Shveysariya Qurolli kuchlari rahbariyati harbiy xizmatchilarga Telegram, WhatsApp va Signal messenjerlaridan foydalanishni taqiqlab, faqat Shveysariyaning Threema dasturini ishlatishga ruxsat berdi. Bu haqda Swissinfo’ga tayanib, “Korrespondent.net” xabar berdi.
Ushbu qarorning sabablaridan biri “axborot xavfsizligini ta’minlash zaruratidir”, deyiladi xabarda.
Threema — bazasi Shveysariyada joylashgan va boshqa davlatlarning birorta qonuniga bo‘ysunmaydigan dastur. Messenjer Yevropa Ittifoqining ma’lumotlarni saqlash xavfsizligi to‘g‘risidagi qoidalariga muvofiq ishlaydi. Threema kompaniyasining foydalanuvchilardan oladigan yillik to‘lov haqi joriy armiya budjetidan to‘lanadi, deyiladi xabarda.
So‘nggi so‘rovnomalar natijasiga ko‘ra, Shveysariyada 16 yoshdan 64 yoshgacha bo‘lgan odamlar uchun eng ommabop va tezkor xabar almashish dasturi — WhatsApp bo‘lib qolmoqda.
Avval AQShda sobiq harbiylarga qurolga egalik qilish taqiqlangani, Rossiyada harbiy xizmatchilarga gadjetlardan foydalanish man etilgani haqida xabarlar berilgan.
Izoh (0)