• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +23°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Botqoq yo‘llar, chala qolgan asfalt va yorilgan quvurlar... Toshkentdagi noobod mahalla muammolari

    Yurtimizdagi mahallalarda olib borilayotgan obodonchilik ishlarini qo‘llab-quvvatlash bilan birga, aholini qiynayotgan ba’zi muammo va kamchiliklarni yoritib borish maqsadida “Daryo” “Noobod mahalla” loyihasini yo‘lga qo‘ydi.

    Loyihamiz nishonidagi birinchi mahalla — Sergeli tumanidagi “So‘g‘diyona” mahallasi.

    Biz tasvirga olish guruhimiz bilan mazkur mahallaga borib, u yerdagi muammolarni o‘rganib chiqdik.

    Belgilangan manzilga yetib kelganimizda, juda ham ayanchli manzaraga guvoh bo‘ldik. Yo‘l tugab, botqoq boshlandi. Buning ustiga, mana shu botqoqning bir cheti axlatxonaga ham aylanib ketgan. Bu yurtimizning chekka bir viloyati emas, poytaxtdagi mahallada kuzatilayotgan holat.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    4 oy avval, 2020-yilning sentabr oyida “So‘g‘diyona” mahallasining ichki ko‘chalari asfalt qilingan. Bu haqida Sergeli tumani hokimiyatining Facebook’dagi rasmiy sahifasida fotohisobot ham bor.

    Foto: Sergeli tumani hokimligi

    Foto: Sergeli tumani hokimligi

    Ammo o‘shanda negadir ba’zi ko‘chalarning ma’lum qismi asfaltdan bebahra qolib ketgan. Masalan, Zarunar 2-tor ko‘chasidagi 70 metr masofadagi hududda asfalt yo‘q. Mazkur ko‘chani asfalt qilishga mas’ul bo‘lgan pudratchi tashkilot xodimi Doniyor Usmonov biz bilan suhbatda bu yerga qachon asfalt yotqizilishini ma’lum qildi.

    Bu ko‘chani asfalt qilish 2021-yilning dekabr oyida rejaga kiritilgan. Ammo yog‘ingarchiliklar sababidan yerlar nam bo‘lgani tufayli ishlar to‘xtab qolgandi. Hozir yer qurishini kutyapmiz. Havo isib, namlik ketishi bilan asfalt yotqizamiz.

    Doniyor Usmonov, “Yo‘lko‘prikta’mir” MChJ xodimi

    Doniyor Usmonov, “Yo‘lko‘prikta’mir” MChJ xodimi.

    Doniyor Usmonov, “Yo‘lko‘prikta’mir” MChJ xodimi.
    Foto: “Daryo”

    Mahalla hududidagi botqoqqa aylangan boshqa ichki yo‘llar bo‘yicha mahalla raisi Ahmadjon Komiljonov izoh berib o‘tdi.

    Bu yo‘llarni hozircha asfalt qilishning ilojisi yo‘q. Sababi yo‘l bo‘yidagi uy-joylar qurilishi va ta’miri hali yakunlanmagan. Bu yerga 40-50 tonnalik texnikalar kirib-chiqadi. Kirgandan keyin asfaltni “o‘ynatib” yuboradi. Shu sababli hozircha bu yerga shag‘al to‘kib qo‘yish rejalashtirilgan.

    Ahmadjon Komiljonov, “So‘g‘diyona” MFY raisi

    Ahmadjon Komiljonov, “So‘g‘diyona” MFY raisi.

    Ahmadjon Komiljonov, “So‘g‘diyona” MFY raisi.
    Foto: “Daryo”

    Shuningdek, belgilanmagan joylarga chiqindilarni tashlab ketish muammosi ham “So‘g‘diyona” mahallasi aholisini anchadan beri qiynab kelyapti. Xususan, Zarunar ko‘chasiga kiraverishidagi hudud mahalla raisi va fuqarolar tomonidan bir necha bor tozalanganiga qaramay, bu yerga axlat tashlash yana davom etmoqda. Tashlangan chiqindilar yoqimsiz hid manbasi bo‘lish bilan birga, atrofga kasallik tarqalishiga ham sabab bo‘lishi hech kimga sir emas.

    Foto: “Daryo”

    Mahalla raisi Ahmadjon Komiljonov bu muammoni hal qilish uchun hududga kuzatuv kameralari o‘rnatilishini aytib o‘tdi.

    Mahallani chiqindilardan tozalaganimizga hali bir oy ham bo‘lgani yo‘q. Hamma ko‘chalarni “chinnidek” qilib qo‘ygandik. Ammo odamlar yana axlat tashlamoqda. Bu yog‘i odamlarning o‘ziga bog‘liq. Buni begonalar emas, shu yerda yashaydiganlar qiladi. Endi axlat tashlanayotgan ko‘chalarga kuzatuv kameralari o‘rnatamiz. Hudud to‘liq nazoratda bo‘ladi.

    Ahmadjon Komiljonov, “So‘g‘diyona” MFY raisi

    “So‘g‘diyona” mahallasini piyoda aylanib, yana bir holatga e’tibor qaratdik. Asfalt qilingan ko‘chalarda kanalizatsiya quduqlarining qopqoqlari yo‘q. Uning o‘rniga tosh bostirib qo‘yilgan, bu esa mashinalar harakatlanishida xavf tug‘dirmoqda.

    Foto: “Daryo”

    Shuningdek, yotqizilganiga ko‘p bo‘lmagan asfalt allaqachon yorilishni boshlagan.

    Foto: “Daryo”

    “So‘g‘diyona” mahallasida anchadan beri hal bo‘lmay kelayotgan yana bir muammo — yorilgan suv quvurlari. Ulardan toza ichimlik suvi sizib chiqib, isrof bo‘lmoqda.

    5 yildan beri “truba”larni yangilaymiz deyishadi, lekin kelishmaydi. “Vodokanal” ham bezor bo‘lib qolgan. Chaqirsak darrov: “Beton ko‘chami?” deb so‘rashadi. Lekin natija yo‘q.

    Usmon Xiziraliyev, “So‘g‘diyona” mahallasi fuqarosi

    Usmon Xiziraliyev, “So‘g‘diyona” mahallasi fuqarosi.

    Usmon Xiziraliyev, “So‘g‘diyona” mahallasi fuqarosi.
    Foto: “Daryo”

    Mahalla raisi Ahmadjon Komiljonov kanalizatsiya quduqlari qopqoqlari va yorilgan quvurlar bo‘yicha quyidagicha izoh berib o‘tdi.

    U yerda bor-yo‘g‘i 3 dona “kolodes” qopqog‘i yetishmaydi, xolos. Shuniyam endi yozuv-chizuv qilib, xarid qilib berishlarini so‘rab o‘tirish to‘g‘ri bo‘lmasa kerak. Aholining o‘zi bilan gaplashib, pul yig‘ib, qopqoqlar sotib olamiz. Yorilgan suv quvurlari bo‘yicha esa biz ko‘p murojaat qilganmiz. Kelib yamashdi, xomutlar qo‘yishdi. Foydasi bo‘lmadi. “Suvsoz” rahbari shu yilning birinchi choragida quvurlarni almashtirib berishga va’da bergan.

    Ahmadjon Komiljonov, “So‘g‘diyona” MFY raisi

    Umid qilib qolamizki, “So‘g‘diyona” mahallasidagi yuqorida tilgan olingan muammolar va’da qilingan vaqtlarda hal qilinadi va ushbu mahalla haqiqiy obod maskanga aylanadi.

    Agar sizning mahallangizda ham mana shunday muammolar bo‘lsa, bizga @daryo_livebot orqali murojaat qiling. Biz mutassaddilarning e’tiborini mazkur muammolarga qaratishga va ularning yechimini izlashga urinib ko‘ramiz.

    12.01.2022, 12:47   Izoh (0)   24502
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda karantin ostidagi mahsulotlarni olib kirish va olib chiqish qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik belgilandi

    12.01.2022, 12:26

    O‘zbekistonda koronavirusga qarshi qo‘llanilgan vaksinalar soni 40 mln dozadan oshdi

    12.01.2022, 11:33

    O‘zbekistonning ayrim hududlarida 13-yanvar kuni yomg‘ir yog‘adi

    12.01.2022, 11:11

    Jizzaxda soxta diplom yasab sotuvchilar qo‘lga olindi

    12.01.2022, 10:39

    O‘zbekiston Mudofaa vazirligi qo‘shinlariga kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga nomzodlarni saralash tartibi o‘zgaradi

    12.01.2022, 10:17

    O‘zbekistonda bir sutka ichida 604 kishida koronavirus aniqlandi, 4 bemor vafot etdi, Toshkentda esa 2 kundan beri hech kim tuzalmadi

    12.01.2022, 10:13
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    NASA hamkorligida yaratilgan sun’iy intellekt Quyoshdagi chaqnashlarni 2 soat oldin prognoz qila oladi

    Dunyo | 23 avgust, 22:50

    “AQSH bosimiga qarshi birdammiz”: Xitoy Hindistonni qo‘llab-quvvatladi

    Dunyo | 23 avgust, 22:10

    Superliga. “Nasaf” “Surxon”dan ustun keldi, “OKMK” “Xorazm” darvozasiga 3 ta gol kiritdi

    Sport | 23 avgust, 21:50

    Xitoyda ko‘prik qulashi oqibatida 12 nafar ishchi halok bo‘ldi (video)

    Dunyo | 23 avgust, 21:35

    Rauf Parfi, Muhammad Yusuf va boshqa marhum ijodkorlar ordenlar bilan mukofotlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 21:11

    Muftiy Nuriddin Xoliqnazarov “Oliy darajali imom Buxoriy” ordeni bilan taqdirlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 20:46

    Ispaniyadagi plyajlar zaharli va noyob shilliqqurt sabab yopildi

    Dunyo | 23 avgust, 20:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.