini hisobga olgan holda olib borilishi va uning mazmun-mohiyati yuzasidan muntazam ravishda tushuntirish ishlari olib borilishi kerak”, — deydi prezident.

    Bundan tashqari, agrosanoat tarmog‘ini rivojlantirishga mas’ul bosh vazir o‘rinbosari Esenmirat Orazgeldiyev va viloyat rahbarlari agrosanoat sohasini rivojlantirish hamda oziq-ovqat mo‘lligini ta’minlash borasidagi ishlar yuzasidan hisobot bergan. Amaldorning ma’lumotlariga ko‘ra, 2022-yilda ijarachilar mamlakat bo‘ylab 580 ming gektar yerga paxta ekishni rejalashtirmoqda, hozirda 244 ming gektardan ortiq yer shudgor qilingan.

    Bosh vazir o‘rinbosari kartoshka va poliz ekinlari ekish haqida gapirar ekan, “bu yil 50 450 ming gektarga ko‘paygan ekin maydonlarini 106 ming gektarga yetkazish rejalashtirilayotganini”ni bildirgan.

    Avvalroq Turkmanistonda Xalq maslahati palatasining navbatdan tashqari yig‘ilishi o‘tkazilishi, Gurbanguli Berdimuhamedov Mari viloyatidagi cho‘ponlar qo‘toniga tashrif buyurgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

    Mavzuga doir: Berdimuhamedov Axal viloyatining ma’muriy markazini qurish yakunlanganini ma’lum qildi. U 2022-yilda ochiladi

    12.01.2022, 20:24   Izoh (0)   27534
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Fransiyada kuchli yomg‘ir suv toshqinlarini yuzaga keltirdi (foto, video)

    12.01.2022, 17:59

    Belarus Tergov qo‘mitasi Minskka majburiy qo‘ndirilgan Rynair samolyotining uchuvchisi va dispetcher o‘rtasidagi suhbat audioyozuvini montaj deb atadi

    12.01.2022, 17:32

    Fotogalereya: Tarixdagi 10 ta eng katta va xavfli qor ko‘chkilari

    12.01.2022, 15:57

    JSST: Bir haftada dunyo bo‘ylab rekord darajada ko‘p odamda COVID-19 aniqlandi

    12.01.2022, 15:28

    Nursulton Nazarboyevning to‘ng‘ich qizida koronavirus aniqlandi

    12.01.2022, 13:42

    Bill Geyts “omikron”dan keyin koronavirus bilan kasallanish kamayishini prognoz qildi

    12.01.2022, 12:59
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Akkermann sement” xalqaro forumi: qurilish materiallari sohasidagi muammolar keng tahlil qilindi


    MKBANK xalqaro moliya bozorida: Qozog‘iston banklaridan 15 million dollar jalb qilindi


    Chery gazga o‘tmoqda: kafolat to'liq saqlanib qolinadi, o‘rnatish esa 31 maygacha bepul! 


    Ilg‘or qurilish texnologiyalari asosida qad rostlayotgan Quyi Chotqol GES


    InfinBANK Visa Direct orqali xalqaro pul o‘tkazmalariga qo‘yilgan limitlarni oshirdi 


    Eng chuqur g‘or, eng baland ko‘prik va eng sirli maskan – Namanganga boramiz


    “Biznesni rivojlantirish banki” biznes uchun qulay innovatsion bank bo‘lishga intilmoqda


    UZTELECOM 10 Gbit/s tezlikdagi uy internetini foydalanuvchilarga taqdim etdi


    Ipoteka Bank OTP Group o‘zini o‘zi band qilganlarga yangi ipoteka dasturini ishga tushirdi: hujjatlarsiz, asabbuzarliksiz, samarali natijalar bilan


    So‘zlar ahamiyatga ega: TBC Bank 8-mart tabriklarini pullarga aylantirib, ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatladi


    Oqtepa Lavashdan “Kulgili narxlar”: sevimli taomlar — har bir pozitsiya 10 mingdan 20 ming so‘mgacha bo‘lgan maxsus narxlarda


    Centrum Air yangi Airbus A320neo — aviaparkidagi to‘qqizinchi samolyotni qabul qilib oldi 


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida qon kasalliklarini zamonaviy davolash usullari: leykoz va boshqa kasalliklar


    Abadiy ishonchlilik va xavfsizlik: GWM sohaning yangi standartlarini joriy etmoqda


    “O‘zbekinvest” IUA aʼzosiga aylandi va Londonning global sug‘urta bozorida o‘z mavqeini mustahkamladi

     

    Tavsiya etamiz

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Land Rover o‘zining yangilangan Defender modelini taqdim etdi

    Avto | 30 may, 08:38

    Shavkat Mirziyoyev “Markaziy Osiyo—Italiya” sammitida ishtirok etadi

    O‘zbekiston | 30 may, 08:22

    O‘zbekistonda nechta oliy taʼlim tashkiloti faoliyat yuritayotgani ochiqlandi

    O‘zbekiston | 29 may, 23:50

    Saida Mirziyoyeva Rossiya hukumati raisi bilan uchrashuv o‘tkazdi

    O‘zbekiston | 29 may, 23:31

    “Daryo” dayjesti: 29-mayning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 29 may, 23:25

    Saida Mirziyoyeva Rossiya Federal Majlisi Federatsiya Kengashi raisi bilan uchrashuv o‘tkazdi

    O‘zbekiston | 29 may, 23:10

    Kongressmen Trampdan investorlar uchun tashkil etilgan kechki ovqat tafsilotlarini oshkor qilishni talab qildi

    Dunyo | 29 may, 22:53

    Massimiliano Allegri “Milan” bilan kelishuvga erishdi

    Sport | 29 may, 22:38

    Isroil G‘azodagi asirlarni ozod qilish bo‘yicha AQSHning yangi taklifini qabul qildi. HAMAS esa jim

    Dunyo | 29 may, 22:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.