Turkmanistonda fevral boshida Milliy kengash Xalq maslahati palatasining navbatdan tashqari yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda “Turkmenportal” xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, yig‘ilishda Turkmanistonning keyingi 30 yilga mo‘ljallangan taraqqiyot dasturi tasdiqlandi, shuningdek, 2021-yil yakunlari sarhisob qilinadi va joriy yildagi vazifalar belgilab olinadi.
Xalq maslahatining navbatdan tashqari yig‘ilishini o‘tkazishga bog‘liq barcha ishlarni muvofiqlashtirish Vazirlar Mahkamasi raisi o‘rinbosari Serdar Berdimuhamedov, Milliy majlis raisi Gulshat Mammedova va Xalq kengashi raisi o‘rinbosari Qasimgul Babayevga yuklatilgan.
Turkmaniston rahbari mamlakatning mustaqil taraqqiyot yillarida bosib o‘tgan yo‘li, shuningdek, uning keyingi o‘ttiz yillik strategik yo‘nalishini belgilab berish muhimligini ta’kidlar ekan, “Biz davlatimiz taqdiri va kelajak avlodlar uchun katta mas’uliyatni ko‘tarib yuribmiz”, degan.
Eslatib o‘tamiz, Turkmanistonda 2021-yil 28-mart kuni birinchi marta parlamentning yuqori palatasi — Xalq maslahati uchun saylovlar bo‘lib o‘tgandi.
Ma’lumot uchun, mamlakat hayotiga bag‘ishlangan “Buyuk yutuqlar xronikasi”ning 2019-yilda chop etilgan 13-tomida Xalq maslahati yig‘ilishi (o‘sha paytda u maslahatchi organ edi)da ikki palatali parlament yaratishning taklif qilinishi yilning asosiy hodisasi deya qayd etilgan. 2021-yilda Turkmanistonda ikki palatali tizim joriy qilingan.
Izoh (0)