O‘zbekistonning doimiy aholisi soni 2022-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra 35 271 276 kishini tashkil etmoqda. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.
Jumladan, shahar aholisi soni 17,9 million kishini (jami aholi sonidagi ulushi 50,7 foiz), qishloq aholisi soni esa 17,4 million kishini (49,3 foiz) tashkil etgan.
Eslatib o‘tamiz, 2021-yilning 1-yanvar holati bo‘yicha mamlakatning doimiy aholi soni 34,5 million kishini tashkil etgandi. Qayd etilishicha, 2020-yilning har bir kunida doimiy aholi soni o‘rtacha 1,8 ming kishiga oshgan.
Mavzuga doir:
Izoh (0)