• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12705.79
    • RUB159.2
    • EUR14704.41
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Shou-biznes

    “Badavlat insonning qizi yoki o‘ynashi emasman”. “Baxt ovchisi” serialidagi Zulya — Barchin G‘ofurova bilan intervyu

    Barchin G‘ofurova “Baxt ovchisi” serialidagi Zulya obrazi bilan tomoshabinlar e’tiborini qozondi. Ushbu obraz aktrisa tomonidan o‘ta ishonarli tarzda ijro etilgani bois, unga ijtimoiy tarmoqlarda turli haqoratlar, tahdidlar ham bo‘ldi. “Daryo” muxbiri Nargiza Murodova Barchin G‘ofurova bilan suhbatlashdi. Suhbat davomida aktrisa nima sababdan salbiy rollarni ijro etishi, tanqidga uchragani va hayotidagi qiyinchiliklari haqida gapirdi.

    “Raqqosa bo‘lishimga qarshi bo‘lishgan” 

    Foto: Instagram / @barchin_gafurova

    Foto: Instagram / @barchin_gafurova

    — Ota-onam asli qashqadaryolik bo‘lishgan, ammo men Toshkentda tug‘ilganman. Bolaligimdan raqqosa bo‘lishni orzu qilardim. Ammo oila a’zolarim bu kasbni egallashimga jiddiy qarshilik qilishdi. Hech bo‘lmasa aktrisa bo‘lishimga ruxsat beringlar, deb O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining “Drama aktyorligi” bo‘limiga hujjat topshirganman. Afsuski, o‘sha yili shartnoma pulini to‘lolmaganim uchun o‘qishdan chetlashtirishgan. Bir yildan so‘ng yana hujjat topshirib, bujet asosida o‘qishga qabul qilinganman. Ayrimlar o‘ylagandek, san’atga begona inson emasman. Institutni bitirib, O‘zbekiston davlat Satira teatrida ham ishladim. Ammo truppa rahbarining qo‘pol muomlasi sabab, teatrdan ketishga qaror qildim.

    “Ijara uyda yashash azobini bilaman” 

    Foto: Instagram / @barchin_gafurova

    Foto: Instagram / @barchin_gafurova

    — Oilada ikki farzandmiz. Ukam ikkimizning bolalik yillarimiz havas qilgudek o‘tgan. Afsuski, maktabni bitirish arafasida ukamda jiddiy xastalik aniqlandi. Onam uyimizni sotib, ukamni davolatishga qaror qildi. U kunlarni eslash juda og‘ir. Shukrki, ukam Pragada uzoq vaqt davolanib, kasallikdan butunlay xalos bo‘ldi. Ammo ijara uyda yashash oson emasdi. Yashirmayman, puldan qiynalganim uchun darsdan keyin oshxonalarda ishlashimga to‘g‘ri kelgan. O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining eski binosi yaqinida “Gap” kafesi bor edi. Har kuni darsdan keyin ofitsiantlik qilardim. Uning doimiy mijozlaridan biri aktrisa Saida Rametova edi. Men ham shu inson kabi aktrisa bo‘lolamanmi deb orzu qilardim. Orzum Ozod Shamsning “Ishq o‘yinlari” serialida amalga oshdi.

    “Rol uchun beradigan pulim yo‘q” 

    Foto: Instagram / @barchin_gafurova

    Foto: Instagram / @barchin_gafurova

    — Ayol san’atkorlarga juda qiyin. Bitta rolga erishguncha bema’ni takliflar va kamsitilishlarga chidash kerak. Yashirmayman, mendan ko‘plab rejissorlar rol uchun pul so‘rashgan. Shu bois ko‘plab kastinglardan “To‘rt yil nega aktyorlik bo‘yicha o‘qidim”, deb jahl qilib chiqib ketganman. Chunki u paytdagi moddiy ahvolim og‘ir edi. Teatridan oladigan 500—600 ming so‘m oyligim ijara uy va yeb-ichishimdan ortmasdi.

    Foto: Barchin G‘ofurova arxividan.

    Foto: Barchin G‘ofurova arxividan.

    Hayotimga kutilmagan tashvishlar ko‘p bora soya solgan. Shulardan biri 2015-yili 25-may kuni sodir bo‘ldi. O‘shanda teatrda “Qo‘sh arava” spektaklining tayyorgarlik jarayoni edi. Onam qo‘ng‘iroq qilib, metroning Abdulla Qodiriy bekatida yiqilib jarohat olganini aytdi. Ko‘zimga hech narsa ko‘rinmay, yugurib sahnadan chiqib ketdim. Kelsam onam metrodan chiqish eshigi oldida yiqilgancha o‘tiribdi. Birorta inson qo‘lidan tutib, nega yiqilganining sababini so‘ramagan, bekat xodimlari ham tez yordamga qo‘ng‘iroq qilishmagan. Zaxda shuncha payt qolib ketgan onamga achindim va tez yordamga qo‘ng‘iroq qildim. Suyak singani uchun onam ancha qiynaldi. Operatsiya qildirmasa yurolmay qolishini aytishdi, ammo menda yetarli pul yo‘q edi. Shunda qarindosh-urug‘lar va teatrdagi hamkasblarim ozgina pul yig‘ib berishdi. Umarali Barotovich degan shifokor ahvolimni ko‘rib, “Menga pulingiz kerak emas”, deganda, quvonganimdan onam yurib ketsa, butun shifoxonaga osh tarqataman, deb niyat qilgandim. Shukrki, niyatim ko‘p o‘tmay amalga oshdi.

    “Men ijobiy rolda “yasholmayman”

    — Ko‘pchilik meni “Baxt ovchisi” serialidan so‘ng tanidi. Ammo undan avval ham bir necha film va seriallarda suratga tushganman. “Qadam”, “Ishq o‘yinlari”, “Ojiza”, “Ona zamin” seriallarida ham o‘ziga xos rollarni ijro etganman. Ammo “Baxt ovchisi” serialidagi rolim omadli chiqdi. Aslida bu rolga “Afandining qizlari” jamoasidagi Nigora Abdullaxonova tayinlangandi. Ammo suratga olish jarayonlari boshlanishiga uch kun qolganda rolga tasdiqlandim. Men ijobiy rolda yasholmayman. Ammo salbiy rolni miriqib o‘ynayman.

    Foto: Instagram / @barchin_gafurova

    Foto: Instagram / @barchin_gafurova

    “Baxt ovchisi” serialidagi Zulya rolidan uyalmayman. Aksincha, shu yo‘lni tanlash ostonasida turgan qiz ayollarga ta’sir etolgan bo‘lsam xursand bo‘laman. Avvaliga ijtimoiy tarmoqlar rolimga nisbatan aytilgan  nojo‘ya fikrlarga to‘lib ketdi. Hatto, Instagram orqali “Seni o‘ldiraman, uyatsiz, rolingdan uyalsang bo‘lardi”, degan tahdidlar ham bo‘ldi. Ammo hozir ko‘pchilik tomoshabinlar rol mohiyatini tushunib, minnatdorlik bildirishyapti. Ayniqsa bekalar ko‘cha ayollari qanday yo‘l bilan erkaklarning ko‘ngliga yo‘l topishini serial voqealari asosida tushunishdi. Erlariga bo‘lgan e’tiborni kuchaytirishgan bo‘lsa ajabmas.

    Serial “piari” ko‘pgina davralarda muhokama etildi. Aslida video qanday tarqab ketganidan xabarim yo‘q.Bir kuni ertalab Ozod Shams qo‘ng‘iroq qilib, serialdagi sahnalardan biri tarqab ketgani va ko‘pchilik meni hayosizlikda ayblayotgani haqida aytdi. Videoni ko‘rib, qattiq ranjidim. Rejissor bilan tortishdim. Chunki kichik parchani har kim o‘zicha talqin qilishi mumkin, bu sahna nima maqsadda olinganini tushunish uchun serialni boshidan-oxirigacha ko‘rish kerak.Ba’zilar o‘ylagandek oilamiz erkaklari dayus emas, ular shunchaki san’atni tushunishadi. Menimcha, video serialning reklamasiga xizmat qildi.

    Foto: Instagram / @barchin_gafurova

    Foto: Instagram / @barchin_gafurova

    — Ba’zilar o‘ylagandek, badavlat insonning qizi yoki o‘ynashi emasman. Faqat aktrisalikning ortidan pul topaman. Ukam Nyu-York shahrida yashaydi. Ba’zi paytlarda moddiy yordam beradi. Onam bilan 300 AQSh dollari to‘lab kichik kvartirani ijraga olganmiz. Meni yengiltabiat deb o‘ylaydiganlar bir marta suhbatlashgach, hayotda Zulyaning aksi ekanimga amin bo‘lishadi. Nima qilay ijobiy rollarni ko‘p ijro etdim, ammo tomoshabinlar e’tiboriga tushgani yo‘q. Salbiy rolim esa tomoshabinlar e’tiborini tortdi.Onam san’atkor bo‘lmasa-da, bu sohaga qiziqadi. Mendan avval ssenariylarni o‘qib chiqadi, hatto rol uchun ham liboslarni o‘zi tanlaydi. Olti yuz ming nafaqa pulini ham o‘ziga sarflamay, menga liboslar sotib oladi.

    Foto: Instagram / @barchin_gafurova

    Foto: Instagram / @barchin_gafurova

    — Tashqi qiyofamni tez-tez o‘zgartirib turaman. Avval sochim qora va uzun edi, undan keyin sariq sochlarni tanladim. “Ishq o‘yinlari” seriali rejissori Ozod Shams serial uchun sochlarimni kaltalatishimni so‘radi. Shu sabab uzun sochlardan voch kechganman.

    Eslatib o‘tamiz, aktrisa 1990-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. Qarshi shahridagi 1-sonli maktabni tamomlagan. Shu kungacha asosan seriallarda suratga tushgan. 

     

    Mavzuga doir:

    • Mashhura Zulfiqorova, Mirolim Qilichev, Barchin G‘ofurova va salbiy rollari uchun tomoshabinlar nafratiga uchragan boshqa aktyor va aktrisalar (foto, video)
    • Muhammadali Aliyev rafiqasining qistovi bilan aktyor bo‘lgani hamda onasining o‘limidan so‘ng o‘ziga kela olmayotgani haqida
    • Yulduz Usmonova sabab san’atga kirib kelgan, Ziyodaning “Tor ko‘cha” klipi bilan tanilgan Zarina Yo‘ldosheva murakkab taqdiri hamda aktrisalikni davom ettirmasligi haqida (video)
    • “Daydi qiz”dagi Taxmina – Fotima Berdiyeva kinoda boshqa suratga tushmasligi va chet ellik yigitga turmushga chiqayotgani haqida so‘zlab berdi
    • “Shukrona”dagi Maryam — Odina To‘xtasinova: Tarjimondan aktrisaga aylangan hamshira (foto)
    09.01.2022, 20:39   Izoh (0)   165315
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Yangi daraxt turi Leonardo Di Kaprio sharafiga nomlandi. Aktyor Afrikadagi o‘rmon daraxtlarining kesilishini to‘xtatishda yordam bergan

    09.01.2022, 15:59

    “Muhtasham yuz yil” yulduzi Pelin Karaxan: “10 kiloga ozish qiyin emas”

    08.01.2022, 13:31

    Instagram: Tug‘ilgan kunini nishonlayotgan Ziyoda, turmushga chiqqan Faridam, mashina xarid qilgan Ruhshona

    07.01.2022, 22:26

    Olmaning tagiga doim ham olma tushmaydi: mashhur ota-onasiga umuman o‘xshamaydigan farzandlar (foto)

    07.01.2022, 19:41

    Ayrim narsalar hech qachon o‘zgarmaydi: mashhurlarning opa-ukalari bilan tushgan suratlari

    07.01.2022, 17:34

    Roli uchun tanib bo‘lmas darajada o‘zgargan aktyorlar (foto)

    07.01.2022, 11:53
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    President Tech Award: 1 000 000 dollarlik sovrin jamg‘armasiga ega innovatsion loyihalar milliy tanlovi boshlandi


    Mikrokreditbank xalqaro moliya institutlari bilan muhim kelishuvlarga erishdi


    Way II Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etmoqda 


    TENET: “Stellar Residence” apartamentlari 24 oygacha bosqichma-bosqich to‘lov bilan 


    InfinBANK AstraSend orqali xalqaro pul o‘tkazmalarini yo‘lga qo‘ymoqda


    SAG 25 yilligi munosabati bilan Abu-Dabida hamkorlari uchun biznes tur tashkillashtirdi 


    Hyundai Tucson: 24 oyga bo‘lib to‘lash imkoniyati — qulay, tez, foydali


    Uzbekistan Airways bilan Kuala-Lumpur va Bangkokga sayohatni rejalashtiring


    Bekobodda "Biznesni rivojlantirish banki"ning  zamonaviy bank xizmatlari markazi ish boshladi


    Mobiuz xodimlari onkologik va gematologik kasalliklar bilan kurashayotgan bolalarga yordam ko‘rsatdi


    InfinBank Visa kartalari bilan endi WeChat Pay va Alipay orqali to‘lash mumkin


    Golden House’dan “O‘z Makon”: Toshkentdagi shahar hayotining yangi mezoni


    110% grant va xalqaro amaliyotlar: Central Asian University va AKFA Medline University Hospital rezidentura dasturiga qabul davom etmoqda


    G‘alabadan ilhom, kelajak sari dadil qadam – Jahon chempionatiga yo‘l olgan chempionlar uchun BYD avtomobillari tuhfa etildi


    American University of Technology: ikkita magistrlik diplomi va AQSHda o‘qish imkoniyati

     

    Tavsiya etamiz

    35 yildan so‘ng topilgan sotqin – urush paytida nemislar tomonga o‘tib ketgan ayol qanday fosh bo‘lgandi?

    14 iyun, 17:20
    Audio Icon

    Isroil va Eron mojarosi: sabablari, xronologiyasi, oqibatlari (foto, video)

    14 iyun, 16:36

    G‘azodagi ayol va qizlar: Isroil qamali ostida ularning hayoti qanday kechmoqda? (foto)

    13 iyun, 08:31
    Audio Icon

    “Hokim uyingni ekskavator bilan buzib tashlayman deb po‘pisa qilyapti”, — Samarqandda uyi “snos”ga tushganlarga kompensatsiya to‘lab berilmadi

    11 iyun, 20:50
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Toshkentda Dynamic Tower qurilishi mumkin

    O‘zbekiston | 15 iyun, 14:13

    Aguero: “Ronaldu Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatini televizorda ko‘rayapti”

    Sport | 15 iyun, 14:00

    Misrdan gepatit C ga qarshi dori vositalari uchinchi partiyasi O‘zbekistonga yetib keldi

    O‘zbekiston | 15 iyun, 12:52

    “Liverpul” ikki hujumchisini 105 mln yevroga pullamoqchi

    Sport | 15 iyun, 12:37

    Parkentda 3 nafar bola suvga cho‘kib vafot etdi

    O‘zbekiston | 15 iyun, 11:48

    Qozog‘istonda ham ilk AESni “Rosatom” quradi

    Dunyo | 15 iyun, 11:38
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.