Navoiy shahrining Islom Karimov va Amir Temur ko‘chalari kesishmasidan Alisher Navoiy istirohat bog‘igacha bo‘lgan oraliqda “Turizm ko‘chasi” ni tashkil etish bo‘yicha ishlar boshlandi, deb xabar beradi O‘zA.
Ma’lum qilinishicha, ushbu obyekt bo‘yicha bosh loyihachi etib Muqayyas Group xususiy korxonasi tanlab olingan. Loyihaning umumiy qiymati 13 milliard 675 million so‘m etib belgilangan. Loyiha doirasida “Turizm ko‘chasi” bo‘ylab yangi granit toshlari yotqiziladi, piyoda va velosiped yo‘laklari tashkil etilib, yangi o‘rindiqlar, yoritish chiroqlari o‘rnatiladi.
Shuningdek hududda:- ikkita selfi hududi;
- kichik arxitektura shakllari;
- sanitariya gigiyena punkti va turistik ma’lumot markazi;
- rangli musiqali favvora;
- mahalliy aholi va sayyohlar uchun ovqatlanish joylari qurilishi ma’lum qilingan.
Bundan tashqari, 7 ta me’moriy yechimi bir-biriga o‘xshamaydigan zamonaviy salqin ichimliklar savdo nuqtalari bunyod etilishi ko‘zda tutilgan.
Avvalroq Samarqand 2023-yilda Jahon turizm tashkilotining 25-assambleyasiga mezbonlik qilishi, Termiz shahrida Yapon bog‘i va arxeolog Kyudzo Kato memorial muzeyi qurilishi to‘g‘risida xabar berilgandi.
Izoh (0)