Surxondaryo viloyatida 10-yanvar kuni soat 02:41 da zilzila qayd etildi, deb xabar bermoqda FVV Seysmoprognostik monitoring respublika markazi.
Ma’lum qilinishicha, zilzila epimarkazi Surxondaryo viloyati Boysun tumanida, koordinatalari: 38,38 gradus shimoliy kenglik; 67,43 gradus sharqiy uzunlik.
Yerosti silkinishlarining epimarkazi Toshkentdan 255 kilometr janubi-g‘arbda joylashgan bo‘lib, o‘chog‘i 15 kilometr chuqurlikda, magnitudasi 4,4 ballga teng bo‘lgan.
O‘zbekiston hududida sezilish kuchi:
- Oltinsoy tumanida 3 ball,
- Denov tumanida 3 ball,
- Boysun tumanida 3 ball,
- Sariosiyo tumanida 2-3 ball,
- Qumqo‘rg‘on tumanida 2 ball,
- Sho‘rchi tumanida 2 ball,
- Bandixon tumanida 2 ball,
- Qamashi tumanida 2 ball,
- Uzun tumanida 2 ball,
- Dehqonobod tumanida 2 ball,
- Shahrisabz tumanida 2 ball.
Izoh (0)